May 21, 2025

하늘에 담지 못한 사랑. Haneure damji motan sarang. Samoga sig'magan sevgi. 6 qism Sunli 𝐁𝐀𝐍𝐆𝐓𝐀𝐍 𝐓𝐀𝐋𝐄𝐒

Bu orada esa, taxt zalida vazir Long Yun va Qirol Jeon yolg‘iz qolib, shahzoda Jungkook va Marinning to‘yini qanday to‘xtatish haqida jiddiy suhbat qurayotgan edilar. Shu payt, xonaga saroy og‘asi kirib, qirolga ta’zim qildi:

— Zoti oliylari, sodiq xizmatkoringiz Xan huzuringizga kirishga izn so‘ramoqda.

Qirol Jeon nimanidir payqagandek xizmatkorga nigoh tashlab dedi:

— Kirsin.

Xizmatkor boshini egib:

— Xo‘p bo‘ladi, zoti oliylari, — deya xonani tark etdi.

Oradan bir necha lahza o‘tib, xizmatkor chiqib ketganidan so‘ng, xonaga qora libos va niqob taqqan, qirolning eng ishonchli sarkardasi — Xan og‘ir qadamlar bilan kirib keldi. U ta’zim qilib dedi:

— Zoti oliylari, vazir Long Yun, ta’zimimni qabul qilinglar.

Qirol Jeon bosh irg‘ab:

— O‘rningizdan turing. Xo‘sh, meni huzurimga sizni nima shamol uchurdi?

Sarkarda Xan bosh egib:

— Zoti oliylari, siz shahzoda Jungkookning mehmonlarini kuzatishimni buyurgan edingiz.

Qirol Jeon bu so‘zlarni eshitgach, ko‘zlarida xavotir bilan sarkarda tomon burildi:

— Xo‘sh, ular haqida nima bilib oldingiz?

Sarkarda Xan tovushini yanada pastlatib, davom etdi:

— Zoti oliylari, sizning buyrug‘ingiz asosida janob Tae va Suga ismli yigitlarni yashirincha kuzatdik. Ammo bugun tunda...

Bu gapni boshlashi bilan, Qirol Jeon va vazir Long Yun uning og‘zidan chiqayotgan har bir so‘zni diqqat bilan tinglash uchun bor fikrlarini u tomonga yo‘nlay boshladilar.

Sarkarda gapida davom etdi:

— Bugun tunda ular orasida bir maxfiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Ushbu suhbatda janob Tae shahzoda Jungkook sevgan qizi Marin xonimga nisbatan o‘zi ham tuyg‘ulari borligini tan oldi. Eng ajablanarlisi esa, suhbat yakunida Tae Sugaga bu yerni tark etib, iblislar qirolligiga qaytishini buyurdi.

Qirol Jeon hayratdan o‘rnidan irg‘ib turdi:

— Nima?! Sen aytmoqchimanki... Tae aslida iblislardan biri, shundaymi?

Sarkarda Xan:
— Ha, zoti oliylari. Ular iblis ekan Zoti oliylari bu ustiga Janob Tae aslida iblislar qiroli — Kim Taehyung ekani ham gaplarini oxirida ma’lum qildi.

Qirol Jeon va vazir Long Yun bir-birlariga qarab, ko‘zlari katta ochilgancha hayratda qoldilar.

Qirol Jeon kulgancha:

— Nima?! Nahotki... Tae aslida iblislar qiroli Kim Taehyung ekanmi? Buni boshqalar ham biladimi?

Sarkarda Xan:
— Yo‘q, zoti oliylari. Suhbatlaridan anglashilishicha, bu sir faqat ular orasida qolgan.

Shunda vazir Long Yun, ovozini pasaytirib:

— Zoti oliylari, endi nima qilasiz? Askarlaringizga ularni yo‘q qilishga buyruq berasizmi?

