April 9

Shogirdlar kamoloti  yo‘lidagi fidoyilik

Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotning fayzi ham, mazmuni ham tugal bo‘lmas edi. Bular — aziz va moʻtabar ustozlardir. Ustozni e’zozlash , unga ehtirom ko'rsatish - yuksak madaniyat belgisi. Ayni haqiqatni chuqur anglagan Filologiya fakulteti professor D.Rajabov rahbarligidagi O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan adabiyotshunos olima, professor Quvvatova Dilrabo Habibovna bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ustozning ilmiy va ijodiy faoliyati milliy adabiyotimizni chuqur o‘rganish, yoshlar qalbida kitobxonlik, tafakkur va ma’naviy qadriyatlarga hurmatni yuksaltirishga xizmat qilib kelmoqda. Uchrashuv davomida talabalar ustoz bilan ochiq muloqot olib borib, adabiyot, ilm-fan va ijod yo‘lidagi muhim tavsiyalarni oldilar. Samimiy ruhda o‘tgan suhbat barchaga katta ma’naviy ozuqa va ilhom bag‘ishladi.

Bunday ijodiy uchrashuvlar yoshlarning tafakkur dunyosini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va rivojlantirish hamda ma’naviy yetuk shaxs sifatida kamol topishida dasturamal bo'lib xizmat qiladi.