May 24, 2025

" Broken Chapter " 3-bob

Ninaning yuzlari qizarib, jahli chiqdi:
— Jinni! Sen o‘zingni kim deb o‘ylayapsan?! Hozirroq meni tinch qo‘y! Toyib ketdim senday jirkanchlardan!
Suga bu so‘zlarni eshitgach, ilgari tuygan rashk va jahli yuzaga chiqdi. U o‘zini boricha, ochiq va halol ko‘rsatishga urinayotgan edi — albatta, Nina uchun. Ammo Nina bu gal chindan ham haddidan oshdi.

Suga ozroq narida turgan mashinaga sovuqqonlik bilan ishora qildi. Mashina sekinlik bilan uning tomon harakatlana boshladi. Nina esa hayrat va qo‘rquv orasida qolib, titray boshladi. Qorong‘i tunda bu yigitdan qochish kerakligini anglab yetdi.

U atigi besh qadam tashladi, xolos. Ammo shu payt burniga nimadir — rumolcha yopildi. Ko‘zlari xira tortdi. Dunyo asta qorong‘ilashdi. Va u hushini yo‘qotdi.

U o‘zini qulay yotoqda topdi. Qorqib, darrov kiyimlarini tekshirishga tushdi — ha, u hali ham maktab formasida edi. Bir oz tinchlanib, o‘rnidan turdi va telefonini izlay boshladi. Ammo yo‘q edi. Yo‘q, u shunchaki yo‘qolgan edi.
Nina alanglab, har tomonga qaradi. Bu xona... bu uy — juda g‘aroyib edi. Na hashamat, na oddiylik. Har bir burchak o‘zgacha sadoqat bilan bezatilgandek, sovuq, ammo go‘zal.
Birdan eshik ochildi.
U kirib keldi.
Nina xavotirga tushdi, yuragi gupillab ura boshladi. Hatto yig‘lagisi keldi. Lekin ko‘z yoshlarini yutdi. Hozir kuchli bo‘lishi kerak edi. Yo‘q — har doim kuchli bo‘lishi kerak.
— Se...n...ga... nima... ke...rak? — dedi titrab. — Meni qo‘yib yubor. Seni... hech kimga... aytmayman...
Ovozi qaltiradi. Yo‘q, bu qaltirash emasdi — bu ichki titroq edi. Qo‘rquvdan, chorasizlikdan, noma’lumdan.

Suga miyig‘ida kulib qo‘ydi va qizga bir qadam-bir qadam yaqinlasha boshladi.
— Shunchaki tinchlan, — dedi u, ohangida g‘alati sokinlik bilan. Yana bir qadam tashladi.
— Meni gaplarimga quloq solsang... hammasi yaxshi bo‘ladi.
U yana qadam tashladi. Har bir qadam Nina uchun vaqtni cho‘zgandek tuyuldi — yuragi hamon qattiq urardi.

Nina ortga qadam tashlash o‘rniga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshik sari yugurdi. Ammo... u Suga’ning quchog‘iga tushib qoldi.
— Hali ham bolasan, — dedi u hazil aralash ohangda.
Bu so‘zlar quloqqa yumshoq eshilgan bo‘lsa-da, ichki ma’nosi aniq edi. Suga nima qilayotganini juda yaxshi bilar edi. Bu bosim emas edi — lekin aynan bosim edi. Uning maqsadi noaniq, ammo bir narsani istayotgani ayon edi: Nina unga qarshi tusha olmasin.

