May 22, 2025

하늘에 담지 못한 사랑. Haneure damji motan sarang. Samoga sig'magan sevgi. 7 qism final. Sunli 𝐁𝐀𝐍𝐆𝐓𝐀𝐍 𝐓𝐀𝐋𝐄𝐒

Shunday qilib Taehyung Marinni bu yerdan olib ketdi va iblislar qiroligiga qaytdi. Ammo boshqa bir tomondan Jungkook Marinning jonsiz tanasini ko‘rgach, yuragi muzlab qoldi. Ko‘zlaridagi nur so‘ndi, va yuragida faqat bir narsa qoldi — qasos. U qilt etmay turgancha, lablarini qattiq tishlab, yuragini kemirayotgan og‘rini bosishga urinardi. So‘ng asta boshini ko‘tardi, ko‘zlarida alangadek yonayotgan nafrat porlab turardi.

Shunday qilib u otasining saroyiga yo‘l oldi. Temir darvozalar g‘iyqillab ochildi, u soqchilar bir-bir qulay boshladi. Jungkook hech kimni ayamadi. Nihoyat, qirolning taxtxonasi qarshisida to‘xtadi.

— Ota men sizni o‘ldiraman, — dedi sovuq ohangda.

Shunday qilib ular o‘rtasida jang boshlandi. Qirol Jeon Jungkookka qaraganda kuchli edi. Uning har bir zarbada yillar davomida yig‘ilgan kuch, tajriba va zolimlik mujassam edi. Ammo Jungkook – iztirob, dard va sevgi bilan kuylagan yurak edi. U oxirigacha kurashdi, lekin mag‘lub bo‘ldi.

Jungkook yerda yotgancha otasiga tikildi. Shunda qirol Jeon Jungkookning xotirasini butunlay o‘chirish uchun qo‘llarini ko‘tardi va afsunni o‘qiy boshladi. Ayni shu damda osmondan yorqin nur yonib o‘tdi. Jungkook hushidan ketdi. Endi u na Marinini, na Taeni tanirdi. Unga hayoti oddiy, bo‘sh va ma’nosiz tuyulardi.

Shu orada Taehyung Marinini tiriltirish uchun saroy afsungarlarini to'plashni buyurdi. Uning ko‘zlarida umid, yuragida sevgi bor edi. U so‘nggi najotni sinab ko‘rdi. Qon evaziga, jon evaziga iblislar bilan kelishdi.

Ammo osmon bunga rozi bo‘lmadi. U Taehyungni ikki olam muvozanatini buzgani uchun Marinni tanasiniga ulkan chaqmoqni yubordi.
U esa chaqmoq Marinning tanasiga urildi va uning tanasini kuydurib yubordi

Taehyung esa bu holatni ko‘rgach yerga tiz cho‘kdi, ko‘zlaridan yosh emas, qon oqardi. U qichqirdi, ammo ovozini faqat shamollar eshitdi.

— Men seni qutqara olmadim… kechir… kechir meni Marin

Shunda Taehyung o‘rnidan turib:

— Bu adolat emas! — deb g‘o‘ldiradi u past ovozda. — Siz uni o‘ldirdingiz... ikkinchi marta!

U asta ortiga qaradi — orqasida jim turib turgan ko‘zlarini yerga tikkan Yonggi turar edi. Taehyung yoniga bordi, uning yelkasiga qo‘lini qo'yib:

— Endi yetdi. Askarlarni to‘pla. Bu urushni biz boshlaymiz. Marin bu hayotga qaytmas ekan demak bu dunyoda hech kimni yashashga haqqi yo'q.

Yonggi bir lahza jim qoldi, so‘nggina bosh irg‘ab Taehyungni gaplariga qo'shildi.

Ko‘p o‘tmay, iblislar saroyining minoralarida qon rangli bayroqlar hilpirab chiqdi. Yer ostidagi o‘tli yo‘llardan iblis jangchilari birin-ketin chiqib keldi. Har birining ko‘zida g‘azab, qo‘lida qurol bor edi. Yonggi ularning oldida turib, buyruq berdi:

— Bu safar biz jim turmaymiz. Endi biz o‘zligimiz va behuda to‘kilgan safdoshlarimiz uchun qasos olamiz. Qani olg'a hujumga.

