TDYU Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti Tadqiqot markazi ilmiy xodimi va TDYU professor-o‘qituvchilari Navoiy viloyati yuridik texnikumida mahorat darsi o‘tkazdi
📆 Joriy yilning 6-fevral kuni Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti Tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, PhD Sh.Tillaboyev, hamda professor-o'qituvchilari A.Mo'minov va Sh.Alamonova Navoiy yuridik texnikumi o‘quvchilari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida" (https://lex.uz/uz/docs/-7864099)gi PF-232-son Farmoni ijrosi doirasida TDYUda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirish maqsadida mahorat darsi o'tkazildi.
📝 Mahorat darsi davomida professor-o'qituvchilar tomonidan TDYUda amalga oshirilayotgan zamonaviy islohotlar va o'zgarishlar, Dual ta'lim tizimini joriy etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar va yuridik ta'limni yanada takomillashtirish yo'nalishlari bo'yicha batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.
📚 Tadbir yakunida texnikum talabalari o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.
⚡️ Ushbu tashabbuslar yuridik ta'lim sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va talabalarni zamonaviy yuridik bilimlar bilan qurollantirish yo'nalishidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.