May 23, 2025

"Broken Chapter " 2-bob

Suga esa uyda o‘tirib, hursand bo‘lardi. Nihoyat, u bir yil oldin yo‘qotgan sevgilisini topdi.

1 YIL OLDIN
Katta savdo markazi jinoyatchilar tomonidan garovga olingan edi. O‘sha yerda Nina ham bor edi. Odamlar orasida yugurayotgan — boshqa tomonga, odamlarga qarshi chopayotgan — aynan Nina edi.
Aslida bu jinoyatchilar mafiya a’zolari bo‘lib, ular ikki guruhga bo‘lingan: janob Suga va uning odamlari hamda janob J-Hope va uning guruhi. Bu ikki mafiya dushman va raqib sifatida tanilgan. Ularning kuchlarini qiyoslab bo‘lmasdi.
Ammo nega ikkisi ham bir kunda shu joyga hujum qildi? Axir bu savdo markazi nishon emasdi... bu shunchaki o‘yin edi. Ularning “kim zo‘rroq” degan janggi.
Har tarafdan o‘qlar yog‘ilardi. Nina esa odamlar pastga tushayotgan bir paytda — aksincha, yuqoriga qochayotgan edi. U shunchaki shunday deb o‘yladi va shunday qildi.
Suga va J-Hope bir-biriga qarata o‘q uzayotgan edi. J-Hopening o‘qi Suganing yelkasiga tegdi. Suga hushsizlanayotgan bo‘lsa-da, baribir J-Hopening oyog‘iga o‘q otishga ulgurdi. J-Hope esa qochishni tanladi.
U bir qizga urilib ketdi. Qiz qo‘rqib, ammo jasorat bilan:
— Janob, yaralandingizmi? Tezroq pastga tushing! U yer xavfsizroq! — dedi hansirab. Uning qo‘rqinch aralash katta ko‘zlari chaqnardi. U yugurib ketdi, lekin yo‘lda nimagadir urilib yiqildi.
— Yo‘q... bu narsa emas... bu odam!
U o‘lganmi? Yo‘q, tirik!
— Hoy! O‘zingizga keling! — dedi Nina. Darhol ustki kiyimini yechib, yelkasidan qon ketayotgan yigitga bosdi.
U asta ko‘zlarini ochib, qizni ko‘rdi.
— Qoch... tegma... — dedi u.
— Yo‘q, keta olmayman, — dedi Nina va yelkasidan ko‘tarib oldi.
Shunda birdaniga RM kelib qoldi. U Suganing oldiga kelib, uni yelkadan ko‘tarib, yordam berdi. Ular qo‘shimcha zinalardan pastga tushib, orqa eshikdan binodan chiqib ketishdi.
Suganing mashinasi bor edi. RM uni suyab o‘tqazdi. RM ayni damda Ninaga o‘q uzmoqchi edi, lekin Suga uni to‘xtatdi.
Ular mashinaga chiqqanida, hamma joy qon edi. Kasalxonaga yo‘l olishdi, lekin Nina birdan:
— To‘xtang! — dedi.
U mashinadan tushdi va... g‘oyib bo‘ldi.
Shundan so‘ng Suga uni izlab yurdi. Lekin hech qayerda yo‘q edi. Nihoyat u qizni Busandan topdi.
Ular Seuldan ketishga majbur bo‘lishdi. Chunki Ninaning otasi qimorda katta pul yutqazgan, onasi esa allaqachon vafot etgan edi. Nina o‘gay ona, o‘gay singil va uka bilan yashardi — bu esa azob edi.
Nina tug‘ilishi bilan onasidan ayrilgan. Onasi tug‘ruq paytida uni tanlagan, o‘zi esa vafot etgan. Shu bois Nina o‘zini aybdor his qilardi.
Suga ikki yil oldingi voqeani unutolmaydi. U suyangan qizni, uning iforini hali ham yuragida saqlaydi.
RM esa bu qiz haqida barcha ma’lumotni to‘plab keldi — bu buyruq asosida edi...

-Janob siz aytgan malumotlar shular ,u horzir busanda yashaydi .onasi ,dadasi ,singil va ukasi bilan. - dedi rm jidiy ohangda,

Suga yostiqqa yuzini qo‘ygancha, ko‘zlarini yumdi. Uning miyasi esa tinimsiz faqat bir ismni takrorlayverardi — Nina. U bugun ko‘rgan holat ko‘z oldidan ketmasdi. Qanday qilib bu qiz unga bunchalik ta’sir o‘tkaza oldi? Unga yot, begona bo‘lgan bu hislar endi yuragini bosib, tanasini egallayotgan edi. U chuqur nafas oldi va ichida qasam ichdi: “Men uni endi aslo qo‘yib yubormayman.”
O‘sha paytda esa Nina boshqa dunyoda edi — og‘riq va jimjitlik dunyosida. Uning badanida hali ham og‘riq bor edi. Qattiq kaltak yegani bois, polda qimirlamasdan yotgancha ko‘zlarini shiftga tikkan. Ko‘kragi og‘riqdan emas, xo‘rlikdan zirqirardi. Ammo vaqt o‘tib, u asta-sekin o‘zini qo‘lga oldi. Tizzalariga suyangancha, o‘rnidan turdi va asta xonasiga yurdi.
Eshikni ohangrabodek yopdi. Ichkariga kirib, darrov kalitni buradi. Devor yoniga suyanib, shivirlab yig‘lay boshladi. Og‘riq tanasidan ko‘ra ko‘proq yuragiga urilgandek edi. Yolg‘iz, tushkun va siniq — lekin baribir yashayotgan edi.

