Navoiy yuridik texnikumi o‘quvchilari respublika debat turnirida 2-o‘rinni egalladi
📆 2026-yil 31-yanvar kuni respublika miqyosida tashkil etilgan nufuzli “IBRAT Debate Nationwide Tournament” musobaqasida Navoiy yuridik texnikumi 9/2-guruh o‘quvchilari Sharifov Shoxrux hamda Salimov Javohir munosib ishtirok etib, viloyat bosqichida qatnashgan jamoalar orasida faxrli 2-o‘rinni egalladilar.
📝 Sharifov Shoxrux va Salimov Javohir musobaqa davomida o‘zlarining bilim saviyasi, mantiqiy fikrlash qobiliyati hamda jamoaviy hamkorlikda ishlash mahoratini yuqori darajada namoyon etdilar. Ular bahs jarayonlarida berilgan mavzular yuzasidan asosli dalillar keltirib, raqib jamoalar bilan tengma-teng bellashib, tomoshabinlar va hakamlar e’tirofiga sazovor bo‘ldilar.
📚 Ushbu yutuq Navoiy yuridik texnikumi o‘quvchilarining nafaqat o‘qishda, balki intellektual musobaqalarda ham faol va yetuk ekanini yana bir bor tasdiqladi. Mazkur natija yoshlarni ilmga, fikrlashga va o‘z ustida ishlashga undovchi muhim rag‘bat bo‘ldi.
🤝 Texnikum jamoasi Sharifov Shoxrux va Salimov Javohirni ushbu yutuq bilan tabriklab, kelgusida respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ham ulkan muvaffaqiyatlarga erishishlariga ishonch bildiradi.