January 18

NAVOIY YURIDIK TEXNIKUMIDA “O‘TKAN KUNLAR” ASARI ASOSIDA DAVRA SUHBATI VA TANLOV O‘TKAZILDI

📆 Joriy yilning 16-yanvar kuni Navoiy yuridik texnikumi Axborot-resurs markazi tomonidan o‘zbek adabiyotining durdonalaridan biri — "O‘tkan kunlar" asari asosida texnikum kitobxon o‘quvchilari ishtirokida mazmunli davra suhbati hamda tanlov tashkil etildi. Tadbir buyuk adib Abdulla Qodiriy ijodini chuqurroq o‘rganish, o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda badiiy asar tahlili orqali mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

📝 Davra suhbatida “O‘tkan kunlar” romanining g‘oyaviy-badiiy ahamiyati, undagi tarixiy voqealar talqini, obrazlar tizimi va ularning ma’naviy-axloqiy xulosalari yuzasidan qizg‘in muhokamalar olib borildi. O‘quvchilar asar qahramonlari xarakteri, muhabbat va vatanparvarlik g‘oyalari, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar haqida o‘z mulohazalarini bildirdilar.

📊 Tadbir yakunida o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:

🥇 1-o‘rin — Xudaykulova Alina;
🥈 2-o‘rinlar — Mirzayeva Lola, Mardonova Sabina, Doniyorova Ruxshona;
🥉 3-o‘rin — Dilmurodov Asilbek hamda Mustafayeva Shaxrizoda egalladilar.

📚 Ushbu tadbir texnikumda kitobxonlikni targ‘ib etish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.