October 8, 2025

"YONG'INDAN OGOHLIK" OYLIGI DOIRASIDA NAVOIY YURIDIK TEXNIKUMDA TARG'IBOT TADBIRI O'TKAZILDI

Sayfullo Sayfiddinov tomonidan tayyorlandi

📝 O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2025-yil 15-sentyabrdagi 327-sonli “Respublikada "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy yuridik texnikumida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

👮‍♂️ Tadbirda Navoiy shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining katta inspektori, kapitan A. Akatov ishtirok etib, o‘quvchi va xodimlarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, yong‘inlarning oldini olish choralari hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi haqida batafsil tushuntirish berdi.

❗️Tadbir davomida yong‘in sodir bo‘lishining asosiy sabablari, elektr jihozlaridan noto‘g‘ri foydalanish, ochiq olov bilan ehtiyotsizlik qilish kabi omillar haqida amaliy misollar keltirildi. Shuningdek, o‘quvchilarga o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Mazkur targ‘ibot tadbiri yoshlar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi madaniyatini oshirish, ularni ogohlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.