Muzda muzlagan gul 1 qism Sunli CRISTAL FANFICS
Qish shaharni o‘z sovuq bag‘riga tortgan edi. Osmondan mayin qor yog‘ar, ko‘chalar oppoq yopinchiqqa burkangan. Daraxtlar yalang‘och, muzlab qolgan shoxlari bilan osmonga uzatgan. Havodagi har bir nafas tuman bo‘lib sochilar, odamlar shoshilinch qadamlar bilan uyiga intilar edi. Yorug‘lik chiroqlari qorli tun bag‘rida xira miltillar, lekin bu go‘zallik ortida sovuq va sukunat yashirin edi.
Ko‘chada yolg‘iz bir qiz asta qadam tashlab borardi. Uning boshi egik, ko‘zlari yerga tikilgan. Egnida yupqa palto, oyoqlarida eski baland poshnali etik, sovuq esa qizning yuzini shafqatsiz o‘par edi. Bu qizning ismi Yn edi. U endigina 18 yoshga to‘lgan, ammo hayot uni allaqachon ulg‘aytirib qo‘ygan edi.
U bir kichik kafeda ishlardi — idish yuvadi, pol artadi, buyurtma olib keladi. Kechki smenada yana kech qolgan. Endi esa qorong‘i va sovuq ko‘chalardan uy deb ataydigan yerto‘lagacha o‘xshagan xonachasiga qaytayotgan edi.
Ynning yuragida sukunat hukm surardi. Ba’zan u yodiga hech nima kelmasdi — hatto orzular ham muzlab qolgandek tuyular edi. Ammo baribir har tun yolg‘izlikda yuragini ezib qo‘yadigan bir savol bor edi:
“Nega aynan men? Nega bu dunyoda meni biron kim yaqinim yo'q nega boshimga bunday savdolar bor nega men ham boshqa insonlarga o‘xshab ota onam ham yo'q nega nega?”
Lekin u bu savolga javob topmasligini juda ham yaxshi bilardi.
Qor yog‘ishda davom etardi. Har bir qor zarralar jimjit tun bag‘riga ohangdorlik bilan tushar, shaharni yana-da sokinroq, yana-da beg‘ubor ko‘rsatardi. Yn esa hayollarga cho‘mgancha yurishda davom etdi. Egnidagi yupqa palto sovuqni to‘smasdi, ammo u bunga e’tibor bermasdi — yuragidagi dard undan ham sovuqroq edi.
Yarim soatlardan so‘ng, u tor va qorong‘i ko‘chaga kirdi. Ushbu ko‘cha oxiridagi eski binoning yerto‘lasida — darz ketgan devorlari, nam hidi va sovuq pol bilan mashhur bo‘lgan joyda — u yashardi. Derazasi yo‘q, eshigi zorg‘a yopiladigan, biroq baribir boshpana sanaladigan bu xonada, Yn yolg‘iz yashar edi.
Shunda eshik ochib Yn ichkariga kirdi. U paltosini eshikka ilib, oyoqlarini yechdi. Ichkarida na quvonch bor edi, na iliqlik. Faqat sukunat. U sekin ko‘zlarini yumdi, chuqur nafas oldi va taxtadan yasalgan tor karavotga yotib, hozirgina ko‘chada bo‘lgan hayollarini yana miyasi bilan aylantirar ekan, bilmay uxlab qoldi.
Tong otdi. Shu damda xonada budilnikning jarangdor ovozi xona jimjitligini kesib o‘tdi.
“Ding-ding-ding!”
Yn cho‘chib uyg‘ondi. Ko‘zlari bir lahzaga xira edi. So‘ng to‘shakda yarim tizzalab o‘tirgancha, stol ustidagi eski soatga tikildi. Soat — 07:43 edi.
— “Voy, ishga kech qolyapman!” — deb shivirladi u o‘ziga. Ko‘zlari kattalashgan, yuragi tez ura boshladi.
