"Kitobxon talaba" loyihasi doirasida Primqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi
📆 Navoiy yuridik texnikumida joriy yilning 19-sentyabr kuni Axborot-resurs markazi rahbari G. Norboyeva va psixolog L. Xamidova tashabbusi bilan texnikum o‘quvchilari o‘rtasida «Kitobxon talaba» loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.
📝 Mazkur davra suhbatida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, yozuvchi Primqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» asari muhokama qilindi. Asarda milliy tariximiz, ajdodlarimizning buyuk siymolari va ularning Vatan ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlari yorqin ifoda etilgani ta’kidlandi.
📚 Tadbir davomida asarning qahramonlari, voqealari hamda mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda qizg‘in bahs-munozaralar olib borildi. O‘quvchilar kitobxonlik madaniyati, tarixiy asarlarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
⚡️ Shuningdek, suhbat yakunida Primqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» asari barcha o‘quvchilarga o‘qishga tavsiya qilindi. Mazkur loyiha yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularda tarixiy xotira va milliy g‘urur tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.