Qirol Jeon bir oz sukut saqladi. Ko‘zlari chaqnab, lablarida sovuq tabassum paydo bo‘ldi:

— Yo‘q, Long Yun. Ularni hozir yo‘q qilsak, rejamiz barbod bo‘ladi. Menda bir rejam bor... Kel, yaxshisi shu rejamni amalga oshiramiz...

Qirol Jeon yuzida sovuq tabassum bilan dedi:

— Long Yun, endi navbat bizga keldi. Sen Marinni huzuringga chaqir. Va unga shunday bir yolg‘on aytki, u Jungkookdan yuz o‘girsin... unga ishonmasin.

Vazir Long Yun egilib:

— Xo‘p bo‘ladi, zoti oliylari.

Oradan ko‘p o‘tmay, saroy xizmatchisi Marinni vazir Long Yunning huzuriga boshlab keldi. Marin odatdagidan ko‘ra xavotirli ko‘rinardi. Vazir unga mehrli tabassum bilan qarab, muloyim ohangda dedi:

— Marin qizim, iltimos, o‘tiring. Bugun sizga juda muhim bir haqiqatni aytishim kerak.

Marin sergaklandi:

— Nima gap tinchlimi bosh vazir janoblari?

Vazir chuqur nafas olib, yuzini tushirib gap boshladi:

— Bilaman, bu aytadigan gapim siz uchun og‘ir bo‘ladi. Lekin endi haqiqatni sizga aytmasam bo'lmaydi. Marin qizim aslida sen oddiy inson emassiz buni ustiga sizni ulg'ayib o‘stirgan ota onagiz aslida sizni haqiqiy otangiz va onangiz emas... Marin aslida siz mening — qizimsiz.

Marinning uning bu gapridan yuragi gupillab ura boshladi:

— Nima?! Qanaqasiga?

Vazir Long Yun Marinni hayron bo‘lib qolganini ko‘rib u menga ishonyapti deb o‘ylab yolg‘onini davom ettirdi, u ko‘zlarida yosh bilan:

— Ha. Siz tug‘ilganingizdan oldin saroy bashoratchisi seni iblislar qiroli Kim Taehyungni o‘ldiradigan kuch bilan tug'ilishingni aytdi. Bu xabarni eshitgan o‘lmaslar qiroli Jeon siz tug'ilganingiz vaqti sizni o‘ldirishini buyurdi. Ammo men va onangiz sizni qutqarish uchun saroydan yashirincha olib chiqdik va sizni bir o‘rmon oldida yashovchi oilaga sizni tarbiya qilishni topshirdik.

Marin dahshatga tushdi:

— Men... Men iblislar qirolini.... o‘ldirish nima?..

Vazir bosh chayqadi:

— Ha. Marin afsuski... bu haqiqat sen iblislar qiroli Kim Taehyung bilan ruhan bog'langansan sen o‘lsang u ham o‘ladi. Shahzoda Jungkook siz sevgan insoningiz — bu sirni bilib qoldi. U sizga yaqinlashganining asl sababi — to‘y kuni seni yo‘q qilishni, ya’ni sizni o‘ldirishga qattiq bel bog'lagan aslida shahzoda Jungkook seni emas boshqa qizni sevadi.

Marin ko‘zlarini katta ochib, o‘rinidan tura boshladi:

— Yo‘q... bu yolg‘on! Jungkook meni sevadi!

Vazir afsus bilan bosh chayqab, so‘zini davom ettirdi:

— U endi boshqa qizni sevadi. Bu haqiqat. Va men seni ogohlantirish uchun bu gaplarni aytyapman. U seni sevmaydi, lekin men seni otang sifatida seni asrashni istayman...

Marinning bu gaplaridan so'ng yuragi ezildi. Ko‘zlaridan yosh oqayotgan bo‘lsa-da, u o‘zini to‘xtatib turdi. Og‘ir qadamlar bilan orqaga yurdi va xonani tark etdi.