Shu bilan bir vaqtda, o‘lmaslar qavmi ham osmon shahrida to‘planmoqda edi. Samoning buyruqlariga bo‘ysunuvchi qanotli jangchilar, nurli nayzalar bilan saf tortdi. Osmon to‘lqinlanayotgandek edi — bu urush oson bitmasdi.

Va nihoyat — ikki kuch, ikki dunyo bir-biriga qarshi yurdi.
Yerni qonni hidiga to‘ldi. Osmon yong‘in bilan qoplandi. Bu oson jang emasdi. Bu urush — sevgi, adolat va qasos uchun bo‘layotgan urush edi.

Osmon va yer o‘rtasida urush alangasi porlab turardi. Iblislar armiyasi Yonggi boshchiligida qora tutun orasida harakatlanar, qadam bosgan joylarida tuproq yonib ketardi. Ularning oldida esa Taehyung yurardi — qurolsiz, lekin yuragi alangadek yongan.

O‘lmaslar shohi Jeon — endi faqat Jungkookning otasi emas, balki Samoning amrlarini bajaruvchi sovuq qirol edi. U nurli zirhda, qanotlari keng ochilgancha osmonda turardi. Atrofida minglab o‘lmas jangchilar — har biri yillar davomida jangga tayyorlangan.

To‘qnashuv boshlandi. Yer larzaga keldi. Osmonda chaqmoqlar o‘ynadi, yerda yong‘in tutashdi. Iblislar olovli nayzalar bilan hujum qilar, o‘lmaslar esa nurdan yasalgan qalqonlar bilan qarshilik ko‘rsatar edi. Yonggi va o‘lmas general Tiran o‘rtasida yuz bergan jang esa ikki kuchli to‘lqinning urilishi kabi bo‘ldi.

Taehyung va Qirol Jeon esa nihoyat yuzma-yuz keldi. Ularning jangida qurol emas — dard, xotira, g‘azab va yo‘qotish bor edi.

— Sen mening barcha azoblarim sababchisisan, — deya g‘o‘ldiradi Taehyung. — Marin uchun, bu dunyo uchun o‘zim uchun — men seni yo‘q qilaman.

Ammo bu jangda na yurakdagi dard, na qudratli sehr g‘alaba qildi. Ikkovlon charchadi, qon yo‘qotdi, yiqildi, ammo hech biri ustun kela olmadi.

Yarim tunda, og‘ir yo‘qotishlardan keyin, Taehyung qattiq nafas olib, ortiga qaradi. O‘z jangchilari – yaralangan, qonli, ko‘pchiligi qulagan. Yonggi yonida turar, ko‘zlarida mung bor edi.

Taehyung bo‘yin egdi.

— Orqaga. Yetarli qon to‘kildi. Bu biz kutgan g‘alaba emas... — dedi u charchoq holatda.

Shunday qilib, iblislar ortga qaytdi. Yo‘lda na tantana, na g‘urur bor edi — faqat yurakni siqib turgan jimlik.

Bu jangda hech kim g‘olib bo‘lmadi. Faqat yo‘qotishlar — yuraklarda tuzalmas yaralar qoldi.

Urushdan so‘ng tun jim edi. Osmonda yulduzlar ham so‘nib qolgandek tuyulardi. Har bir iblis askari o‘z yarasi bilan kurashayotgan bo‘lsa, Taehyung yuragidagi eng chuqur yarani — Marinning yo‘qligini his qilardi. Ammo u taslim bo‘lmadi.

Qon va ko‘z yoshlar evaziga, qadimiy sehrlar, iblislar saroyining eng qorong‘u kitoblaridan topilgan bitiklar yordamida u bir narsani uddaladi — o‘lik tanani hayotga qaytarishni.

Muallifdan: Agar bu ffni tushunmagan bo‘lsangiz birinchi qismini o‘qing. Taehyungni va Marin Jungkook bilan bo‘lgan voqealar hammasi uni o‘tmish xotiradi edi.

Tong quyosh nurlari derazadan sekin kirib, xonaning oltin rangli pardalarini yoritdi. Havo sokin, tinch edi. Qushlarning ovozi eshitilmas, faqat yurak sekin urayotganini eshitgandek bo‘lish mumkin edi.

Marin asta ko‘zlarini ochdi.

