Pinhona muhabbat 1qism Sunli
Nilufar Saroyi — imperator Kimning to‘rtinchi o‘g‘li, shahzoda Taehyungga tegishli bo‘lgan saroy. Ilgari bu yer jannatga o‘xshab ko‘ringan bo‘lsa-da, hozirda ushbu saroy alanga ichida yonib kulga aylanib bormoqda. Saroy ichidan esa yosh qizlarning baqir-chaqiri, ba’zi bir xizmatkorlarning olov ichida yonayotgan tanasi va ularning nola qilayotgan ovozlari, shahzoda Taehyungni himoya qilish uchun so‘nggi nafasigacha u uchun jon berayotgan askarlarning qilich tovushlari eshitilib turardi.
Nilufar Saroyini yonishini uzoqdan tomosha qilib turgan katta shahzoda Chon — ya’ni Taehyungning o‘gay akasi qah-qah otib bu voqelarni kuzatib, kulib turardi.
Bu vaqtda saroy ichida Taehyung qilichini qinidan sug‘urib, rafiqasi Rechel va hali tug‘ilmagan bolasini himoya qilish uchun akasi Chonning yonlanma askarlari bilan kurashar edi.
Rechel esa bu manzarani ko‘zlarida yosh bilan kuzatar, eri uning uchun hayot-mamot jangida ekanini ko‘rib yuragi tahlikali urishdan to‘xtamasdi. Uning titragan qo‘llari Taehyungga yetib borolmas, faqat umidsiz nigohlari bilan uni jang qilishini kuzatib turardi.
Bu vaqt ichida esa shahzoda Taehyung allaqachon og‘ir yarador bo‘lib ulgurgan edi. Uning tanasi deyarli qonga belangan, ammo u baribir qilichini mahkam siqib, rafiqasi va tug‘ilmagan farzandini himoya qilish uchun oyoqda turishga harakat qilardi.
Saroy tashqarisida esa katta shahzoda Chon mushtlarini tugib, ukasi Taehyungning o‘limi haqida xabar kelishini sabrsizlik bilan kutar ekan. U o‘ziga o‘zi g‘azab bilan:
— Bekor, bekor men bilan kurashding, ukajonim Taehyung! Men senga nima degan edim? Menga tegishli bo‘lgan narsalarga tegishga hattoki urinma, ham degan edim, shundaymi? Ammo sen nima qilding? Menga tegishli bo‘lgan ikki narsamni shavqatsizlarcha tortib olib so'ng mendan tortib olgan narsalarni bilan o'zing jannatda yashayapsan. To‘g‘rimi afsuski afsuski ukajon men seni bu jannatingni bugun yo‘q qilaman! dedi. shahzoda Chon.
Shahzoda Chonning yuzida nafrat va telbalik aralash kulgi paydo bo‘ldi. U ovozini yanada balandlatib, gapida davom etdi:
— "Sen mendan bular Kim va nima?" Deb so‘rayapsanmi? Birinchisi – seni rafiqang, ilgari saroyda raqs tushib yurgan oddiy bir raqqosa, Rechel! Sen uni mendan tortib olding! Men esa mehribon aka sifatida bunga ham ko‘ndim! Ammo sen yana nima qilding? Sen mening taxtimga, Koguryo taxtiga ko‘z tikding! Bu esa sening eng katta xatoying bo‘ldi!
Chon birdan qah-qah otib, telbalarcha kuldi:
— Endi kechirasan, ukajon! Men senga bergan narsamni qaytarib olman... Men sen barpo etgan manashu jannatni butunlay yo‘q qilaman!
Shahzoda Chonning kulgusi osmonu falakka yoyilganida, Nilufar Saroyi alangalar ichida yonishda davom etardi...
Bu paytda saroy ichida Taehyung jon-jahdi bilan jang qilar ekan, birdan uning qilichi yerga tushib ketdi. Shu ondayoq bir yonlanma qotil Rechel tomonga yurib, uni o‘ldirish uchun qilichini ko‘tardi. Ammo Taehyung buni sezishi bilan kuchini jamlab, Rechelni himoya qilish uchun o‘zini qalqon sifatida oldinga tashladi. Qilich to‘g‘ri borib Taehyungni biqiniga sanchilib uni og‘ir jarohatladi, lekin Taehyung qilich Rechelga tegishiga yo‘l qo‘ymadi.
Rechel bu dahshatli manzarani uzoqdan ko‘rib, shoshib Taehyungning yoniga yugurdi. U titragan qo‘llari bilan erini mahkam tutib, ko‘zlaridan yosh bilan:
— Shahzodam, sizga nima qildi?!
Taehyung esa qon bilan belangan qo‘llari bilan Rechelning munchoqdek yoshga to‘lgan ko‘zlarini artdi va zaif ovozda shivirladi:
— Hammasi joyida, Rechel… Men yaxshiman… Muhimi, sen va bolamizga hech nima qilmagani…
U so‘nggi kuchi bilan Rechelni bag‘riga bosdi.