U bir sapchib o‘rnidan turdi, sochlarini tartibsiz qilib yig‘di, eski ko‘ylagini ustidan kiyib, hozirgina osib qo‘ygan paltosini shosha-pisha ildirdi. Eski sumkasini olib, eshikni ochdi-da, yana ishiga qarab yugurdi uyidan chiqib ketdi.
Yn shoshilinch nozik mayda qadamlar bilan qorli yo‘ldan yugurdi. Havo yana ham sovuqlashgan, yuzi muzlatib ketayotgandek tuyulardi. U har bir qadami bilan ish joyiga yaqinlashar, yuragi esa tez tez urar edi. Yn kechikkani uchun jazo olishni yaxshi bilardi. Ayniqsa, bu kunlarda ish topish oson emasdi.
Shunday qilib Yn kichkina, ammo gavjum kafega yetib kelganida, ichkarida allaqachon mijozlar to‘lib-toshgan edi. Eshikni ochishi bilan issiq havo yuziga urildi, biroq bu iliqlikni anglashga vaqti yo‘q edi.
— “Kechikding!” — dedi kassa ortida turgan jahl aralash ovoz. Bu kafe xo‘jayini — Rosa edi.
Yn bosh egib, “Kechirasiz,” deb sekin javob berdi va darrov ish kiyimini kiyib, orqa xonaga o‘tib ketdi. Idish-tovoqlar tog‘dek uyilgan edi. Qiz bularni ko‘rib, chuqur nafas oldi. Hayotning shafqatsizligini yana bir bor his etdi.
Shu paytda kafega qora rangdagi qimmatbaho palto kiygan, ko‘zoynak taqqan, jiddiy qiyofali bir yigit kirib keldi. Uning harakati, nigohi, qadam tashlashi — barchasi kuch va xavfni o‘zida mujassam etgandek edi. Kafedagi hamma bir zum unga tikilib qoldi. Bu — Kim Taehyung, shahar mafiyasining eng yirik va sirli yetakchisi edi.
Kafega kirgan Taehyung qadamini sekin tashlab, deraza yonidagi burchak stolda joy oldi. Qimmatbaho palto yelkasida, nigohi esa jiddiy — hamma unga qarab turar, lekin u hech kimga e’tibor bermasdi. Atrofdagi shovqin, mijozlar ovozi unga yetib bormayotgandek edi. Xuddi bu joyda emas, boshqa dunyoda o‘tirgandek.
— “Yn! Tezda, o‘sha yangi kelgan mijozni oldiga borib undan, nima buyurtma qilishini, so‘ra!” — dedi Rosa, g‘azabini bosib tura olmay.
Yn darrov boshini egdi, “Xo‘p,” deb javob berdi. Shoshilinch qadamlar bilan apronini tuzatib, daftar va ruchkasini oldi-da, Taehyung turgan stolga yaqinlashdi.
Bu vaqtda Taehyung boshini pastga solib, telefoniga qarab o‘tirar edi. To u… o‘sha nozik, biroz titroq ovozni eshitmaguncha.
— “Assalomu alaykum…janob nimani buyurtma qilmoqchisiz?”
Taehyung asta boshini ko‘tardi. Va uning ko‘zlari… Yn ko‘zlariga tegdi. U to‘xtab qoldi. Na ovoz chiqardi, na harakat qildi.
Taehyungdan hech qanday javob chiqmagach Yn yana daftarini ochib, ruchkasini tayyorlab, past ovozda so‘radi:
— “Nima buyurtma qilmoqchisiz janob?”
Taehyung unga jim qarab turgancha, so‘ng asta sekin gapirdi:
— “Qora kofe. Qaynoq. Va… pishloqli sendvich. Va yana shokoladli pirog ham.”
Yn boshini egib, daftariga yozib oldi.
— “Xo‘p, hoziroq olib kelaman,” — dedi u muloyim ohangda.
U ortga burilib ketayotganida, Taehyung nigohini undan olib qodira olmadi. Qizning har bir harakati, ohangidagi mayinlik, sovuqda oqarib ketgan yonoqlari — barchasi yuragida allaqanday iliq tuyg‘ularni uyg‘otdi. Qandaydir… unutgan, yoki balki hech qachon his qilmagan hislar.