Avvaliga xira nur va begona shift ko‘ziga tashlandi. U harakat qilmoqchi bo‘ldi, lekin tanasi og‘irdek edi. Nafas oldi, lekin bu havoda unga tanish bo‘lgan hech qanday hid yo‘q edi. Uning xotirasida faqatgina bo‘shliq

U boshini sekin burdi. Yuragi tez ura boshladi. Atrof chiroyli bezatilgan, tinch, lekin begona xona edi. Shubha va xavotir bilan o‘rnidan ko‘tarilishga harakat qilar ekan, yonida kimnidir ko‘rdi.

Uning yuragi yana bir urib, go‘yo bir lahzaga to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

Yonida, bir qo‘li uning qo‘lini ushlab, yuzida charchoq va osoyishtalik aralash uyquda yotgan odamga ko‘zi tushdi. Bu odam — Taehyung edi. Maringa bu yigit tanishday tuyuldi… ammo u uni eslay olmadi.

U sekin nafas oldi. Ko‘zlari xavotir bilan to‘ldi.

— Bu… bu kim? — deb pichirladi u o‘ziga o‘zi.

Marin yana hushyorlik bilan atrofga qararkan, qo‘llari beixtiyor siljiy boshladi. U to‘shak ustidagi nozik matoni silab o‘tirar, yuragidagi g‘alati bo‘shliqni to‘ldirmoqchi bo‘layotgandek edi. O‘ng qo‘li yonida yotgan notanish yigit tomon siljidi va tasodifan uning yuziga sekin tegib ketdi.

Taehyung chuqur nafas olib, ko‘zlarini ochdi.

U bir zumda hushiga keldi. Ko‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Marin bilan to‘qnashdi. Nafasi ichiga tushib ketdi, yuragi go‘yo yana bir bor urishni boshlagandek bo‘ldi.

— Marin… — dedi u o‘ziga, ishonmasdan.

Marin esa cho‘chib ketdi, birdan yelkalarini orqaga tortdi. Ammo hech narsani aytishga ulgurmadi. Chunki Taehyung yuzida nihoyasiz quvonch va ko‘zlarida yosh bilan uni quchoqlab oldi.

— Sen… sen uyg‘ondingmi! — deb shivirlagancha, uni mahkam quchgancha. — Men seni yo‘qotdim deb o‘ylagandim… Marin…

Marin esa bu quchoq ichida qotib qoldi. U bu yigitni tanimasdi… lekin yuragida nimadir ilib qolgandek, bu iliqlik unga begona emasdek edi.

Marin asta, titroq ovozda so‘radi:

— Men… kimman? Va sen kimsan?

Taehyung bir lahza jim qoldi. Uning ko‘zlaridagi quvonch asta so‘nib, o‘rnini hayrat egalladi. U yuragida nimalarni his qilayotganini yashirish qiyin edi, ammo Marinni cho‘chitib qo‘ymaslik kerakligini bilardi.

U chuqur nafas olib, yumshoq ohangda javob berdi:

— Men… sening do‘stingman, Marin. Hamma narsa yaxshi bo‘ladi. Dam ol, hozircha boshqa hech narsani o‘ylama.

Marin bir muddat unga tikilib qoldi. Yuragida bir iliqlik, ishonch uyg‘ondi. U bu yigitga ishonishi mumkinligini sezdi, garchi xotirasi butkul yo‘q bo‘lsa ham.

Shunday qilib, u sekin boshini qimirlatib tasdiqladi va yana yostiqqa suyandi. Taehyung esa uning yonida jim turar, yuragida esa so‘zsiz duolar jimjit yangrardi — faqat Marin xavfsiz bo‘lsa, bas. Qolgan hamma narsa kutishi mumkin edi.

Oradan ikki kun o‘tdi. Marin asta sog‘ayib borar, tanasi tiklanar, biroq xotirasi hanuz xira shira edi. U o‘zini yolg‘iz, lekin xavfsiz his qilardi. Bu saroy unga begona bo‘lsa-da, ich-ichidan bu yerda qandaydir iliqlik borligini sezardi.

Bir kuni tushdan so‘ng, u yolg‘izgina saroy bog‘lariga chiqdi. Havoda yengil shamol esib, daraxtlar shitirlar, osmon esa moviy pardadek osilib turar edi. Marin nafasi ochilib, havodan chuqur nafas oldi. Keyin saroyning orqa tomoni — yuqori qo‘riqchilarning mashq maydonchasiga borib qoldi.

