May 12, 2025

Unutilgan o‘zlik 2qism Sunli 𝐁𝐀𝐍𝐆𝐓𝐀𝐍 𝐓𝐀𝐋𝐄𝐒

Shunday qilib, tajribaning birinchi kuni ham yakunlandi. O‘sha kuni kechasi bolalar o‘zlariga ajratilgan xonada, o‘z o‘rinlarida yotishga hozirlanayotgan edi. Taehyung Jungkookga qarab dedi:

— Jungkook, ahvoling yaxshimi?

Boshini yostiqqa qo‘ygan Jungkook javob berdi:

— Yo‘q, Taehyung. Ahvolim unchalik yaxshi emas. Negadir boshim og‘rib ko‘nglim ayniyapti...

Taehyung zudlik bilan o‘rnidan turib, deraza yonida turgan bir stakanni olib Jungkookga uzatdi:

— Jungkook, mana bu suvni ichib ol.

Jungkook boshini yostiqdan ko‘tarib, Taehyung bergan suvdan bir qultum ichdi-da, unga qarab dedi:

— Taehyung, men uyga ketgim kelyapti. Yur, bugun uyga ketaylik...

Taehyung esa uning boshini silab:

— Yaxshi, Jungkook. Faqat bugun emas. Ertaga uyga ketamiz. Avvalo sen bir oz o‘zingga kel, yaxshi bo‘lib ol.

Jungkook boshini sekin qimirlatib:

— Yaxshi, unda ertaga uyga ketamiz, — dedi.

Shunday qilib, bolalar uyquga ketishdi.

Ertasi tong, quyosh osmonda charaqlab turgan bo‘lsa-da, havo qandaydir g‘amgin edi. Xona ichida esa og‘ir sukunat qoplagandi.

Jungkook va Taehyung uyg‘onib, o‘zlariga ajratilgan xonadan chiqqan paytlarida, oldilariga Professor Sonjin, uning hamkasblari va harbiy libosdagi ikki yigit keldi. Bolalarning ko‘zida hali ham uyqu aralash quvnoqlik porlayotgandi, ammo harbiy yigitlarning sovuq qiyofasi bu quvnoqlikni darhol so‘ndirdi.

Shunda professor Sonjin bolalarga qarab:

— Bolalar yaxshi uxlab turdingizmi? Jungkook seni ahvoling yaxshimi kechagi tekshiruvlardan keyin bir oz ahvoling og‘irlashib qolgandek tuyuldi dedi.

Jungkook professorni bu gaplaridan bir oz g‘ashi kelib tezda Taehyungni orqasiga yashirinib oldi. Taehyung esa Jungkookni bu holatini ko‘rgan so'ng uning qo‘rqayotganini sezib professor Sonjinga qarab:

— Kecha Jungkook ahvoli yaxshi emas edi dedi.

Professor Sonjin Taehyung bu gapidan keyin o‘zini xavotir olgandek ko'rsatib yonidagi shifokorlariga qarab:

— Nega bolaning ahvolidan xabar olmadingiz sizlarga nima degan edim dedi.

Shundan keyin professor Sonjin Taehyung va Jungkook tomonga qarab:
— Taehyung bilasanmi senga yomon bir ikki xabarim bor edi. Kecha Biz Jungkookni tekshirganimizda uni o‘pkasida yomon kasallik borligini aniqladik shu uchun biz ukangni tuzatish uchun uni yana bir ikki apparatlar bilan Jungkookni yana bir oz tekshiramiz, — dedi Professor Sonjin sokin, ammo soxta tabassum bilan.

Taehyung Jungkookning qo‘lini mahkam ushladi.

— Yo'q kerak emas biz bugun uyga ketamiz ? — deb pichirladi Jungkook.

Taehyung professor Sonjin Jungkook haqida aytgan yo‘lgon gaplaridan keyin Professorni gaplariga ishonib qolganligi uchun Jungkookga qarab yo'q bosh degandek irg‘adi, ammo hech narsa demadi. Shunday qilib bolalar professor ortidan yurishga majbur bo‘lishdi.