Uydan qochganida, orqadan eshikni onasining o‘zi yopib qo‘yganini ko‘rganingda yuraging ezildi. Bu mehrsiz harakat uni tag‘in og‘ritdi. Yelkasida eski ko‘ylak, oyoqlaring esa muzdek asfaltga botayotgan qadamlar ostida zirqirardi.
Sovuq kechada hech narsa eshitilmas, faqat yuragining shiddatli urushi quloqlarida yangrardi. Yaralari achishib, har bir harakatingda og‘riqni o‘zini eslatardi. Lekin to‘xtashga haqqing yo‘q edi.
Bekatga yetganingda, zo‘rg‘a nafas olib, cho‘ntagingdan telefoningni chiqarding. Titroq barmoqlaring bilan yagona ishonching bo‘lgan inson — Lisa’ga qo‘ng‘iroq qilding.
— Salom, Nina? — dedi u odatdagidek tinch, beg‘am ohangda.
— Lisa… Iltimos, yordam ber… uydan qochdim. Bekatdaman...
Ovozindagi titroq, qo‘rquv va og‘riq hatto tarmoqlar orqali ham sezilib turardi.
— Kut. Men yoldaman.
U bu vaziyatni allaqachon sezganday, darhol javob berdi. Hech qanday savol bermadi. Faqat harakat qildi…

Lisa, odatdagidek, vaqtida yetib keldi. Mashinadan tushdi-yu, hech narsa demasdan, Nina’ni ohista bag‘riga bosdi. Sovuq tananing titrogi ichidan o‘tgan bo‘lsa-da, Lisa unga mehr bilan “Yur, uyga boramiz,” dedi. Bu oddiy so‘zlar Nina uchun davo kabi yangradi. Ular Lisa’ning kichkina, ammo iliq va fayzli uyiga yetib kelishdi. Uy ichida tinchlik va ishonch bor edi — u ilgari hech qachon bunday tuyg‘uni his qilmagandi.
Lisa ehtiyotkorlik bilan Nina’ning yaralariga malham surtib, bog‘lab qo‘ydi. Og‘riq hali ham bor edi, ammo mehr bu azobni yumshatgandek bo‘ldi. Nina asta-sekin dam oldi, so‘ng muloyim ovozda dedi:
— Otam uyga qaytgach, men ham qaytaman… shunchaki u kelsin.
Lisa unga javoban bosh irg‘adi. Savol yo‘q, shubha yo‘q — faqat tushunish bor edi. Ular birga uxlashdi. Nihoyat Nina o‘zini bir oz bo‘lsa-da xavfsiz his qildi.
Ertalab u maktabga shoshib jo‘nadi. Yuzidagi chandiqlarni makiyaj bilan yashirdi. Hali ham ko‘ngli bezovta edi, ammo vaqt kutmasdi. Darslar yakunida esa — Taehyung uni kutib turardi. Ular birga maktabdan chiqishdi. Kulishdi, yengil suhbatlashishdi. Faqat bitta ko‘z ularni zimdan kuzatib turardi… Suga.
Uning yuragiga g‘azab olovi tushgan edi. “Men bu qizni bunday bilmagandim... u o‘g‘il bolalar bilan yuradiganlardan emas deb o‘ylagandim,” deb o‘yladi. Qon bosimi oshdi, nafas tezlashdi. U allaqachon Nina’ning maktabini aniqlab, kun bo‘yi uni kuzatib yurgan edi. Bu sahna — ichidagi to‘fonni o‘stirdi.
Kechki payt, Nina har doimgidek kafega ishlash uchun yo‘l oldi. Qadamlarida charchoq bor edi, lekin ko‘zlarida qat’iyat. Yo‘l chetida tanish bir chehra paydo bo‘ldi, lekin Nina unga e’tibor bermay o‘tib ketdi. To‘xtamadi. Ammo orqadan bir kuchli qo‘l bilagidan ushlab qoldi. Qattiq. Qimirlamas.
— Qayerga ketayabsan, mittivoy? — dedi tanish, sokin va quvonch ovoz.
Nina hayrat bilan ortiga o‘girildi. Bu Suga edi.

The fanfik was written by Liya

Nina birdan to‘xtadi. Ko‘zlari keng ochildi, yuragi esa go‘yo o‘z joyidan sakrab tushgandek bo‘ldi.
— Sen? — dedi u, ovozida hayrat va shubha aralash.
Suga yuziga yengil tabassum ila qaradi. U har doimgidek jiddiy edi, lekin bu safar ko‘zlarida nimadir boshqacha — og‘ir, ammo samimiy hislar porlab turardi.
— Ha, men. Meni taniding to‘g‘rimi? — dedi u asta, qadam tashlab yaqinlasha boshladi.
Nina orqaga bir qadam chekinib, sovuq ohangda so‘radi:
— Meni kuzatib yuribsanmi?
Suga yengil bosh chayqadi, ohangida sokinlik bor edi.
— Shoshma... Men senga yomonlik qilmayman. — U qadam to‘xtatdi, ko‘zlarini Nina’dan uzmadi. — Nina… menga turmushga chiq.
Sukunat.
Bu so‘zlar havoda muallaq turib qoldi. Yuraklar jimib qoldi, vaqt to‘xtagandek bo‘ldi. Nina buni eshitaman deb o‘ylamagandi. U hech qachon sevgini orzu qilmagan — unga bunday tuyg‘u begona edi. Ammo mana shu daqiqada, bu so‘zlar — “turmushga chiq” — go‘yo vaqtinchalik o‘zini qadrlangandek his qildirdi.
Ammo bu sevgimi? Yoki... Suga nimanidir yashiryaptimi?

The fanfik is written by Liya