"Bu qiz oddiy emas…" deb o‘yladi u.
“Bu qizda nimadir bor. Beg‘uborlik. Tozalik. Va yuragimni zirqiratgan… nimadir.”
Ustiga-ustak, qiz hech qanday qiziqish yoki hayrat bilan unga qaramadi. Na e’tibor, na tanishuvga urinish. Bu esa Taehyungni yanada o‘ziga tortdi. Unga odatda Taehyungni oldida ayollar o‘zini tutib tura olmay yasama tabassumi bilam uni o'ziga rom etishga urinar edi.
Taehyung esa Ynni ko‘rishi bilan bir zum o‘zini yo‘qotdi. Jim o‘tirib qolganini hatto soqchilaridan biri ham Taehyungni bu holatini sezdi.
Bir necha daqiqa o‘tib, Yn issiq kofe va qolgan buyurtmalarni olib keldi. Taehyung esa kofedan emas, unga qarab abadul adab tikilib qolishni istardi. Qiz idishlarni ehtiyotlik bilan stolga qo‘yib, yana chiqib ketmoqchi bo‘ldi.
Lekin Taehyung sekin, past ovozda so‘radi:
— “ Kechirasiz xonim ismingizni bilsam bo‘ladimi?”
Yn to‘xtab, cho‘chiganday ortga qaradi. Nigohlari haligacha pastda edi.
— “Yn,” — dedi u sekin.
Taehyung ichida yana yuragi qattiq urdi. U bu ismni takrorladi ichida: "Yn…"
Unga qarab kulimsiradi. So‘ng kofesini olib, ohista bir yudum ichdi.
"Bu ism men uchun endi unutilmas bo‘ladi. Hattoki bu qiz ham."
Taehyung kofesini oxirigacha ichib bo‘lgach yonidagi shokoladli pirogga ham tegmadi. Ko‘z o‘ngida faqat birgina qizning — Ynning — obrazi aylanar edi. Uning harakati, nigohi, hatto jimligi ham Taehyung uchun qiziqarli edi. U o‘zining bu darajada e’tibor berayotganiga o‘zi ham hayron edi.
So‘ngra asta o‘rnidan turdi, qimmatbaho paltoni yelkalariga tashladi. Yonida jim turgan ikki qo‘riqchisidan biri darhol eshikni ochdi. Taehyung hech kimga qaramay, odatdagidek jiddiy qadamlar bilan kafedan chiqib ketdi.
Kofe havosi, qizning hidi, u yerda bo‘lgan har bir lahza uning yuragida chuqur iz qoldirgandek edi.
Mashina eshigi ochilgach, Taehyung ichkariga o‘tirishdan oldin yonidagi eng yaqin qo‘riqchisiga qarab, sokin, ammo buyruq ohangida dedi:
— “Hozirgina menga xizmat ko‘rsatgan ofitsiant qiz haqida menga barcha ma’lumotlarni topib kelingalar.”
Qo‘riqchi bosh irg‘ab, zudlik bilan mashinaga telefon orqali buyruq bera boshladi.
Taehyung esa orqa o‘rindiqqa cho‘zilib o‘tirdi. Ko‘zlarini yumdi. U birinchi bor qalbiga va idealiga mos keladigan odam yo‘liqdi.
"Yn," deb pichirladi u, lablari kulimsiragan holatda.
"Endi sen mening dunyoyimga nafaqat yuragimga ham qadam qo‘yding."
Kech tushdi. Shaharning yorqin nurlari Taehyungning katta va qimmatbaho uyining derazalarida aks etardi. U uyining yuqori qavatida, keng va hashamatli xonasida o‘tirgan edi. Xonada eng qimmat mebellar va dekoratsiyalar bor edi, lekin Taehyungning nigohi ularni ko‘rmasdi. U faqat o‘zining fikrlarida, yodida bo‘lgan qizni — Ynni — tasavvur qilardi.