Ularni qop-qorong‘i, sovuq yer osti xonasiga olib tushishdi. Xonada tibbiy uskuna va simlar bilan to‘la bir nechta apparatlar bor edi. Devorlarda esa hech qanday deraza yo‘q, faqat chiroqning xira nuri xonani yoritib turardi.

— Biz bu gal biroz boshqacha tajriba o‘tkazamiz, — dedi Sonjin, qo‘lqop kiygan holda. — Juda og‘riqli bo‘lmaydi... — u jim bo‘ldi, go‘yoki yolg‘onini bolalar sezmadi deb o‘ylardi.

Taehyungni yon xonaga olib ketishdi. Jungkook esa yolg‘iz qoldi.

— Iltimos... men akamsiz qolishni istamayman, — dedi u ko‘zlari yoshga to‘lgancha.

Ammo unga hech kim javob bermadi.

Jungkookni stolga yotqizishdi, qo‘llarini va oyoqlarini mahkam bog‘lashdi. U yig‘ladi, yordam so‘radi. Ustidan sovuq metalldek hid kelayotgan apparatlarni tushirishdi. Ko‘zlari chiroqqa qarab jim bo‘lib qoldi.

Bu tajriba qonuniy emasdi. Professor Sonjin va uning guruhiga bolalar himoyasi to‘g‘risidagi hech qanday qonunlar muhim emasdi. Ular faqat o‘z ilmiy manfaatlarini o‘ylashar, bolalarning hayoti esa ularga shunchaki tajriba obyekti edi.

Shu payt boshqa xonada Taehyung ham ukasining baqirayotganlarini eshitishi bilan yuragi tinmay siqilardi. U o‘zini ojiz his qilardi. Qo‘lida kuch bo‘lsa, ukasini qutqarar edi. Ammo u hali atigi olti yoshda edi...

Oradan 2 soat o‘tdi. Hamma narsa jim. Faqat apparatlarning g‘ichirlashi va Jungkookning tinimsiz nafas olishi eshitilardi.

Nihoyat, eshik ochildi. Professor Sonjin va uning hamrohlari xonadan chiqib, ko‘zlari qizarib ketgan, holdan toygan Jungkookni ko‘tarib olib, yana o‘z xonasiga olib borishdi. U hushsiz edi. Yuzlari oqarib ketgan, qo‘llarida mayda izlar bor edi. Har bir nafas olishi og‘riqli edi.

Taehyung uni ko‘rib, yuragi ezildi. Ukasining yelkalarini ushlab, shivirladi:

— Jungkook... men shu yerdaman, qo‘rqma... hammasi o‘tib ketadi...

Jungkook ko‘zlarini arang ochdi. Og‘izlari qurigan, ovozi esa xirrillar edi:

— Taehyung... bu yer... juda qo‘rqinchili va qorong‘i... men uyga ketgim kelyapti...

Taehyung ko‘zlarida yosh bilan:

— Ha Jungkook, biz ketamiz. Men seni bu joydan olib chiqaman. Seni endi hech kim bunday azob bermaydi, — dedi Taehyung pichirlab, ukasining qo‘lini ushlab.

Shu kecha, u xonani sinchiklab kuzatdi. Har bir harakatni, har bir eshik ochilishini, qorovullarning almashish vaqti va joyini yod oldi. Chunki endi u bola emas u bola yoshida katta odamga o‘xshab qolgan edi. Buni ustiga u Jungkookni akasi ham edi. Baxtga qarashi
akalar hech qachon ukasini yolg‘iz tashlab ketmaydi...

Tungi soat uchlar atrofida edi. Harbiy baza ichida hamma uxlab yotgandi. Faqat navbatchi qorovul shiftga tikilgancha, yarim uyquda stulda o‘tirardi.

Taehyung ukasining yonida yotib, har bir mayda ovozni eshitib yotardi. U uzoqdan eshik ochilib-yopilishlarini, qorovulning cho‘zilib esnashini, kamera chiroqlarining yonib-o‘chishini kuzatdi. Nihoyat, to‘g‘ri fursat keldi.

U sekin turib, uxlayotgan Jungkookni turg'azib uning sovuq qo‘lidan tutib.

— Jungkook Jungkook turaqol qani. Uyga ketamiz Faqat ovoz chiqarmay yur, — dedi u pichirlab.