Saroyning uzoq burchagida esa Qirol Jeon va Long Yun vaziyatni yashirincha uni kuzatib turarishar edilar. Qirol yengil kuldi:

— Endi Marin Jungkookdan voz kechdi desak ham bo‘ladi. Shubha, iztirob va yolg‘on — bizning eng qudratli qurolimiz. Endi esa keyingi rejamizga o‘tamiz...

Shu voqeadan so'ng oradan 4 kun o‘tdi. Marin shu to‘rt kun ichida yuragida shubha va iztirobga to‘lib yurar edi. Bir kuni Qirol Jeon rejasini keyingi bosqichini bajarish uchun saroy xizmatchisiga:

— Shahzoda Jungkookni tezda huzurimga chaqiring.
degan buyruqni berdi. Shunday qilib xizmatkor shahzoda Jungkookni chaqirib kelishga ketdi.

Oradan bir necha daqiqa o‘tib, eshik ochildi va shahzoda Jungkook xonaga kirib, Qirol Jeonga ta’zim qildi.

— Zoti oliylari, siz meni chaqirdingizmi?

Qirol Jeon Jungkookga qarab:

— Ha, Jungkook. Men bugun sen bilan juda jiddiy bir mavzuda gaplashmoqchiman. Bu senga og‘ir botadi, ammo bilishing shart.

Jungkook sergaklanib:

— Nima bo‘ldi ota?

Qirol bir oz sukutdan so‘ng davom etdi:

— Marin... u senga xiyonat qilmoqda.

Jungkookning yuragi orqaga tortilganday bo‘ldi:

— Nima?..Ota bu qanday bemani gap.

Qirol sal oldinga egilib, gapini davom ettirdi:

— U Tae bilan yashirincha uchrashib yuribdi.

Jungkook boshini chayqadi:

— Yo‘q... Tae mening do‘stim. Marin esa... u menga hech qachon xiyonat qilmaydi. U meni sevadi ota.

Qirol Jeon kulimsirab dedi:

— Shundaymi? Unda eshit. Xizmatkor!

Qirol shu so‘zlarni aytishi bilan ichkariga bir xizmatkor tezda kirib keldi, bosh egdi.

Qirol unga yuzlanib:

— Ayt-chi, kecha eshitgan gaplaring haqida menga yana bir bor aytib ber. Rostmi, sen o‘sha tunda Marin va Taening uchrashuviga guvoh bo‘lgan eding? Ular nima haqida gaplashgan edilar?

Xizmatkor biroz ikkilanganday bo‘ldi, lekin qirolning sovuq nigohi ostida cho‘g‘day bo‘lib:

— Ha, zoti oliylari. Men ularning suhbatiga guvoh bo‘ldim. Ular... ular bir-birlarini sevishlarini aytishdi. Va... Marin xonim yana bir narsani aytdi... to‘y kuni u Shahzoda Jungkookni zaharlashib o‘ldirmoqchi ekan.

Qirol qo‘lini ko‘tarib to‘xtatdi:

— Va taxtni-chi? Ular haqida yana nima dedilar?

Xizmatkor bosh egdi:

— Ular aytdi — shahzoda Jungkook o‘lgach, taxtni iblislar qiroli Kim Taehyungga, topshirar ekan..buni ustiga ular iblislar qirolini ayg'oqchisi ekan.

Jungkook o‘zini yo‘qotgudek bo‘lib turardi. Nafasi qisilib, orqaga bir qadam tashladi:

— Yo‘q... bu... bu yolg‘on... Marin bunday ish qilmaydi... Tae ham...

Qirol sal jilmaydi:

—O‘g‘lim unda ishonmasang, ularni o‘zing kuzat..

Jungkook jim qoldi. Ko‘zlarida og‘riq, shubha va g‘azab aralash tuyg‘ular ko‘rinar edi.

