January 16

KONSTITUTSIYA FAN OLIMPIADASI G‘OLIBLARI TANTANALI RAVISHDA TAQDIRLANDI

🇺🇿 Navoiy yuridik texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan dekabr oyida “Konstitutsiya fan olimpiadasi” yuqori saviyada tashkil etildi.

📝 Mazkur tadbir yoshlarning konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlash, huquqiy tafakkurini rivojlantirish hamda Asosiy Qonunimizga hurmat ruhini yuksaltirishga xizmat qildi.

📚 Olimpiada jarayonida ishtirokchilar Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi asosiy prinsiplar, inson huquq va erkinliklari, davlat hokimiyati tizimi hamda huquqiy davlat asoslariga doir savollarga javob berib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Bellashuvlar adolatli va shaffof mezonlar asosida baholandi.

📊 Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — Toshimboyeva Xonzoda Murodillo qizi
(500 000 so‘m pul mukofoti)
🥈 2-o‘rin — Sattorova Nafisa Nuriddin qizi
(300 000 so‘m pul mukofoti)
🥉 3-o‘rin — Odilova Sevinch Olimjon qizi
(200 000 so‘m pul mukofoti)

🏆 Shuningdek, 1–3-o‘rin sohiblariga qo‘shimcha rag‘bat sifatida 3 oy davomida oylik to‘lovsiz huquqshunoslik kurslarida tahsil olish imkonini beruvchi pul mukofoti vaucherlari ham taqdim etildi. Bu esa g‘oliblarning bilimini yanada chuqurlashtirish va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.