U yerda Taehyung mashq qilayotgan edi.

U qora yengsiz libosda, qattiq mashg‘ulotga berilgan, qilichi havoni yorar, har bir harakati kuch va nafislik bilan uyg‘unlashgan edi. Quyosh uning terlagan peshonasida chaqnab, qadamlariga ko‘lanka tashlab turardi. Uning har bir zarbasi, burilishlari, va diqqat bilan harakatlanishi Marin uchun go‘yo sahna asaridek tuyuldi.

Marin to‘xtab, uzoq tikilib qoldi.

Nimadir yuragida g‘alati tarzda qimirlay boshladi. Unga qaragan sari yuragi tez ura boshladi, bu hissiyot unga mutlaqo yangi edi — notanish, lekin yoqimli.

— Nega uni ko‘rganimda yuragim bunchalik uradi? — deb o‘yladi u jimjimador daraxt soyasida turarkan.

Taehyung mashqni to‘xtatib, tasodifan atrofga qaradi. Marin bilan nigohlari to‘qnashdi. Taehyung jilmaydi. Bu sodda, beg‘ubor jilmayish edi, ammo Marin uchun — yuragidagi allaqanday darchani ochib yuborgandek bo‘ldi.

U seskanib ketdi, lekin ko‘zlarini uzolmadi.

Mana shunday, yuragining tubida, Marin ilk bor Taehyungga nisbatan bir tuyg‘u — sevgi chaqnashini his qildi. Hali bu hissiyot nomsiz, tushunarsiz edi, ammo u allaqachon urug‘ sepilgandek, yuragida ildiz ota boshlagan edi.

O'sha kuni voqeadan so'ng
Oradan bir kun o‘tdi. Marin o‘sha mashq maydonida ko‘rgan lahzani yuragidan chiqarolmadi. Har safar Taehyungni ko‘rganida yuragi gupillab urar, ko‘zlari beixtiyor unga qarar, lablariga esa beixtiyor tabassum yugurar edi.

Va bu bir kunlik tuyg‘u bir oy ichida ildiz otib, katta, tinimsiz yurak sog‘inchiga aylana boshladi.

Taehyung ham uni yolg‘iz qoldirmasdi. Har kuni holidan xabar olardi, unga saroyni ko‘rsatardi, birga sayr qilishar, ba'zida yulduzlar ostida jimgina o‘tirishardi. Bu sokin, ammo chuqur daqiqalar ularning ko‘ngillarini bir-biriga tobora yaqinlashtirar edi.

Va nihoyat, bir kechasi saroy bog‘ida yulduzlar porlab turgan paytda, Taehyung asta, ohangini ehtiyot bilan Maringa qarab:

— Marin… bu bir oy davomida seni yanada yaqindan tanidim. Sening har bir tabassuming… har bir so‘zlaring, hatto jimliging ham… meni o‘zgartirib yubordi. Marin men… seni sevib qoldim.

Marinning yuragi birdan to‘xtab, yana urdi. U ko‘zlarini katta ochib, Taehyungga tikildi. Uning nigohlarida shubha yo‘q edi — faqat samimiyat va muhabbat porlardi.

Marin sekin jilmaydi. U allaqachon javobni yuragida his qilgan edi. Nafaqat his qilgan — balki yashab ulgurgandi.

— Men ham, Taehyung… — dedi u pichirlab. — Men seni sevib qoldim…

Shu lahzada ularning orasida jimjitlik cho‘kdi — ammo bu sokinlik yuraklaridagi sevgi uchqunlari bilan to‘lgan edi. Taehyung qo‘lini uzatdi, Marin esa hech ikkilanmay, qo‘lini unga tutdi.

Va o‘sha kecha, yulduzlar ostida, ikki qalb bir-birini topdi.

Bu orada o‘lmaslar saroyida qirol Jeon sokin, lekin ich-ichidan qaynab turar edi. Marin tirik, Taehyung esa uni iblislar dunyosidan olib chiqib, tinch hayot kechirayotganini eshitgan payti, uning yuzida sovuq tabassum paydo bo‘ldi.