Nina barcha qo‘rquvini jamlab, uni itarib yubordi. Suga, bunga tayyor emasdi, bosh turganligi sabab ortga chekinishga majbur bo‘ldi.
Nina endi rostdan ham qaltirardi. Nafaqat tanasi, balki ruhi ham larzaga kelgandi. Suga buni sezdi. Ich-ichidan o‘zini g‘alati his qildi — xuddi bir maxluqdek. Ha, u hozir aynan shunday edi — maxluq.
— Meni qo‘yib yuboring... iltimos... — dedi Nina, ovozi mayin, yalinib, so‘nayotgan umiddan darak berardi.
Shu payt telefon jiringladi.
Suga qo‘ng‘iroqqa javob berdi. Ammo suhbat davomida uning kayfiyati butunlay o‘zgardi. Nigohi sovuqlashdi. So‘zlari esa avvalgidek ohangda emasdi.
— Nina, men tezda qaytaman. Nonushta tayyor. Uyda hech kim yo‘q. Nonushta qilib ol... va uyni o‘rgan. Lekin... — u ohangini biroz pastlatdi, — qochishga urinma.
Shu so‘zlardan so‘ng eshik yopildi. Va xonaga yana sukunat cho‘kdi.

:
Suga ketishi bilan, Nina derazaga yugurdi. Ko‘z oldida — cheksiz, zich o‘rmon. Qochish... deyarli imkonsiz edi.
U umidini yo‘qotmaslikka harakat qilib, butun uyni tintuv qila boshladi. Har bir tortmani ochdi, har bir burchakni qaradi. Nihoyat, bir soatlardan so‘ng, bir javon tagida yashiringan telefonni topdi.
Titroq qo‘llari bilan tugmachalarni bosdi. Politsiya raqamini eslash unga qiyin bo‘ldi. Ammo esladi. Nihoyat, ularga qo‘ng‘iroq qildi.
— Iltimos... menga yordam bering, meni... o‘g‘irlab ketishdi... — dedi u, nafaslari orasida zo‘rg‘a gapirar, ovozi titrardi.
— Xonim, tinchlaning. Qaerdasiz? — javob berdi operator, sokin va ishonchli ohangda.
— Bilmayman... qandaydir o‘rmon ichida... katta bir uy...
— Yaxshi, xonim. Qo‘ng‘iroqni o‘chirmang. Biz sizni topamiz.

Politsiya nihoyat, yarim soatdan so‘ng yetib keldi. Ular mashinadan tushishlari bilan, Nina uydan yugurib chiqdi. Eshikni ochgan zahoti, u ko‘rgan manzara yuragini yanada titratdi — Suga politsiyachilar bilan sokin va bemalol suhbatlashayotgan edi.
Nina yuragining urushi bilan oldinga yugurdi.
— Janoblar! Meni... shu odam o‘g‘irladi! Uni hibsga oling! — deb baqirdi u, ovozi baland, yuragi esa og‘riqdan titrar edi.
Suga esa bir zumda o‘sha sovuqqon ohangga qaytdi. Qadam tashladi va birdan politsiyachilarga musht tushira boshladi.
— Senga kim maosh to‘layotganini unutdingmi, ablah? — dedi u tishlarini g‘ijirlatib.
So‘ng Ninaga yuzlanib, past, ammo qahrli ohangda so‘z qildi:
— uni yana ko‘rsam... o‘ldiraman.
Bu so‘zlar bilan Nina titradi. Tizalari bukildi, kuchsiz tanasi yerga emaklab tushdi. Ko‘zlari politsiyachining qon va tanib bo‘lmas yuziga qadaldiyu, miyasida eski xotiralar birin-ketin jonlandi. Yuragini tilka-pora qilgan lahzalar qaytadan jonlandi.
— Nahotki... u urishdan zavq oldi... — dedi u, pichirlab, o‘zidan o‘ziga.
Politsiyachilar esa hech narsa demasdan, Sugada uzr so‘rab, mashinalariga o‘tirib ketib qolishdi.
Endi faqat ikki jon: Nina va Suga. Uyning oldida, quyosh nurlari ostida, yolg‘izlikda...
Nina ko‘z yoshlarini tutolmadi. Yelkalari titrar, ovozi chiqmay yig‘lardi. Suga esa... ich-ichidan qaynardi. Uning fikrida faqat bir narsa edi — jazo. Qanday bo‘lmasin, o‘z uslubida jazo...

The fanfik is written by Liya