Bu vaqtda esa ularni o‘ldirish uchun uch nafar yonlanma qotil qilichlarini ko‘tarib, ularga yaqinlashayotgan edi. Ammo birdan osmondan uchta kamon o‘qi uchib kelib, qotillarning yuragini teshib o‘tdi. Ular yerga qularkan, Rechel va Taehyung hayrat bilan uzoqqa qarashdi.
Qorong‘u osmon ostida qora otni choptirib kelayotgan odamni ko‘rib, Rechelning yuragi umid bilan porladi. Uning ko‘zlariga ishonmay, hayajondan baqirib yubordi:
Jungkook ularni qutqarish uchun Nilufar saroyiga yetib kelgan edi...
Jungkook ko‘zlarida yosh bilan Rechelning qo‘lidan mahkam tutdi va uni sudragancha olib keta boshladi. Rechel esa qattiq qarshilik qilib, tinmay Jungkookning qo‘liga urar, bazan mushtlar, bazan tirnoqlari bilan uning bilaklarini tirnab:
— Aka! Iltimos, meni qo‘yib yuboring! Taehyung! Yo‘q, yo‘q, men shu yerda qolaman! Men Taehyungning oldida qolaman! Iltimos, Taehyung! — deya faryod qilardi.
Uning yuragi og‘riqdan siqilar, ko‘zlaridan to‘xtovsiz yoshlar oqardi. Biroq Jungkook hech qanday imkoniyat yo‘qligini bilardi. U Rechelni jon holatda tortib ketayotgan edi.
Bu paytda Taehyung oxirgi kuchini yig‘ib, yerda yotgan jasaddan bir qilichni oldi. U chuqur nafas olib, Rechelga jilmayib qaradi. Uning nigohida hayotining so‘nggi lahzalari aks etayotgan edi. So‘ngra u Shahzoda Chonning askarlari kelayotgan tomonga borib, qilichini mahkam ushlab oldinga yurdi.
Bir zum o‘tib, Taehyung tutunlar orasida g‘oyib bo‘ldi. Aynan o‘sha lahzada u ketgan tomonda dahshatli portlash sodir bo‘ldi. Kuchli portlash natijasida Rechel va Jungkook bir-birlaridan uzoqqa uchib ketishdi.
Rechel yerga qattiq yiqildi va qorni bilan to‘g‘ri tuproqqa urildi. Shu urulish natijasida Rechelda ichki qon ketish alomatlari boshlandi. U og‘riqdan ingrardi, ammo ko‘zlarini ocholmas, beixtiyor qo‘llari bilan qornini ushlardi.
Jungkook esa bu orada o‘zini o‘nglab olib, zudlik bilan Rechelning oldiga yugurdi. U Rechelni yerda ingrab yotgan holatini ko‘rib:
— Rechel! Rechel, menga qarang!
Ammo Rechel javob bera olmadi. Uning nafasi zaiflashgan, rangi oqarib ketgan edi.
Jungkook vahimaga tushib, vaqtni yo‘qotmaslik uchun uni ko‘tarib, o‘rmonga qarab yugurdi. U to‘xtamasdan yurib, yo‘l davomida do‘sti o‘lganligi uchun ko‘zlaridan yosh oqardi.
Taxminan bir soat o‘tib, Jungkook nihoyat o‘rmon ichida eski, bir kulbaga duch keldi. U oxirgi kuchini to‘plab, kulbaga yaqinlashdi va eshikni taqillatdi.
Bir necha lahza o‘tib, eshikni yoshi elliklardan oshgan, oq sochli bir kampir ochdi. Jungkook hushsiz holda yotgan Rechelni ko‘tarib turgancha, jon holatda:
Kampir bir qarashdayoq Rechelning ahvolini tushundi. U hech narsa demay, tezda ichkariga ishora qildi va:
— Ichkariga olib kiring, tezroq! — dedi.
Jungkook shoshilib Rechelni ichkariga olib kirdi. Uning yuragi g‘ash edi. U Rechel va tug‘ilmagan bolani saqlab qolish uchun umid qilib, kampirning qo‘lidan kelgan barcha yordamni kutardi.
Jungkook ichkariga kirishi bilan Rechelni sekinlik bilan to‘shakka yotqizdi. U juda holsiz edi, ammo nafas olayotgandi. Kampir esa uning ahvolini kuzatib, zudlik bilan Jungkookga qaradi va shoshilinch ohangda dedi:
— Tezda issiq suv va javondagi toza matolarni olib keling!