Qirol Jeonning aytgan gaplari Jungkookning yuragini qaqshatgan edi. U saroyni tark etar ekan, xayolida xizmatkorning so‘zlari tinmay yangrardi:

"Marin to‘y kuni sizni zaharlab o‘ldirishni rejalashtiryapti..."

Yo‘q, bu bo'lishi mumkin emas edi. Marin bunday ishga qodir emas. Taehyung esa... uning eng yaqin do‘sti. Ammo yuragining tubida yengilgina bir shubha ko‘tarilgan edi.

U kechani saroy devorlari ortida, soyada o‘tkazishga qaror qildi.

Shu tariqa Jungkook kiyimini o‘zgartirib, oddiy soqchilarga o‘xshab, yuzini ko‘m-ko‘k ro‘mol bilan berkitib, orqa bog‘lar tarafda yashirindi. Marinning xonasi oldida xizmatkorlar bemalol kirib chiqardi. U esa faqatgina uzoqdan kuzatdi.

Tun yarmiga yetganda Marin xonasidan sekin eshik ochilib, oq libos kiygan Marin chiqdi. Atrofga nazar tashlab, ortga burilib kimnidir ishorat qildi. Bir necha soniyalardan so‘ng boshqa yo‘lakdan Tae paydo bo‘ldi.

Ular bir-birlariga hech narsa demay tikilishdi, so‘ngra jimlikda bog‘ orqasidagi soy sari yurishdi.

Jungkookni yuragi gupillab, orqalaridan soya misol yura boshladi. Ular uzoq suhbatlashmasdi, ammo ko‘zlaridagi mehr, harakatlaridagi yaqinlik... bu oddiy do‘stlik emasdi.

Soy oldida yetganlarida Marin yengidan kichik xaltachani olib uni Taega uzatib:

— Tae… mana bu xaltachani ol, — dedi u sekingina. — Uni o‘z qo‘lim bilan tikdim. Bu yerda qolishingni istayman… iltimos, ketma. Menga sensiz bu saroy, bu hayot hech narsaga arzimaydi.

Taehyung unga uzoq qarab turdi. Nigohida sevgi va g‘am aralashgan edi. So‘ng u ohangrabodek sokin ovozda javob berdi:

— Marin… men bu yerda qololmayman. Men o‘z uyimga qaytishim kerak. Bu yerda qolishim xavfli, sen uchun ham, men uchun ham.

U asta xaltachani Marinni qo‘llaridan oldi, lekin uni darhol ochmadi. Marin esa bir qadam oldinga yurib, Taeni quchog‘iga oldi. Ko‘zlarini yumdi. Go‘yoki vaqt to‘xtaganday edi.

Ammo bu orada ularni kuzatib turgan bir inson bor edi. U yaproqlar orasidan uzoqdan ularni kuzatayotgan odam bu Jungkook edi. U bu manzarani ko‘rdi-yu, yuragi tilka-pora bo‘ldi. U hech narsani eshitmagan edi, faqatgina Marin va Taehyung bir-birlarini quchoqlaganini ko‘rdi. Ko‘z oldiga otasi — Qirol Jeonning gaplari keldi:

"Marin seni zaharlamoqchi. U aslida Taeni sevadi."

Jungkook asta orqaga chekindi. Yuragi og‘ridi. Ko‘zlarida iztirob va xiyonatning qahrli chaqnashlari bor edi.

U bilmas edi — bu bor-yo‘g‘i bir tuhmat edi. Bir yolg‘on. Va u endi bu yolg‘onning asiriga aylangandi.

