October 7, 2022

Marmar toshli zinapoyalar

Marmardan ishlangan zinapoyalarni yoqtirmayman. Ayniqsa bino tashqarisida bo‘lsa. Yomg‘ir va qorli ob-havoda ular ustida yurish nisbatan xavfli. Sirpanib, yiqilib tushish ehtimoli yuqori.

Fikrim qanchalik to‘g‘ri ekanligini ushbu videodagi otaxon misolida ko‘ramiz. Ushbu holatga qishning qorli kunlarida juda ko‘p guvoh bo‘lganman.

Bu holat menga ko‘proq quyidagi manzarani eslatadi.

Eng qizig‘i, ba’zi joylarda, muammoni oldini olish uchun zinapoyaga rezina yoki gilam to‘shab qo‘yishadi.