May 23, 2025

Broken Chapter 1-bob

Ertalabki xiralik hali tarqalmagan, deraza oynalariga tuman yopishgan edi. Issiq ko‘rpa ichida yotgan Nina asta ko‘zlarini ochdi. Soat besh. Sovuq kuz ertalabining jilmashi derazadan sezilib turar, bu esa uning yotoqdan chiqish istagini pasaytirardi. Biroq u erinib bo‘lsa-da, sekin joyidan turdi. Joyini yig‘ishtirib, dushga yo‘l oldi. Sovuq suvga qarshi kurashgandek yuvinib chiqqach, u oshxonaga yo‘l oldi.
Oilasining nonushtasini tayyorlash — har kungi odati. Ammo bugun u biroz o‘zgarishga qaror qildi. Nachinkali shirinlik tayyorladi. Uning hidi butun uyni egalladi. Birin-ketin uyg‘ongan oila a’zolari dasturxon atrofida yig‘ila boshladi. Nina esa maktabga kech qolmaslik uchun yugurib uydan chiqib ketdi. Bugun muhim kun edi — u bunga kech qololmasdi.
Shu paytda, shaharning boshqa chekkasida Suga mashinasida jahli bilan ketayotgan edi. Bugun bo‘layotgan uchrashuv Koreya biznes olami uchun burilish nuqtasi bo‘lishi kerak. Ammo bu yig‘ilish undan bexabar, yashirincha tashkil etilgan edi. Suga, butun kuch va hokimiyatni o‘z qo‘lida tutib turgan yirik ishbilarmon, bu xiyonatni sezgandek, haydovchisisiz o‘zi rulda edi.
— Yaramaslar… hali ko‘rasanlar, — dedi u tishlarini g‘ijirlatib. Telefonini oldi va yordamchisiga qo‘ng‘iroq qildi:
— RM, hoziroq odamlarni yig‘. Keragicha.
— Xo‘p, janob, — degan ovoz qulog‘ida yangradi.
Suga chorrahaga yetganda sekinlashdi, lekin ko‘cha bo‘ylab yugurib kelayotgan bir qizni payqamay qoldi. To‘satdan to‘qnashuv. Qiz yiqildi. U darhol mashinadan tushdi.
— Hoy! Nega yugurib yurasan ko‘chada?!
— Nega tez haydaysiz?! — javob berdi qiz, og‘riqdan oyog‘ini ushlab o‘tirgancha.
Suga ko‘zlarini qisib unga tikildi. Qiz o‘zini bardam tutishga urinayotgan edi.
— Kechir meni… Ko‘rmadim. Bu mening aybim.
— Hechqisi yo‘q… Men ham shoshmasligim kerak edi, — dedi qiz.
Unga suyanib turishiga yordam berdi.
— Mashinaga o‘tir, seni kasalxonaga olib boraman.
— Yo‘q, hammasi yaxshi…
Ammo og‘riq qizni qiynayotgandi. U yurishga qiynalayotgani ayon edi.
— Hop, roziman, — dedi qiz, nihoyat yengil ko‘ngan holda.
Suga uning holatini kuzatar, unga yordam berish istagida edi. Ular kasalxonaga yetib kelishdi. Nina og‘riqni yashirishga harakat qilardi, lekin bu osongina sezilib turar edi.
— Janob, shart emas, oddiy palata bo‘lsa ham bo‘ladi, — dedi Nina.
Ammo Suga bunga parvo qilmay, eng yaxshi sharoitni talab qildi. Shifokorlar uni tekshirib, biror jiddiy muammo yo‘qligini, faqat malham va dam olish kerakligini aytishdi.
— U kechgacha qolsin, — dedi shifokor.
— Yo‘q, honim, men qola olmayman. O‘qishga kech qolyapman, — dedi Nina.
Suga esa uning yuziga qarab turdi. Uning holatidan ham shoshayotganini sezdi.
— Men ketdim. Lekin ketib qolma. Darhol qaytaman, — dedi u va chiqib ketdi.
Suga yig‘ilish o‘tayotgan binoga yetib bordi. Ichkarida barcha muhim biznesmenlar to‘plangan edi. U hujjatlarni stolga tashladi. Yig‘ilish xonasi jim bo‘lib qoldi.
— Bu yerda hamma narsa bor: sizlarning barcha noqonuniy ishlaringiz. Agar bu oshkor bo‘lsa, sizlar tugaysizlar.
— Sen kimsan o‘zi bizga bunday gapirish uchun?! Biz sening otangdan ham kattaroqmiz! — dedi Jihoon.
Suga unga sokinlik bilan yaqinlashdi… va birdan yuziga musht tushirdi. Jihoon yerga yiqildi. Atrofdagi boshqa ishbilarmonlar titrab ketishdi.
— Men bilan o‘yin o‘ynamanglar, — dedi Suga sovuq ohangda.
Majlis yakunlandi. Suga chiqib ketar ekan, qo‘riqchilarga buyruq berdi:
— Ularni kaltaklang. Barini.
Suga kasalxonaga qaytdi. Nina endi chiqqan edi. Chaloqlanib, sekin yurar edi.
— Mashinaga o‘tir, seni uyga olib boraman, — dedi Suga.
— Yo‘q, shart emas. O‘zim boraman, — dedi Nina.
— Qarshilik qilma, iltimos. O‘tir.
— Agar o‘zingni aybdor his qilsang, kerak emas. O‘zim ketaman. Bugun juda ko‘p ukol oldim… O‘tira olmayman.
Suga bu gapga kulib yubordi.
— Unday bo‘lsa… men ham sen bilan birga ketaman. Piyoda.

