January 10

“ELEKTRON JADVAL YARATISH. QATORLAR VA USTUNLARNI BOSHQARISH. ELEKTRON JADVAL XAVFSIZLIGI” MAVZUSIDA OCHIQ DARS BO‘LIB O‘TDI

📆 Navoiy yuridik texnikumida 2025-yilning 25-dekabr kuni 9/8-guruh o‘quvchilari ishtirokida “Elektron jadval yaratish. Qatorlar va ustunlarni boshqarish. Elektron jadval xavfsizligi” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Ochiq darsni informatika fani o‘qituvchisi Sharipova Zebiniso olib bordi.

📚 Dars jarayonida o‘quvchilarga elektron jadval tushunchasi, uning imkoniyatlari va amaliy ahamiyati batafsil tushuntirildi. Xususan, jadval yaratish, qator va ustunlar bilan ishlash, ularni qo‘shish, o‘chirish, kengaytirish va tartiblash kabi amaliy ko‘nikmalar misollar orqali yoritildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar mustaqil topshiriqlarni bajarib, bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

📝 Shuningdek, elektron jadval xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ma’lumotlarni himoyalash, hujjatlarni parol bilan himoyalash hamda ruxsatsiz o‘zgartirishlarning oldini olish usullari tushuntirildi. Bu esa o‘quvchilarning axborot xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini oshirishga xizmat qildi.

📝 Ochiq dars zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida, interfaol metodlardan foydalangan holda tashkil etildi. Mashg‘ulot yuqori saviyada o‘tib, ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi hamda o‘quvchilarning axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.