January 16

✅ NAVOIY YURIDIK TEXNIKUMIDA NAVBATDAGI OTA-ONALAR YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

⚡️ Navoiy yuridik texnikumida 9/2-guruh rahbari Oripova Venera hamda 9/3-guruh rahbari Shopo'latova Zulfiya tomonidan navbatdagi ota-onalar yig‘ilishi tashkil etildi. Mazkur yig‘ilish ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, o‘quvchilar tarbiyasi va ularning ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlandi.

📝 Yig‘ilish davomida ta’lim sifati, tartib-intizom, kiyinish madaniyati hamda o‘quvchilar ishtirok etayotgan tanlov va musobaqalar haqida atroflicha fikr almashildi. Guruh rahbarlari tomonidan o‘quvchilarning darslarga qatnashuvi, intizomi va jamoat joylaridagi xulq-atvoriga doir muhim masalalar yuzasidan ota-onalarga tushuntirishlar berildi.

📆 Shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Ota-onalar kengashi raisi Norbayev Xakim Baratovich tomonidan har oyning birinchi shanba kunida muntazam ravishda ota-onalar yig‘ilishini o‘tkazib borish bo‘yicha taklif bildirildi. Ushbu taklif ota-onalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, kelishuvga erishildi.

🤝 Mazkur yig‘ilish o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, o‘quvchilarning bilim va tarbiyasiga birgalikda e’tibor qaratish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi. Kelgusida ham bunday uchrashuvlar tizimli ravishda tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.