Suga jim qarab turardi. Nigohlari — sovuq, ammo chuqur edi. Go‘yoki u hech qanday harakat qilmayotgandek, lekin ichida nimadir qaynab yotgandi. U bir narsani o‘ylayotgan edi, ammo bu fikrlarni Nina anglay olmasdi. Unga bu qarashlar sirli ko‘rinmasdi — yo‘q, bu qarashlar unda bosim uyg‘otdi. Xuddi yelkasiga og‘ir yuk tushgandek, tanasi muzlab qoldi. Na oldinga, na orqaga yurishga majol qoldi. Go‘yoki uning oyoqlarini kimdir yerga mixlab qo‘ygandi. Yuragi qattiq urar, lekin yurishga quvvati yetmasdi. Faqat Suga’ning sokin nigohi — va bu nigoh ortidagi noma’lum xavf — Nina’ni butunlay mahv qilayotgandi.

Ninaning yuzlari qizarib, jahli chiqdi: — Jinni! Sen o‘zingni kim deb o‘ylayapsan?! Hozirroq meni tinch qo‘y! Toyib ketdim senday jirkanchlardan! Suga bu so‘zlarni eshitgach, ilgari tuygan rashk va jahli yuzaga chiqdi. U o‘zini boricha, ochiq va halol ko‘rsatishga urinayotgan edi — albatta, Nina uchun. Ammo Nina bu gal chindan ham haddidan oshdi.

Suga esa uyda o‘tirib, hursand bo‘lardi. Nihoyat, u bir yil oldin yo‘qotgan sevgilisini topdi.

Ertalabki xiralik hali tarqalmagan, deraza oynalariga tuman yopishgan edi. Issiq ko‘rpa ichida yotgan Nina asta ko‘zlarini ochdi. Soat besh. Sovuq kuz ertalabining jilmashi derazadan sezilib turar, bu esa uning yotoqdan chiqish istagini pasaytirardi. Biroq u erinib bo‘lsa-da, sekin joyidan turdi. Joyini yig‘ishtirib, dushga yo‘l oldi. Sovuq suvga qarshi kurashgandek yuvinib chiqqach, u oshxonaga yo‘l oldi. Oilasining nonushtasini tayyorlash — har kungi odati. Ammo bugun u biroz o‘zgarishga qaror qildi. Nachinkali shirinlik tayyorladi. Uning hidi butun uyni egalladi. Birin-ketin uyg‘ongan oila a’zolari dasturxon atrofida yig‘ila boshladi. Nina esa maktabga kech qolmaslik uchun yugurib uydan chiqib ketdi. Bugun muhim kun edi — u bunga...

Uydan qochganingda, orqangdan eshikni onangning o‘zi yopib qo‘yganini ko‘rganingda yuraging ezildi. Bu mehrsiz harakat seni tag‘in og‘ritdi. Yelkangda eski ko‘ylak, oyoqlaring esa muzdek asfaltga botayotgan qadamlar ostida zirqirardi. Sovuq kechada hech narsa eshitilmas, faqat yuragingning shiddatli urushi quloqlaringda yangrardi. Yaralaring achishib, har bir harakatingda og‘riqni o‘zini eslatardi. Lekin to‘xtashga haqqing yo‘q edi. Bekatga yetganingda, zo‘rg‘a nafas olib, cho‘ntagingdan telefoningni chiqarding. Titroq barmoqlaring bilan yagona ishonching bo‘lgan inson — Lisa’ga qo‘ng‘iroq qilding. — Salom, Nina? — dedi u odatdagidek tinch, beg‘am ohangda. — Lisa… Iltimos, yordam ber… uydan qochdim. Bekatdaman... Ovozindagi titroq...