Jungkook ortiqcha so‘zsiz yugurib borib, kampir aytgan hamma narsalarni topdi va olib keldi. Kampir hech ikkilanmay harakatga tushdi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, Rechelning nafasi tezlashdi, u og‘riqdan ingray boshladi. Jungkook hech narsani tushunmay, qo‘llarini musht qilib siqib, tashvish bilan bir chetda turgancha, nima qilishini bilmay qoldi.
— U… u yaxshi bo‘ladimi? — deya oldi nihoyat u titroq ovozda.
Kampir esa chuqur nafas olib, unga jiddiy qaradi:
— Bola tug‘ilmoqchi, bolam. Xotining erta tug‘ruq jarayonida.
Jungkookning yuragi yana bir bora siqildi. U qo‘lini peshonasiga qo‘yib, oldinga bir qadam tashladi, ammo kampir uni to‘xtatdi.
— Bu yerda bo‘lishing kerak emas, o‘g‘lim. Chiqib tur, men hammasini o'zim eplayman.
Jungkook bir lahza ikkilanib, Rechelning qiynalgan yuziga qaradi. Uning ko‘zlaridan yosh sizib chiqa boshladi. Ammo kampirning gaplariga qarshilik qilmay, oxir-oqibat orqaga chekindi va eshik oldida kutib turdi. Oradan ikki soat o‘tib. Ichkaridan bolaning tovushi eshitilmadi. Faqat Rechelning so‘nggi zaif nafas olishi va shundan keyin xotirjamlik cho‘kkanini his qildi. Jungkook yuragi gupillab, eshikni ohista ochdi. Ichkarida kampir unga qarab turgan edi. Uning yuzida chuqur qayg‘u aks etardi. Kampir sekin oldinga yurdi va qo‘lida qonli matoga o‘ralgan chaqaloqni ko‘tarib turardi. U qo‘lini Jungkook tomon cho‘zdi va og‘ir xo‘rsinib dedi:
— Afsus, bolam… senga sabr tilayman. Xotiningning bolasi o‘lik tug‘ildi. Bechora chaqaloq… o‘g‘il bola ekan…
Jungkook ko‘zlarini katta katta bo‘lib ochdi. U birdan bir qadam ortga tashladi, go‘yo kampirning gaplariga ishonishni xohlamagandek. Uning yuragi g‘azab, qayg‘u va og‘riqdan larzaga keldi.
— Yo‘q… bu mumkin emas… — deya past ovozda pichirladi u.
Kampir esa yana bir marta og‘ir xo‘rsinib, bolaning kichik jasadini unga uzatdi. Jungkook sekin qo‘llarini uzatib, uni oldi. Uning yuragi og‘riqdan o‘rtanayotgan edi. Qo‘llarida harakatsiz yotgan chaqaloqqa qarab, ko‘zlaridan qonli yoshlar dumalab tusha boshladi.
U ich-ichidan qichqirgisi keldi, biroq ovozi chiqmadi. Faqat yuragi va butun vujudini egallagan bo‘shliq uning ruhini ezib borardi.
Jungkook nima qilishni bilmay, qo‘llari titragan holda yana chaqaloq jasadiga tikildi. U sekin matoni ko‘tarib, bolaning yuziga qaradi. Yuragi gursillab tez tez urdi—chaqaloq xuddi Taehyungning o‘zginasi edi. Uning qoshlari va lablari esa Rechelga o‘xshardi.
Jungkookning qo‘llari bo‘shashib, nafas olishi og‘irlashdi. U yuragi qanchalik og‘riganini his qilardi, ammo bu og‘riq nafaqat qayg‘udan, balki ichida tug‘ilayotgan adovatdan ham edi.
— Yo‘q… bu mumkin emas… — u pichirladi va bolaning yuzini yana mato bilan yopib, uni mahkam quchoqladi.
Birdan ichidan nimadir yorilib ketgandek bo‘ldi. Og‘riq Jungkookning yuragini ich-ichidan avj olib, uni ezayotgan edi. U bo‘g‘ilib, titroq holda yig‘lay boshladi, keyin esa uning ovozi butun kulbani larzaga solib baqiriqqa aylandi.
Uning ichida qandaydir g‘azab, qandaydir yovvoyi hayqiriq uyg‘ona boshladi. Qulog‘ida g‘am va g‘azabga to‘la shovqin eshitildi:
"Ulardan o‘ch ol… Ulardan o‘ch ol…"
Bu ovozlar Jungkookning miyasida jaranglab, yuragini zaharlay boshladi. U quloqlarini qo‘llari bilan qoplay olmadi—bu ovozlar uning ichidan kelayotgan edi. Shu lahzada uning yuragi nafaqat azob, balki qasos istagi bilan ham to‘lib borayotganini his qildi.
Jungkook:
- ''Ular bunga javob berishlari kerak…,, deya devolga surayib turgan yerida o‘tirib, chaqaloq jasadni mahkam siqib yig‘lar edi.
1 qism tugadi.
Muallif: Sunli