Ynning qor kabi oppoq yuzi uning nozik yuziga tushgan sochlari, ohista jilmayishi va so‘zlari uning xayolidan ketar edi. Bu qizga nisbatan qandaydir beg‘uborlik va sir bor edi, va Taehyung birinchi marta o‘zini shunday his qilayotganini tushunardi. Uning ichida oddiy bir qaror tug‘ildi: Yn endi uning hayotiga kirgan va hech qachon undan chiqib ketmasligi kerak.
Unga nisbatan tuyg‘ularni aniq ifodalash qiyin edi, lekin u bu qizning mavjudligini sezib, o‘zini boshqacha his qila boshlagan edi. Taehyungning ko‘zi yorug‘likni nurlatgan shaharga tikilgancha, ichida so‘nggi yillarda unga begona bo‘lgan bir tuyg‘u uyg‘ondi. Bu tuyg'u sevgi tuyg'usi edi. Ha Taehyung bu tuyg'uni 6 yilcha oldin unutgan edi. Ammo endi bu tuyg'u 6 yilni ichida qaytgan edi. Ha hozirda Taehyung 28 yoshda u mafiyalar olamida 16 yoshiga qadam qo‘ygan edi.
Shu payt, xonada eshik taqqillaganini eshitgan Taehyung darhol boshini eehik tomonga burib:
— “Kiring.”
Eshik ochilib, ichkariga bir qo‘riqchi yigit uni ismi Sunjon edi.u ichkariga kirdi. U qisqa va silliq harakatlar bilan Taehyungga qarab yaqinlashdi, qo‘lida bir nechta qog‘oz va tabletka bor edi.
— “Siz buyurgan ma’lumotlar, xo‘sh,” — dedi Sunjon.
Taehyung o‘rnimdan turmadi, uning ko‘zlari esa Sunjonning yuziga qarab turdi.
— “Yaxshi u haqida hamma ma'lumotlarni aniqladingmi?” — dedi u sinchkovlik bilan.
Sunjon sekinlik bilan boshini irg‘ab, keyin Taehyungga qarab, barcha ma’lumotlarni ketma-ket aytib berdi:
— “ Qizni ismi Yn, 18 yoshda. U bir vaqtlar mehribonlik uyida yashagan otasi va onasi haqida hech qanday ma'lumotlar yo'q. .”
Sunjon o‘zini jiddiy tutib, qog‘ozdagi ba’zi yozuvlarni ko‘rsatdi, lekin Taehyung uni diqqat bilan tinglar edi.
— “ Yana boshqa ma’lumotlar bormi?” — so‘radi Taehyung,
— “ Afsuski yo'q janob Yn xonim haqidagi boshqa ma’lumotlarni topilmadik.”
Taehyung diqqat bilan Sunjonni kuzatib turdi. Uning yuzidagi ifoda darhol o‘zgarmadi, lekin ichida bir narsa sekin tiklanib borgan edi.
— “Yaxshi,” — dedi u, nihoyat boshini silab. — “ Yana biror narsa bormi?” — so‘radi.
Sunjon jim qoldi, so‘ngra boshini egib chiqib ketdi. Taehyung xonada yolg‘iz qoldi.
Oradan 1 oy o‘tdi. Shu bir oy ichida Taehyung endi. Yn ishlaydigan kafega tez tez tashrif buyurar. Bazan esa uni ortidan uyigacha boradi.
Kechki payt edi. Kafe odatdagidek gavjum. Yn har doimgidek shoshilinch, ammo muloyim harakatlar bilan mijozlarga xizmat qilardi. Qizil sharf taqqan, ko‘zlarida ma’noli sokinlik mujassam bu qiz atrofdagilarning e’tiborini tortmasligi mumkin emas edi.
Shu payt eshikdan ichkariga baland qomatli, yengil ko‘ylakda yurgan bir notanish yigit kirib keldi. U darrov ko‘zi bilan atrofni ko‘zdan kechirdi-da, xizmat qilayotgan Ynga tikildi. Yigit kulimsirab, beparvo ohangda qizga murojaat qildi:
— Chiroylik qiz, meni yonimga bir daqiqa kelib o‘tirsang-chi? Kofeni birga ichamiz. Ishingni tugatgach, birga sayrga ham chiqamizmi?
