January 16

NAVOIY YURIDIK TEXNIKUMIDA “VATAN HIMOYACHILARI” KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

📝 Navoiy yuridik texnikumida 14-yanvar — “Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan mazmunli va ko‘tarinki ruhda bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ona yurt himoyachilariga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

🇺🇿 Bayram tadbiri texnikum rahbariyatining samimiy tabrik so‘zi bilan ochilib, unda Vatan tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning mashaqqatli mehnati alohida e’tirof etildi. Shuningdek, yosh avlodni jismonan va ma’nan yetuk, Vatanga sadoqatli insonlar etib tarbiyalash muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

⚡️ Tadbir davomida ishtirokchilar uchun qiziqarli o‘yinlar va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etilib, ular bayramona kayfiyatni yanada oshirdi.

🎭 Ayniqsa, talabalar tomonidan namoyish etilgan “Kelajagimiz himoyachilari” mavzusidagi sahna ko‘rinishi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu sahna asarida yoshlarning Vatanga muhabbati, burch va mas’uliyatni chuqur his etishi badiiy ifoda orqali yorqin aks ettirildi.