Tong nurlari saroy hovlisiga iliq yorug‘lik bilan yog‘ilib turgan, havo esa hali ham saharlik salqinlik bilan to‘la edi. Marin asta yurib, saroy bog‘idan o‘tib, Jungkookning huzuriga yo‘l olardi. Kechagi voqealar yuragini ezgan, lekin baribir u ich-ichidan Jungkookka ishongisi kelardi. Uni ko‘rishi, ko‘zlariga boqishi kerak edi. Ammo hali uzoqroqda bo‘lishiga qaramay, Marin yurishdan to‘xtab qoldi. U yog‘och suyanadigan ustunlar orasidan ko‘rdi — Jungkook u yerda bir notanish qiz bilan suhbatlashib turardi. Qiz unga nimadir demoqda edi, yuzida tabassum, ko‘zlarida esa iliqlik. Jungkook esa unga qarab jilmaygancha bosh irg‘adi. Ularning orasi yaqin edi — haddan ortiq yaqin.

Marin yuragiga g‘oyibdan muzdek shamol urilgandek bo‘ldi. Uning ko‘z oldidan birdan kechagi voqealar, ayniqsa, Vazir Long Yunning so‘zlari lip etib o‘tdi:

"U seni sevmaydi. To‘ydan keyin seni o‘ldiradi. Aslida esa boshqa bir qizni sevadi."

Marin o‘zini kuch bilan tutib, orqaga bir qadam tashladi. Ichini g‘ashlik, og‘riq va chalkashliklar egallay boshladi. Hamma narsa birdan ma'nosiz tus oldi — Taening ketishi, Jungkookning sovuqligi, vazirning ogohlantirishlari...
Endi u o‘zi ham nimaga ishonishini bilmas edi.

Marin ularga uzoq qarab turdi. Yuragidagi og‘riq kuchaygan sari ko‘zlariga yosh qalqdi. U endi hech narsani eshitmas, atrofidagi qushlarning sayrashi ham, tong nafasi bilan to‘lgan shamol ham unga befarq edi.

Jungkookning begona qiz bilan mehr bilan gaplashgani, tabassumi, yaqinliklari — bularning bari Marin uchun og‘ir zarba bo‘ldi. U asta, og‘ir qadamlar bilan orqasiga qaytdi. Nafasi bo‘g‘ilib kelar, yuragi esa g‘am bilan qamalgan edi. U boshqa bu saroyda nafas ololmasligini, bu devorlar orasida o‘zini yolg‘iz va begona his qilishini tushundi.

Shunday qilib, Marin hech kimga hech narsa demay, so‘zsiz saroyni tark etdi. U o‘zining tinch joyi bo‘lmish, o‘rmon bag‘ridagi kichik uyga yo‘l oldi. U yerda yillar davomida tinchlik topgan, faqat tabiat bilan yolg‘iz qolgan edi. Endi yana o‘sha joy unga boshpana bo‘lishi kerak edi.

Bu orada esa, O‘lmaslar saroyida bir xonada Yonggi Taehyungning yoniga kelib, bezovta ohangda dedi:

— Zoti oliylari, kechirasiz. Sizga bu xabarni yetkazmasam bo‘lmasdi… Marin xonim saroyni tark etibdi.

Taehyung bir zum jim qoldi. Bu so‘zlar yuragini teshib o‘tdi. Qora sochlari ostida ko‘zlari chuqur o‘yga to‘ldi. U buni kutmagandi. Kecha u bilan vidolashgan bo‘lsa ham, Marinning bunchalik og‘riganini sezmagan edi.
U asta o‘rnidan turib:

— Qaysi tomonga ketdi? — deb so‘radi sovuqlik bilan.

Yonggi:

—Zoti oliylari ayg'oqchilarimizni aytishicha Marin xonim o‘rmon ichidagi o'z uyi tomonga ketganliklarini aytishgan edi.

Taehyung ortiq ikkilanmadi. U hech narsani tushuntirmay, darhol o‘rmon tomonga yo‘lga otlandi. Yuragida esa faqat bitta narsa bo‘lardi — Marin unga hech nima bo‘lmagan bo‘lsin.