Yn cho‘chib ketdi. Ammo o‘zini yo‘qotmaslikka harakat qilib, iloji boricha muloyim, ammo qat’iy javob qaytardi:
— Kechirasiz, men faqat mijozlarga xizmat qilaman. Iltimos, buyurtmangizni ayting.
Shu lahzalarda esa kafe burchagida, deraza yonidagi stol atrofida jim qarab o‘tirgan Taehyung bu holatni diqqat bilan kuzatib turardi. Yigitning Ynga gap otgani, uning yelkasiga ozgina egilib nimadir degani Taehyungning yuragini g‘ijimlab yubordi.
Uning qoshlarining ohangsiz tortilishi, lablarining biroz qimtirilishi — bularning bari ichida qaynayotgan g‘azabni yashirib turolmasdi.
To‘satdan u o‘rnidan turdi. Tashqariga dadil yurib chiqdi. Og‘ir eshik yopilganda, uning orqasidan sovuq shamoldek havoni yoritgan sukunat keldi.
U mashinasi tomon yo‘l olar ekan, yonida turgan qo‘riqchi Sunjon va yana ikki yigitga, past ovozda shunday dedi:
— Hozirgina Ynning oldida lapangan itni… qo‘lga olib. Uni bugunoq mening oldimga olib kelaring men bu itga Ynga suykalish qana ekanligini ko‘rsatib qo‘yaman.
Shunday so'ng Taehyung bir necha soniya jim turdi. Qarshisida turgan qora mashinaning oynasiga tikilar, yuzida g‘alati bir sokinlik paydo bo‘ldi. So‘ng keskin burilib, yana gapini davom ettirdi:
— Va... kechqurun Yn ham kafedan chiqqan paytida… uni ham…meni oldimga olib kelaring.
Qo‘riqchilar bosh silkib buyruqni bajaramiz, degandek jim turishdi. Taehyung esa yelkasini silkitib, mashinasiga o‘tirdi. Uning ko‘zlarida sevgi va g‘azab orasidagi sirli tuyg‘ular alangalanib turardi.
Kech allamahal bo‘lgan, ko‘chalar jimjit, faqat vaqti-vaqti bilan mashinalar yuragi siqilganidek g‘uvillab o‘tardi. Yn kafedagi navbatini yakunlab, charchagan holda ish kiyimini almashtirdi. Tashqariga chiqdi. Qor yog‘ayotgan edi. Havoda oppoq qorlar jimjimador tarzda yog‘ar, ko‘cha fonarlarining nurlari ostida porlab, go‘yo har bir parcha nimanidir pichirlardi.
U yo‘l bo‘yidan yurib borar, yana o‘zini yolg‘iz his qilardi. Yuragida nimadir g‘ash edi, ammo aniq nima ekanini o‘zi ham bilmasdi.
Shu payt orqasidan mashina faralari chaqnadi. Yn ortiga qaradi — qora rangli, oynalari qoraytirilgan avtomobil jimgina uning ortidan keldi. Qiz yurishini tezlashtirdi. Ammo mashina ham sekin yurib, uni ta’qib qilishda davom etdi.
Birdan mashina to‘xtadi. Orqa eshigi ochildi. Undan ikki yigit — qora kiyingan, jiddiy qiyofali, ko‘zlarida sovuqqonlik balqib turgan odamlar tushishdi.
— Kechirasiz, Yn xonim, siz biz bilan yurishingiz kerak, — dedi ulardan biri.
— Nima? Yo‘q! Men hech qayerga bormayman!
Ammo yigitlar bir zumda harakatga keldi. Biri Ynning qo‘lini mahkam ushlab, ikkinchisi og‘zini yopdi. Qiz tipirchiladi, qarshilik ko‘rsatdi, yuragi gup-gup ura boshladi, ko‘zlari dahshatdan kattalashdi.
