May 23, 2025

"Broken Chapter"

Uydan qochganingda, orqangdan eshikni onangning o‘zi yopib qo‘yganini ko‘rganingda yuraging ezildi. Bu mehrsiz harakat seni tag‘in og‘ritdi. Yelkangda eski ko‘ylak, oyoqlaring esa muzdek asfaltga botayotgan qadamlar ostida zirqirardi.
Sovuq kechada hech narsa eshitilmas, faqat yuragingning shiddatli urushi quloqlaringda yangrardi. Yaralaring achishib, har bir harakatingda og‘riqni o‘zini eslatardi. Lekin to‘xtashga haqqing yo‘q edi.
Bekatga yetganingda, zo‘rg‘a nafas olib, cho‘ntagingdan telefoningni chiqarding. Titroq barmoqlaring bilan yagona ishonching bo‘lgan inson — Lisa’ga qo‘ng‘iroq qilding.
— Salom, Nina? — dedi u odatdagidek tinch, beg‘am ohangda.
— Lisa… Iltimos, yordam ber… uydan qochdim. Bekatdaman...
Ovozindagi titroq, qo‘rquv va og‘riq hatto tarmoqlar orqali ham sezilib turardi.
— Kut. Men yoldaman.
U bu vaziyatni allaqachon sezganday, darhol javob berdi. Hech qanday savol bermadi. Faqat harakat qildi…