
Navoiy yuridik texnikumi katta o‘qituvchisi Yulduz Djalilovaning "Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Virtual texnologiyalardan ta’limni raqamlashtirish jarayonida foydalanishning pedagogik imkoniyatlari” mavzusidagi ilmiy maqolasi muvaffaqiyatli chop etildi.

📆 Joriy yilning 6-fevral kuni Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti Tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, PhD Sh.Tillaboyev, hamda professor-o'qituvchilari A.Mo'minov va Sh.Alamonova Navoiy yuridik texnikumi o‘quvchilari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida" (https://lex.uz/uz/docs/-7864099)gi PF-232-son Farmoni ijrosi doirasida TDYUda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirish maqsadida mahorat darsi o'tkazildi.

📆 Joriy yilning 5-fevral kuni Navoiy yuridik texnikumida “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga qabul jarayonlari to‘g‘risida” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

📆 2026-yil 31-yanvar kuni respublika miqyosida tashkil etilgan nufuzli “IBRAT Debate Nationwide Tournament” musobaqasida Navoiy yuridik texnikumi 9/2-guruh o‘quvchilari Sharifov Shoxrux hamda Salimov Javohir munosib ishtirok etib, viloyat bosqichida qatnashgan jamoalar orasida faxrli 2-o‘rinni egalladilar.

📆 Joriy yilning 24-yanvar kuni Navoiy yuridik texnikumida ingliz tili fani o‘qituvchisi Feruza Atamuradova tomonidan 9/4-guruh o‘quvchilari ishtirokida “Every country has its culture” (“Har bir mamlakatning o‘z madaniyati bor”) mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

📆 Joriy yilning 16-yanvar kuni Navoiy yuridik texnikumi Axborot-resurs markazi tomonidan o‘zbek adabiyotining durdonalaridan biri — "O‘tkan kunlar" asari asosida texnikum kitobxon o‘quvchilari ishtirokida mazmunli davra suhbati hamda tanlov tashkil etildi. Tadbir buyuk adib Abdulla Qodiriy ijodini chuqurroq o‘rganish, o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda badiiy asar tahlili orqali mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

⚡️ Navoiy yuridik texnikumida 9/2-guruh rahbari Oripova Venera hamda 9/3-guruh rahbari Shopo'latova Zulfiya tomonidan navbatdagi ota-onalar yig‘ilishi tashkil etildi. Mazkur yig‘ilish ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, o‘quvchilar tarbiyasi va ularning ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlandi.

📝 Navoiy yuridik texnikumida 14-yanvar — “Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan mazmunli va ko‘tarinki ruhda bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ona yurt himoyachilariga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

🇺🇿 Navoiy yuridik texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan dekabr oyida “Konstitutsiya fan olimpiadasi” yuqori saviyada tashkil etildi.