Yesterday

Zamonaviy dars - sifat va samaradorlik mezoni

Dars - mahorat oynasi. Unda tajriba sinovdan o‘tadi, bilim esa sayqallanadi. Dars-muqaddas. Unda sifat va samaradorlik makon topadi. Nazariya va amaliyot uyg'unligi esa zamonaviy darsning asosiy talablari sifatida namoyon bo'ladi.

Joriy yilning 15-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasining dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori M.G'.Navro'zova 6-3 uzb-23 guruhi talabalari ishtirokida O'zbek tili va adabiyotini o'qitish metodikasi fanidan "Maktabda o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish usullari" mavzusida mahorat darsi tashkil qildi.

Mahoratli pedagog M.G'.Navro'zova darsda innovatsion texnologiyalardan -"Sinkveyn", "Zinama-zina","Aqliy hujum" singari metodlardan unumli foydalandi. Xususan, matn ustida ishlash, lug‘at boyligini boyitish va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar talabalar faolligini ta'minladi. Mashg‘ulot davomida talabalar nafaqat nazariy bilimga ega bo‘lishdi, balki kelajakda pedagog sifatida o‘quvchilar bilan ishlashda nutq o‘stirishning eng samarali texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar olishdi.