Nina mashinaga o‘tirmaslikda qat’iy edi.
— Yo‘q, men o‘zim ketaman, — dedi u yana, qattiq ohangda.
Suga indamay bosh irg‘adi. U ko‘zlarini biroz yumib, sokin hayrlashdi va mashinasiga o‘tirdi.
Nina esa piyoda yo‘l oldi. U toliqqan, yurishga qiynalayotgan bo‘lsa-da, oyog‘idagi og‘riqqa parvo qilmasdi. Uydan chiqib ketishni orzu qilsa-da, baribir har doimgidek uyga qaytardi.
Eshikni ochib, ichkariga qadam qo‘ygan zahoti, o‘sha doimiy zulmat yana yuzini ko‘rsatdi.
— Hoy, iflos qiz, qaerda yuribsan?! — degan baqiriq deraza oynalarini titratdi. — Nega bugun singling bilan ukaning kirlarini yuvmading?! Seni deb u bugun do‘stlari bilan ko‘risha olmadi! Biz esa ochmiz!
Nina cho‘chib ketdi. Qo‘rquv bilan, ammo yuziga zo‘raki tabassum qalbaki tarzda ilib:
— Oyi… bugun meni mashina urib yubordi. Lekin yaxshi, kasalxonadan kelayapman…
— Lanati yolg‘onchi! — deb baqirdi onasi va qizga tarsaki tushirdi. Sochidan tortib, oshxonaga sudradi. Nina qichqirmaslikka harakat qildi, ammo og‘riq chidab bo‘lmas edi.
— Ko‘rayapsanmi?! — deya uning yuzini bo‘sh qozonga yaqinlashtirdi. — Biz ochmiz, sen esa bekorchi, yana aldab yuribsan!
— Iltimos, onajon… meni og‘riyapti… — deb zorlanardi Nina.
Lekin bu ohang onasiga begona edi. Ayol to‘xtamadi. Qizni itqitdi, oyog‘idan bosdi. Endi bu og‘riqqa chidolmay, Nina baqirib yubordi. Ko‘zlaridan yosh sel kabi oqdi.
Kamar ovozi eshitildi. Onasi avvalgiday yana kamarni olib, Nina tanasiga savalay boshladi. Bu go‘yoki har kuni yangilanadigan do‘zaxga aylangan edi.
Singlisi va ukasi burchakda turgancha, indamay tomosha qilardi. Bu hol ular uchun yangilik emasdi.
Nina esa ichidan pichirlardi:
"Ona bas, boldi, iltimos "