Nod Said
@nodsaidova
10 posts

Zamonaviy dars - sifat va samaradorlik mezoni

Dars - mahorat oynasi. Unda tajriba sinovdan o‘tadi, bilim esa sayqallanadi. Dars-muqaddas. Unda sifat va samaradorlik makon topadi. Nazariya va amaliyot uyg'unligi esa zamonaviy darsning asosiy talablari sifatida namoyon bo'ladi.

Siyosiy ma'rifat soati

2026-yil 17-aprel kuni Filologiya fakulteti  O'zbek tili va adabiyoti kafedrasida navbatdagi siyosiy ma’rifat soati tashkil etildi. Kafedra professor- o’qituvchilari O'zbekiston va jahon miqyosidagi siyosiy-ijtimoiy xabarlar bilan tanishishdi.

Soktareda Sadriddin Ayniy sadosi

Sadriddin Аyniy tarixnavislikda isteʼdodli adib, yozuvchilikda tarixning ulugʼ bilimdoni sanalib, u xalqning oʼtmishini xuddi oʼzi yashayotgan zamona kabi mukammal bilar hamda badiiyat libosini mahorat bilan tasvirlashda tengsiz edi. Ayniyni chetlab na Rudakiy va Firdavsiyning, na Sa’diy va Hofizning, na Jomiy va Navoiyning, na Bedil va Donishning ijod olamiga dadil kirib borish mumkin emas. Sadriddin Ayniyning ilmiy-adabiy merosi o‘tmish, bugun va kelajakni bir-biriga bog‘lovchi bir oltin halqadek go'yo.

Ma'rifatga baxshida umr...

Ma’rifatga baxshida umr - bu shunchaki yashab o‘tilgan yillar hisobi emas, balki jamiyatning ma’naviy kamoloti yo‘lida sarf etilgan mashaqqat manzili demakdir. Bunday umr egalari o‘z shaxsiy manfaatlaridan kechib, o‘zgalar qalbiga bilim va ziyo urug‘ini qadashni hayotining mazmuni deb bilishadi. G'ayrat Murodov -o'z hayotini ilm-u ma'rifatga baxshida qilgan olim sifatida e'tirofga loyiq.

Soktareda Sadriddin Ayniy sadosi

Sadriddin Аyniy tarixnavislikda isteʼdodli adib, yozuvchilikda tarixning ulugʼ bilimdoni sanalib, u xalqning oʼtmishini xuddi oʼzi yashayotgan zamona kabi mukammal bilar hamda badiiyat libosini mahorat bilan tasvirlashda tengsiz edi. Ayniyni chetlab na Rudakiy va Firdavsiyning, na Sa’diy va Hofizning, na Jomiy va Navoiyning, na Bedil va Donishning ijod olamiga dadil kirib borish mumkin emas. Sadriddin Ayniyning ilmiy-adabiy merosi o‘tmish, bugun va kelajakni bir-biriga bog‘lovchi bir oltin halqadek go'yo.

Shogirdlar kamoloti -ustoz saodati

Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotning fayzi ham, mazmuni ham tugal bo‘lmas edi. Bular — aziz va moʻtabar ustozlardir. Ustozni e’zozlash , unga ehtirom ko'rsatish - yuksak madaniyat belgisi. Ayni haqiqatni chuqur anglagan holda Filologiya fakulteti tashabbusi ostida adabiyotshunos olima, professor, ko'plab shogirdlarning jonkuyar ustozi Quvvatova Dilrabo Habibovna bilan uchrashuv tashkil etildi.

Shogirdlar kamoloti -ustoz saodati

Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotning fayzi ham, mazmuni ham tugal bo‘lmas edi. Bular — aziz va moʻtabar ustozlardir. Ustozni e’zozlash , unga ehtirom ko'rsatish - yuksak madaniyat belgisi. Ayni haqiqatni chuqur anglagan Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi ostida adabiyotshunos olima, professor Quvvatova Dilrabo Habibovna bilan uchrashuv tashkil etildi.

Shogirdlar kamoloti  yo‘lidagi fidoyilik

Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotning fayzi ham, mazmuni ham tugal bo‘lmas edi. Bular — aziz va moʻtabar ustozlardir. Ustozni e’zozlash , unga ehtirom ko'rsatish - yuksak madaniyat belgisi. Ayni haqiqatni chuqur anglagan Filologiya fakulteti professor D.Rajabov rahbarligidagi O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan adabiyotshunos olima, professor Quvvatova Dilrabo Habibovna bilan uchrashuv tashkil etildi.

Dars-pedagog mahoratining oynasi

2026-yil,29-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasida yana bir mahoratli dars bo'lib o'tdi. Dars-muqaddas. Aynan mana shu iborani o'z faoliyatining shuuriga aylantirgan tajribali pedagog, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori,dotsent M.G'.Navro'zova Gi'jduvon tumani, Soktare o'quv binosida 9-1 UZBS-22 guruhi talabalari ishtirokida Turkiy filologiyaga kirish fanidan " Moskva maktabining turkologiya taraqqiyotidagi o'rni va Qozon maktabi vakillarining ilmiy faoliyati" mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazdi.