Shogirdlar kamoloti -ustoz saodati
Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotning fayzi ham, mazmuni ham tugal bo‘lmas edi. Bular — aziz va moʻtabar ustozlardir. Ustozni e’zozlash , unga ehtirom ko'rsatish - yuksak madaniyat belgisi. Ayni haqiqatni chuqur anglagan holda Filologiya fakulteti tashabbusi ostida adabiyotshunos olima, professor, ko'plab shogirdlarning jonkuyar ustozi Quvvatova Dilrabo Habibovna bilan uchrashuv tashkil etildi.
Joriy yilning 9-aprel kuni tashkil etilgan mazkur uchrashuv ilm toliblarining quvonchiga sabab bo'ldi. Ustoz bilan uchrashuv — bu nafaqat sog‘inch, balki minnatdorchilik va ehtirom izhor etish lahzasidir. Zero, adabiyotshunos olima, professor, shuningdek, tajribali ustoz - Dilrabo Habibovnaning ilmiy va ijodiy faoliyati milliy adabiyotimizni chuqur o‘rganish, yoshlar qalbida kitobxonlik, tafakkur va ma’naviy qadriyatlarga hurmatni yuksaltirish yo'lida xizmat qilib kelmoqda.
Uchrashuvda O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor D.Z.Rajabov ,Yoshlar masalalari va manaviy-marifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari T.Rajabov, dotsent Z.Sohibova hamda Tilshunoslik va jurnalistika kafedrasi professor -o'qituvchilari ishtirok etishdi.
Ustoz bosib o'tgan yo'l -ibrat maktabi. Unda mashaqqat, zahmat, sabr-u matonat mujassam. Uchrashuv davomida talabalar professor Quvvatova Dilrabo Habibovna bilan ochiq muloqotda bo'lib, adabiyot, ilm-fan va ijod yo'lida muhim tavsiyalarga ega bo'lishdi. Samimiy ruhda o‘tgan suhbat yoshlarga ilhom bag'ishladi.