Bu paytda Qirol Jeonga ayg'oqchilari Marinni saroyni tark etkanini yetgazishgan edi. U taxt zalida yolg‘iz o‘zicha sevinch bilan kulib turardi:

— Nihoyat… Marin ketdi. Endi u Jungkookdan voz kechdi. Bu rejani mukammal ammalga oshirdim…

Ammo u bilmasdi — eshik ortida shahzoda Jungkook jim turardi. U otasining bu so‘zlarini eshitib qolgandi. Yuragi tezlik bilan urdi. Ko‘zlari katta ochildi. Nafasi qisildi.

— Demak… bu hammasi yolg‘on bo‘lgan ekan… — deb pichirladi u o‘ziga. — Marin menga xiyonat qilmagan… Otam bularni barchasini o‘ylab topgan…

Bir zumda uni yuragini pushaymon bosdi. U darhol saroydagi Marinning xonasiga yugurdi. Yuragi shunchalik bezovta urardiki, na zinapoyalarning sharpasi, na yonidan o‘tgan xizmatkorlar uni to‘xtatolardi.

U xonaga yetib keldi. Eshikni ochib ichkariga kirdi — lekin xonada hech kim yo‘q edi.

— Marin?! — deb chaqirdi u. Ammo hech kim javob bermadi.

Stol ustida kichkina bir xat yotardi. Jungkook uni qo‘lga olib darhol ochdi. Xat Marinning yozuvi edi:

"Jungkook, kechir. Men sizni ko‘zingizga tik qaray olmasdan ketishga majbur bo‘ldim. So‘nggi kunlarda qalbim notinch, hamma menga ishonmayotgandek tuyuldi. Men seni chin yurakdan sevgan edim, lekin afsuski bu sevgi ishonchsiz bo‘ldi. Yurakgim esa bunga chidab turolmaydi. Ehtimol, bu maktub seni ortimdan kelishga undamas. Lekin bilgin, men hech qachon senga xiyonat qilmaganman."
"Xayr, Jungkook. Agar taqdir bizni qayta uchratsa… yuragim bu safar seni tanlamaydi."
— Marin

Jungkook xatni titrayotgan qo‘llarida ushlab, bir necha lahza jim qoldi. Ko‘zlarida yosh oraladi. So‘ng u o‘ziga kelib, xuddi qalbining yarmini yo‘qotgandek yugurdi.

— Yo‘q… men uni qaytarishim kerak!. — Men uni topaman… uni saroyga qaytarguncha to‘xtamayman!

Shunday qilib, shahzoda Jungkook hech narsani o‘ylamay, Marinni izlash uchun uni orqasidan ketdi.

Bu vaqtda o‘rmon oralab, salqin soydan o‘tib, g‘amgin yurak bilan ketayotgan Marin bir daraxt tagiga o‘tirdi. Barglar orasidan quyosh nurlari yaltirab tushardi, ammo bu iliqlik unga hech qanday taskin bermasdi. Ko‘zlari xira, yuragi to‘la iztirob. U faqat yolg‘iz qolishni istardi.

— Nega menni hech kim sevmaydi… — deb pichirladi u, ko‘zlaridan yosh oqarkan.

Shu payt orqadan tanish ovoz yangradi:

— Marin!

U cho‘chib o‘rnidan turdi. Qarshisida Taehyung va uni oldida turgan Yonggini ko‘rdi. Taehyung tezda Marinni oldiga borib:

— Nihoyat seni topdik... nega hech narsa demay saroydan ketding? Bu yerda yolg‘iz nima qilayapsan?

Marin ko‘zlariga yosh to‘lib, xuddi dunyodagi eng tanish, eng ishonchli kishilarni ko‘rgandek Taehyungga qaradi:

— Men... charchadim, Tae. Hamma mendan yuz o‘girdi. Hamma menga xiyonat qilyapti...

Taehyung asta yoniga kelib, uning qo‘llarini tutdi:

— Marin unday dema. Senga hech kim hech qachon xiyonat qilmaydi.