Jungkook zo‘rg‘a bosh irg‘adi. U juda zaif edi, ammo akasiga ishondi.

Taehyung ilgari sezganidek, eshik qulfi faqat tashqaridan yopilardi. U o‘zining yostiq qopidagi kichik simni olib, eshikning qulfi ichiga tiqdi. O‘zini ko‘p marta bu ishni xayolida mashq qilgan edi. Nihoyat, eshik shiqirlab ochildi.

Ikkalasi poyabzallarini yechib, yalangoyoq yurishdi. Sovuq beton pol oyoqlarini kesgandek qilardi, lekin Taehyung orqaga qaramasdi.

U navbatchi qorovulning stulda xurrak otib o‘tirganini ko‘rib, Jungkookni orqasiga yashirdi. So‘ng u tezda devor ortidan yugurib o‘tdi. Qorong‘i yo‘lakni kesib o‘tishdi, labaratoriya yonidagi xizmat eshigiga yetishdi.

Ammo bu yerda eng qiyin to‘siq bor edi — eshik paroli.

Taehyung uzoq o‘ylamadi. U bir necha marta professorlarni eshikni ochayotganini kuzatgan, barmoqlari qaysi tugmalarga ko‘proq bosilganini eslab qolgan edi. U sekin klaviaturaga tegib ko‘rdi: 2... 5... 7... 9...

Birinchi urinishda xatolik bo‘ldi. Yuragi tez ura boshladi.

U ikkinchi bor urindi: 2... 5... 9... 7...

Pip!

Eshik ochildi.

Jungkookning qo‘li Taehyungning kaftida muzday edi. Ikkalasi qorong‘ulik ichiga yugurishdi. Ular harbiy baza devorlarini orqada qoldirib, uzoqqa — erkinlik sari yo‘l olishdi.

Ammo...

Ular hali bilmas edi: bu qochish — boshlanishi edi. Ularni hali oldinda izlash, quvish, va yana bir bor sinovlar kutib turardi.

Lekin o‘sha lahzada, Taehyung faqat bitta narsani bilar edi: ukasi tirik, yonida edi. Va bu — hammasidan muhim edi.

Shunday qilib Taehyung va Jungkook baza ichidan chiqib ketishdi. Bu vaqtda ularni kuztib turgan qo‘riqchi uxlayotgan yeridan yiqilib tushdi. Va o‘rnidan tezda turib bolalar yotgan kravatga qaradi. Va ularni yoq ekanligini ko‘rishi bilan tezda professor Sonjinni oldiga borib unga bolalarni qochib ketishganini aytadi. Professor Sonjin esa o'zi bilan bir ikki qo‘riqchilarni olib ularni izlashga yo‘l oldi. Bu vaqtda esa Jungkook va Taehyung allaqachon qorong‘ilik ichida bir o‘rmon ichida yugurishardi. Oy nuri yerga tushib, ularning soyalarini cho‘zib yuborardi. Atrof sukunatga cho‘mgan, faqat nafas olishlari va oyoq tovushlari eshitilardi.

Ammo...

Orqadan bir qichqiriq eshitildi:

— To‘xtanglar! Qochishayapti! Tezda tuting ularni!

Bu — Professor Sonjinning ovozi edi.

Taehyung yuragida vahima his qildi, ammo yugurishda davom etdi. Ammo Jungkook juda charchagan edi, har bir qadam unga azobday tuyulardi.

Orqaga o‘girilib qaragan Taehyung, qorong‘ida yugurib kelayotgan ikki qo‘riqchini va ularning orqasida Professor Sonjinni ko‘rdi. Ularning ko‘zlarida vahshiylik, nafrat va shoshilinchlik bor edi.

— Jungkook, tezroq! Bir oz qoldi! — deya undadi Taehyung.

Ammo birdan... Jungkook toyib ketdi. Tizzalari yerga tegdi. Taehyung orqasiga qaytib, uni ko‘tarishga urindi, ammo endi vaqt yo‘q edi.

Qo‘riqchilardan biri ularga yetib kelib, Taehyungni qo‘lidan mahkam tortib, orqaga sudradi. Ikkinchisi esa hushsiz holga yaqin bo‘lgan Jungkookni ko‘tarib oldi.