Qirol sekin qo‘lini ko‘tardi, yonida turgan ayg‘oqchilariga qarab buyurdi:

— Darhol shahzoda Jungkookni huzurimga chaqiring.

Bir necha daqiqalardan so‘ng Jungkook saroyga kirib keldi. Uning qadamlarida qat’iyat va og‘irlik bor edi. Qirol unga tikilib turdi va so‘z boshladi:

— Taehyung va Marin o‘rmon ichidagi uyda yashayapti. Ular nafaqat bu dunyo tartibini buzdi, balki taqdirga ham qarshi chiqdi. Sen borib ularni yo‘q qilasan.

Jungkook bir lahza jim turdi. Ich-ichidan nimadir titradi. Marinni ismini eshitganida yuragida unga bo‘lgan o‘sha begona, ammo iliq hislar xayoliga keldi. Ammo otasining buyrug‘i qat’iy edi.

— Buyrug‘ingiz qanday bo‘lsa, shunday bo‘ladi ota, — dedi u sovuqqina.

Shunday qilib, shahzoda Jungkook o‘lim elchisi kabi Taehyung va Marin yashayotgan o‘rmon sari yo‘l oldi. U ko‘z ostida sovuq shafqatsizlik, yuragining eng tubida esa silkitayotgan savollar bilan sukunat ichida yurardi.

Bu vaqtda esa Marin va Taehyung o‘rmon ichidagi uylarida birga baxtli hayotlarini kechirib turishgan edi.

Ammo qirol Jeon o'g'lini Marinni o‘ldirish uchun yuborgan vaqtida edi. Taehyung va Marin hech qanday xavf xatarsiz o'sha yerda yashab turishgan edi. Ular bilishmas ediki bugun ularning oxirgi vaqtlar ajal ularni o‘ldirishga kelganini hatto tushlariga kirib chiqqani yo'q edi. Faqatgina bu ajalni kelganligini osmon va daraxtlar bilgan edi. Ular xuddiki Taehyung va Marinni bu narsadan ogoh etmoqchi bo‘lgan kabi ko'ngilni g‘ash qiluvchi narsalarni sezdirib turar edilar.

O‘sha kuni havo g‘alati sokin edi. O‘rmon ustidan qora bulutlar surilib kelar, daraxtlar ham qattiq shamolda egilib turardi. Marin deraza yonida o‘tirib, shivirlagan shamolga quloq solar, yuragi g‘alati bezovta urardi. Taehyung esa tashqarida yog‘ochlarni chig‘irib kesayotgan edi.

To‘satdan u nimadandir sezdi — havodagi og‘irlik, sukunatdagi g‘am, va yurakda paydo bo‘lgan xavotir.

Shu payt daraxtlar orasidan qora soya paydo bo‘ldi. Bu — shahzoda Jungkook edi. U yurib keldi, nigohlari sovuq, qo‘lida esa otasining buyrug‘ini bajaruvchi qilich yaltirab turardi.

Taehyung unga qarab yurdi, ko‘zlarida hayrat, og‘riq va ohangrabolik:

— Jungkook... bu yerga nima sababdan kelding?

Jungkook jiddiy ohangda javob berdi:

— Sen bu dunyoning tartibini buzding. Marin degan qiz hozirda tirik bo‘lmasligi kerak. Men uni o‘ldirish uchun keldim. Bu otamning buyrug‘i.

Taehyung bir muddat ko‘zlarini yumdi, so‘ngra sekin qilichini qinidan chiqardi. U jang qilishni istamasdi, lekin Marin uchun jonini berishga tayyor edi.

Shu zaylda ular o‘rmon bag‘rida, to‘rt tomonini shamol urayotgan sahro ichida to‘qnash kelishdi.

Qilichlar jang maydonida to‘qnashdi. Har bir zarba yurakdagi og‘riq, kechmishdagi do‘stlik, xiyonat va sevgi bilan to‘la edi.

Jungkookning har bir zarbasida g‘azab bor edi, ammo ko‘zlarida doimiy ikkilanish yiltirardi. Taehyung esa har zarbani mudofaa qilib, do‘sti bo‘lgan yigitga zarar yetkazmaslikka harakat qilardi.