Yonggi ham boshini quyi solib dedi:

— Marin xonim ahvolingiz yaxshimi.

Shu payt uzoqdan shiddatli qadam tovushlari eshitildi. Ular ortga qaraganlarida — nafasini rostlay olmay, butun vujudi bilan xavotirga to‘lib kelayotgan Jungkookni ko‘rishdi.

U ko‘zlariga ishonmadi. Uning oldida Marin — va uni qo‘lidan ushlab turgan Taehyung turardi.

Jungkook bir necha qadam yaqinlashdi, ko‘zlarida iztirob, pushaymon, va bir oz g‘azab porlayotgandi:

— Marin..

Marin Jungkookni ko‘rishi bilan nima deyishni bilmas, qotib qoldi. Bir tarafda Taehyung — uni har doim himoya qilgan va yuragida ehtiyotkorlik bilan joy egallagan iblislar qiroli, boshqa tomonda esa — Jungkook, uning nomidagi sevgisi va eng og‘ir so‘zlar bilan uni tark etgan shahzoda.

Jungkook yuragini qo‘llari bilan bosib, bir qadam oldinga chiqdi:

— Nega nima uchun. Nega Marinni qo‘llaridan ushlab turinsan iflos qo‘lingni undan tort u faqatgina meniki. Men uni sevaman?

Taehyung unga sovuqlik bilan javob berdi:

— Jungkook o‘zingni bos men shunchaki Marinni bu yerdan olib ketish uchun keldim. Xuddi sen kabi men ham uni sevaman!

Taehyungni oxirgi so‘zlari
Jungkookni g‘azab otiga minishiga sabab bo'ldi. U endi toqat qilolmadi. Qo‘lini beliga uzatdi va qilichini chiqardi:

— Seni o‘ldiraman Tae Marin faqatgina meniki bo‘ladi!

Taehyung ham shoshib qilichini chiqarib oldi. Marin esa qichqirdi:

— To‘xtang! Ikkalangiz ham bas qilinglar!

Ammo ular Marinni bu gaplarini eshitmadi. Ikki buyuk kuch — O‘lmas va iblis, yurak va g‘azab to‘qnashdi.

Yonggi Marinni chetga tortdi:

— Ularning hozir yuragida na tushunish, na kechirim bor. Bu jang ularning iztirobi.

Qilichlar chaqnab, ikki yurak to‘qnashgan vaqtda orada faqat bir ovoz titrab yangradi Marin:

— To‘xtanglar!!! deya qichqirdi, ovozida alam va nolalar uyg‘unlashib ketgan edi. Nafas olishi og‘ir, ko‘zlari yoshga to‘la edi. U Yonggining yoniga borib, belidagi qilichni tortib oldi. Ikkala yigit ham harakatdan to‘xtadi.

— Agar bu urushning sababi men bo‘lsam… — dedi Marin, ko‘zlarida tubsiz g‘am bilan, — demak, Vazir Long Yun aytgan gaplar rost. Men bu yurak tufayli. men sabab bo‘libman sizlarning bu ahvolingizga. Unda men yo‘qolsam barchasi tugaydi.

U so‘zlarini aytar-ayotmas bo‘yniga qilichni tiradi.

— MARIN! — bir ovozda baqirishdi Jungkook va Taehyung.

Jungkook bir necha qadam oldinga chiqib dedi:

— Marin… qilichni tashla, iltimos. Vazir senga nima deganini bilmayman, ammo sen… sen ularning so‘zlariga ishonma. Ular seni aldagan. Men yuragim bilan buni his qilyapman. Iltimos, qilman Marin qilichni tashla… men seni sevaman, Marin… yuragim sendan boshqa hech kimni tan olmaydi…

Taehyung ham qadam tashladi, ko‘zlari yongan, ovozida titroq bor edi:

— Marin, sen men uchun eng qadrli insonsan, iltimos qilichni tashla. Agar biror qalbingga ozor bergan bo‘lsam, kechir. Lekin joninga qasd qilma!

