Dars-pedagog mahoratining oynasi
2026-yil,29-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasida yana bir mahoratli dars bo'lib o'tdi. Dars-muqaddas. Aynan mana shu iborani o'z faoliyatining shuuriga aylantirgan tajribali pedagog, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori,dotsent M.G'.Navro'zova Gi'jduvon tumani, Soktare o'quv binosida 9-1 UZBS-22 guruhi talabalari ishtirokida Turkiy filologiyaga kirish fanidan " Moskva maktabining turkologiya taraqqiyotidagi o'rni va Qozon maktabi vakillarining ilmiy faoliyati" mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazdi.
Dars juda ko'tarinki ruhda boshlandi. Mahoratli ustoz M.G'.Navro'zova ochiq dars ma'shg'ulotini innovatsion texnologiyalarning amaldagi tadbiqi asosida tashkil etdi. Xususan, "T-Toifalash jadvali'", " Sening fikring", "Intervyu" singari metodlar dars samaradorligini ta'minladi. Bo'lajak o'qituvchilarga tahsil berayotgan ustoz saboqlari talabalar faoliyatida dasturamal bo'lib xizmat qilishi darsni kuzatgan O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi N.M.Saidova tomonidan alohida e'tirof etildi: "Pedagog-bu yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, fanning tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyotini mukammal egallagan kishi sanaladi. Ayniqsa,adabiyot o'qituvchilari ko'ngil egalari va go'zallik bunyodkorlaridirlar".
Mahorat darsi davomida talabalar Moskva maktabi va Qozon maktablarining afzalliklari bilan bog'liq juda qiziqarli ma'lumotlar berishdi. "Guruhlarda ish" tarzida olib borilgan mahorat darsi ilmiy ma'lumotlarga boy bo'ldi.