Qonli jangdan so‘ng Taehyung yerda og‘ir jarohat bilan yotardi. Uning nafas olishi og‘ir, lablari rangsiz, ko‘zlari esa o‘zini tutishga urinar, lekin og‘riq unga bo‘ysunmasdi. Ayni shu damda uzoqdan Taehyungni qulog'iga bir ovoz eshitildi. Bu ovoz esa Marinni ovozi edi. U uy ichida yuragini changallab tashqariga yugurdi.

— Tae! — deb baqirdi u, ko‘zlaridan yosh oqar edi.

U Taehyungning oldiga tiz cho‘kdi, uning yaralarini ko‘rib, qo‘llari bilan jarohat olgan joyni qon ketishini to‘xtatishga harakat qildi, lekin bu befoyda edi. U hayotining eng qadrli insonini yo‘qotayotganini his qildi.

Ammo... ayni shu paytda...

Orqadan o‘ta sovuq, xavfli jimjitlik tushdi. Jungkook, qilichini yengil ko‘targan holda Taehyung va Marinning orqa tomondan yaqinlashdi. U ikki qarama-qarshi tuyg‘u o‘rtasida chayqalayotgan edi: otasining amri va yuragidagi qandaydir tuyg‘u.

Lekin oxirida u qilichini ko‘tarib, hech narsa demasdan, Maringa sanchdi.

Qilich to‘g‘ri Marinning orqasiga sanchildi.

— Ah... — Marin og‘riqdan bir oz titradi, keyin asta-sekin Taehyungning yuziga tikildi.

Ko‘zlari yoshli, yuragi o‘rtanayotgan, tanasi zaiflashib borayotgan bo‘lsa-da, yuragidagi sevgi endi yolg‘on emasdi.

U asta jilmaydi.

— Tae... men sizni sevaman... — dedi u ohista. — Men... nihoyat... hammasini esladim...

Va shunda, ko‘zlaridagi porloq nurlar sekin so‘ndi. Marin Taehyungning bag‘rida ko‘zlarini yumdi.

Taehyung buni ko‘rib qattiq baqirdi, yuragidagi og‘riq unga kuch bo‘lib o‘tdi. U yonida yotgan qilichni qo‘liga olib, qonga botgan holda o‘rnidan turdi. Ko‘zlarida nafaqat g‘am bilan:

— Jungkook! — deb baqirdi u. — Seni o‘ldiraman!

U qilichini ko‘tardi, Jungkook tomonga qarab yugurdi.

Lekin Jungkook bu safar ancha chaqqon edi. U bir lahzalik harakat bilan Taehyungning zarbasiga chap berdi va qarama-qarshi yo‘nalishda o‘zining qilichini uning yurak tomonga sanchdi.

Taehyung bir zum to‘xtab qoldi. So‘ng sekin pastga qaradi.

Uning yuragiga qadalgan qilich yaltirab turardi.

Taehyung asta orqaga chekindi. Ko‘zlari qorong‘ilashdi. Ammo oxirgi kuchi bilan Maringa tikildi va pichirladi:

— Men seni sevganman...Marin hattoki o‘limdan keyin ham... sendan voz kechmayman...deya u Marin tomonga sekin bordi. Va uni qonli qo'llari bilan yuzini siladi. So'ng u Jungkookka ‘‘u meniki degan,, kabi qarab Marinni peshonasidan o‘pdi. Va uni ehtiyotlik bilan yerga qo‘yib o‘zi ham Marinni quchoqlagan holda yotdi. Va ko‘zlarini yumdi. Marin va Taehyung — bir-biriga eng yaqin paytda, bir-biriga aytilgan kechikkan so‘zlar ichida, yonma-yon holda bu dunyodan abadiyga ketishdi.

Ush bu qonli jang tugaganidan so‘ng shahzoda Jungkook jim-jit maydonda tik turardi. Atrofda faqat shamol shitirlardi. Uning nigohi oldida yerda yotgan ikkita jonsiz tana — Taehyung va Marin. Ular bir-birining bag‘rida sokin yotardi, go‘yoki bu dunyo azobidan ozod bo‘lib, abadiyatda tinchlik topgandek.

Jungkook asta qadam tashlab ularning yoniga bordi. Marinning oppoq yuziga tushgan qon tomchilari, Taehyungning qonli ko‘ksi... bu manzara unga og‘ir zarba bo‘lib urildi.