Ammo bu so‘zlar Marin uchun kech edi.

U yigitlarning ko‘zlariga birin-ketin qaradi. So‘ngra jilmaydi. Ammo bu kulgu — so‘nggi huzur izidan kelgan, iztirobli jilmayish edi. Uning lablari sekin qimirladı:

— Kechikdinglar…

Shu zahoti u qo‘lidagi qilichni bo‘yniga tortib yubordi.

Qon havoga o‘rladi. Jungkookning ko‘zlari keng ochilib qoldi, Taehyung yuragini siqib, qadam tashlashga ulgurmadi. Marin yerga cho‘kdi, sochlari qonga bo‘yaldi. Osmon go‘yo sukutga cho‘mdi.

— MARIIIIIIN! — deb qichqirdi Taehyung, tiz cho‘kib unga yugurdi.

Ammo u kechikgan edi…

Marin tanasi yerga qulagan zahoti hammasi jim bo‘lib qoldi. Go‘yoki tabiat ham uning o‘limidan larzaga tushgandek, qushlar ovozi o‘chdi, shamol sokin tortdi.

Taehyung bir qadamda yonida paydo bo‘ldi. U yerda yotgan Marin jasadini quchib, tiz cho‘kdi. Qon bilan belangan qora sochlari, sekin yopilayotgan ko‘zlari… bu manzara yurakni tilka-pora qilardi. Taehyung uning jasadini bag‘riga bosdi, yuzini sochlari orasiga yashirdi. Uning yelkalari qaltirardi.

— Marin… Marin, meni tark etma… men hali senga hech narsani aytolmadim… — uning ovozi bo‘g‘ilib chiqdi. — Iltimos, uyg‘on… men seni hayotga qaytarishim uchun hayotimni ham berishga tayyorman…

Jungkook esa hali ham qotib qolgandek, bir qadam ortda turardi. Bu haqiqat hali ongiga yetib bormagan, ko‘zlarida shok aks etardi.

Ammo keyingi daqiqada Taehyung boshini ko‘tardi. Uning ko‘zlari o‘zgarib ketgan edi — yongan, qora olovlarga to‘la, dard va g‘azab qorishgan edi. U asta Marin jasadini ehtiyotkorlik bilan qo‘lida tutgancha o‘rnidan turdi.

— Jeon Jungkook… bu uchun… sen va otang javob berasizlar. Marin — mening yuragim, mening hayotim edi. U senlarning yolg‘onlaring qurboni bo‘ldi!

Jungkook cho‘chib orqaga qadam tashladi, ammo hech nima deyolmadi. U Marinni yo‘qotganini endi anglab yetayotgandi.

Taehyungning atrofiga qora tutun to‘planib bordi. U iblislik kuchi bilan to‘la edi. Yer larzaga keldi, osmonda chaqmoqlar chaqnadi. U o‘zining asl kuchini uyg‘otgan edi.

— Men, iblislar qiroli Kim Taehyung, qasam ichaman: o‘lmaslar dunyosini va insonlar dunyosini — Marin uchun jazolayman. Endi bu yerda tinchlik bo‘lmaydi. Har kuni senlar o‘lim bilan yuzlashasanlar. Senlar bu azobni his qilmaguningcha men to‘xtamayman!

U qahru g‘azab ichida qichqirdi. Uning orqasida qora qanotlar yoyildi, u Marin jasadini ehtiyotkorlik bilan quchgancha, qorong‘ulik bilan birga o‘rmon ichiga yo‘l oldi.

Uning ortidan quyuq tuman tusha boshladi.

To‘rt tarafda sukunat. Faqat yerda turgan qilich, to‘kilgan qon va buzilgan yuraklar qoldi.

6 qism tugadi.
Muallif: Sunli