— Qo‘yvoringlar! Yordam! — degan baqiriqqlari qor bilan to‘lgan havoda darhol yutilib ketdi.
Ular tezda Ynni mashinaga o‘tqazib, eshikni yopishdi. Mashina jimgina, ammo tezlik bilan qorli ko‘chadan uzoqlashdi…
Orqa o‘rindiqda, Yn qo‘rquv bilan qaltiroq ichida o‘ziga savol berardi: “Bu odamlar kim? Menga nima qilishmoqchi?”
Mashina qorli kechada jimjit harakat qilardi. Ichkarida esa tarang sukunat hukm surar, faqat Ynning nafas olishi, yuragi urishi va tipirchilashi eshitilardi.
— Iltimos, qo‘yib yuboringlar! Men hech narsa qilmaganman! — deb chinqirdi u.
U o‘zini bo‘shatishga harakat qilardi. Qo‘llari bilan eshikni itarib, oyoqlari bilan zarba bermoqchi bo‘ldi. Ammo yonida o‘tirgan soqchilardan biri sovuqqonlik bilan yon cho‘ntagidan mayda bir shprits oldi. Yn qochishga uringanida, u eng yaqin fursatda Ynning yelkasiga shpritsni sanchdi.
— Hamma narsa joyida bo‘ladi, xonim, — dedi u past ovozda.
Ynning harakati sustlasha boshladi. Ko‘zlari xiralashdi, boshi og‘irlashdi. Og‘zidan faqat bitta so‘z chiqdi:
Mashinada sukunat yana o‘rniga keldi. Soqchilar unga tezda o‘ralgan adyol tashlashdi. Mashina esa qorli shaharning chekkasida joylashgan, baland devorlar ortidagi hashamatli saroy sari yo‘l oldi. Bu — Kim Taehyung yashaydigan sirli, qo‘riqlanuvchi uy edi.
Taehyung mehmonxonasidagi deraza yonida turardi. Tashqaridagi qorli manzara, oq libosga burkangan daraxtlar va sukunat bilan qoplangan hovli unga hech qanday iliqlik bermasdi. Qanchalik hashamatli bo‘lmasin, bu uyda iliq hislar kamdan-kam edi. Ammo bugun… bugun yuragining bir cheti titrardi. Negadir uni sog‘inayotgandek edi. Endi esa u — Yn — shu uy sari yaqinlashib kelayotganini bilar, yuragi yana ham tezroq urar edi.
— Boshliq,— dedi eshik taqqillagach, ichkariga kirgan Sunjon — Biz qiz olib kelindi. Hozir uni xonaga joylashtirishyaptimiz.
Taehyung hech nima demadi. Biroz derazadan ko‘z uzmay turdi. So‘ng asta orqasiga o‘girildi:
— Yo‘q, bizga qarshilik ko‘rsatdi. Majburan tinchlantirdik.
Taehyung bosh irg‘adi, keyin xotirjam ohangda buyruq berdi:
— Uni mehmonlar uchun ajratilgan xonaga olib boringlar. U uyg‘onguncha hech kim unga yaqinlashmasin. Hali… hali o‘zim u bilan gaplashaman.
Taehyung yana o‘z holiga qaytdi. Uzoq vaqt ko‘zlarini yumib turdi. Bu qiz — oddiy bir ofitsiantka — uning yuragida nimanidir uyg‘otgan, ko‘zlariga qaragach, yuragining eng qorong‘u burchagida qolgan tuyg‘ularni tiriltirgandek edi.
Shu paytda yuqori qavatdagi eshik ochildi. Soqchilar hushsiz holdagi Ynni ehtiyotkorlik bilan yumshoq, sokin uslubdagi xona ichiga yotqizishdi. Xonada bejirim pardalar, yumshoq ko‘rpa-to‘shak, tiniq havodan boshqa hech narsa yo‘q edi.
Yn sekin nafas olar, tinch uxlardi.
Ammo u uyg‘onganida, endi hayoti butkul o‘zgarib ketganini anglar edi.