Birdan yuragida bir narsa titradi. Uning yuragi yengil urib, ko‘z oldida Marin bilan birga o‘tgan tasvirlar birin-ketin jonlana boshaldi. Ha Jungkookning otasi uni xotirasidan o'chirib yuborgan barcha narsalarni esladi.

Jungkook Marinning jilmaygan chehrasi... u bilan o‘rmon bo‘ylab birga qo‘l ushlab yurishganlarini... Marinning ovozi, kulgusi, unga qo‘l uzatgan damlari...

— Marin... — deb pichirladi u, tiz cho‘kib.

Keyin yana bir xotira — ularning bir-biriga yondosh lablari, Marin bilan o‘tgan ilk quvonchli onlari.

— Men seni... telbalarcha sevgan edim... — dedi u, ko‘z yoshlari yuzini yuvarkan.

U qo‘lida turgan, qonga bo‘yalgan qilichga qaradi. Bu qilich bilan u sevganini o‘ldirgan edi. Bu dunyoda hech narsa unga qolmadi — na sevgi, na maqsad, na kechirim.

Jungkook sekin turdi. Qilichni ikki qo‘li bilan ushlab, yuragiga qarata burdi. Ko‘zlaridan oqayotgan yoshlar to‘xtamasdi.

— Kechir meni, Marin... Taehyung... men endi... davom eta olmayman...

Va hech ikkilanmay, chuqur nafas oldi-da, qilichni yuragiga sanchdi.

U tanasini bosib kelgan og‘riqqa e'tibor bermay, yerga yiqildi. Uning joni sekinlik bilan tanasini tark etar, lablarida esa ohangsiz, ohista so‘z yangrardi:

— Marin men sen... bilan... bo‘laman... abadiy...

Endi u ham sokin yotardi. Ularning uchalasi — Marin, Taehyung va Jungkook — bir fojianing guvohlari va qurbonlari edi. Uchchalasining ustidan osmon jim qarab turardi, go‘yo ularning taqdirini sukut bilan hurmat qilayotgandek.

Taehyung, Marin va Jungkookning fojiali o‘limidan so‘ng, iblislar saroyi uzoq vaqtgacha g‘am iskanjasida botdi. Taxt esa bo‘sh qoldi — ammo bu bo‘shliqni uzoq ushlab bo‘lmasdi. Shu uchun iblislar xalqiga yangi yetakchi kerak edi. Va u yetakchi — Yonggi bo‘ldi.

Yonggi Taehyungning eng yaqin sodiqlaridan biri edi. U tinchlik va adolat tarafdori edi, ammo do‘stining o‘limidan so‘ng yuragi toshdek sovib ketdi. U iblislar taxtiga o‘tirgach, ilk ishi qasos olish bo‘ldi. Qirol Jeon — o‘lmaslar hukmdori, bu fojiada bevosita aybdor edi.

Yonggi askarlarini o‘lmaslar saroyi sari safarbar qildi. U zo‘ravonlik emas, adolat uchun kurashdi. Qonli, ammo qisqa bo‘lgan jangda Yonggi o‘lmaslar saroyini egalladi. Qirol Jeon esa o‘z gunohi va mag‘lubiyati qarshisida tik tura olmadi. U qatl qilinmadi — balki taxtdan mahrum etilib, chekka saroyda umrining qolgan qismini yakka-yolg‘iz, pushaymonlikda o‘tkazdi.

Bu jangdan so‘ng Yonggi yangi tarix yozdi.

U iblislar, o‘lmaslar va insonlar qirolliklarini birlashtirdi. Uch olam orasida hech qachon bo‘lmagan tinchlikni o‘rnatdi. U fuqarolar o‘rtasidagi nafrat devorlarini buzdi, sevgi va bag‘rikenglik urug‘ini sepdi.

Taehyung va Marinning nomi esa yodda qoldi. Har yili ular xotirasiga bag‘ishlangan tinchlik kuni nishonlandi. Ularning sevgisi, fidoiyligi va o‘limi — yangi davrning poydevori bo‘ldi.

Yonggi esa tinchlik va adolat bilan hukmronlik qildi — jasorat, donolik va adolat bilan. U hech qachon do‘stlarini unutmadi.

Va uchta olam, nihoyat, bir yurakdek urishni o‘rgandi.

7 qism final tugadi.
Muallif: Sunli