Professor Sonjin og‘ir nafas olib, ularning oldiga keldi. Ko‘zlari o‘tdek yonar, lablari qattiq qimirlardi:

— Sizlar... sizlar endi. Qattiq jazolayman o‘tib! Hech qaysi birining bu jazodan qochib qutula olmaysiz!

Taehyung baqirdi:

— Siz odam emassiz? Nega bizga bunday qilayapsiz?! Ukamni ahvoli og‘irlashyapti, u endi bularga bardosh bera olmaydi!

Professor Sonjin uning so‘zlariga parvo qilmasdi. U qo‘llarini orqasiga bog‘lab, sovuqqonlik bilan javob berdi:

— Sizlar faqat subyektlar. O‘z ixtiromiz bilan tanlangan emassizlar. Bu — tajriba. Nafaqat sizlar uchun, balki butun insoniyat uchun zarur.

Shu so‘zlardan so‘ng, bolalarni yana ichkariga olib kirishdi. Har bir qadami bilan Taehyungning ko‘nglida nafrat va jur’at uyg‘onardi. Bu hali yakun emas edi. U ichidan qasam ichdi: bu zulmni ochib beradi. Qanday bo‘lmasin, bir kun bu yovuzni o‘ldirishga qasam ichdi.

Taehyung va Jungkookni yana baza ichkarisiga olib kirishdi. Va ularni alohida xonalarga ajratishdi. Taehyung ukasining qo‘lini qo‘yib yubormaslikka harakat qildi, lekin qo‘riqchilar kuch bilan ularni ajratib tashlashdi.

— Jungkook! — deya baqirdi Taehyung. — Meni kut! Men seni bu yerdan olib chiqaman!

Ammo Jungkook javob qaytara olmadi. U charchoq va qo‘rquvdan hushidan ketish arafasida edi.

Taehyungni esa temir panjarali, sovuq, qorong‘i xonaga olib borishdi. U yerda na oynalar, na to‘shak bor edi. Faqat sovuq yer va qattiq devorlar. Professor Sonjinning ovozi eshitildi:

— Bu sen uchun saboq bo‘ladi, kichkina isyonchi. Har bir harakating uchun javob berasan.

So‘ng ikki qo‘riqchi Taehyungga yaqinlashdi. Uni polga bosishdi, biri qo‘lini, biri oyog‘ini ushlab turdi. Uchinchisi esa kichkina elektroshok qurilmasini chiqarib, bola tanasiga tekkizdi.

Taehyung qichqirdi. Bu qichqiriq devorlarda aks sadosi bilan taraldi. Ammo hech kim uni eshitmadi. Yoki hech kim eshitgisi kelmadi.

Azobli daqiqalardan so‘ng, uni yana yolg‘iz qoldirishdi.

U shunchaki yotdi. Ko‘zlari yoshlarga to‘ldi, lekin u yig‘lamadi. Ko‘z yoshlari jimjimador emasdi, ularning har biri — alam, g‘azab va kuch edi.

— Bu yerdagi hamma insonlar yovuz, — dedi u pichirlab. — Lekin men omon qolaman. Men Jungkookni olib chiqaman. Men hammaga bu yerda nima bo‘layotganini ko‘rsataman. Yoki bit kun ozod bo‘lib hammasini o‘ldiraman.

U yuragi bilan qasam ichdi. Qon bilan, azob bilan, ukasining ahvoli bilan ichgan qasam edi bu. Endi u o‘sha oddiy, mehribon Taehyung emasdi. Endi u qaroridan qaytmaydigan jangchi edi — ukasi uchun, o‘zining insoniyligi uchun kurashuvchi bola edi.

Tong hali to‘liq otmagan, osmon qop-qorong‘u edi. Harbiy baza devorlarida esa allaqachon harakat boshlangandi. Professor Sonjin lablarini qattiq qisib, yonida ikki yordamchisi va ikki qo‘riqchi bilan Taehyung yotgan sovuq xonaga kirdi.

Birdan xona chiroqlari yoqildi. Yorqin lampalar birdaniga Taehyungni ko‘zga urildi. Taehyung qo‘lini ko‘ziga tutdi. U hali uxlayotgan edi, lekin bu nur va oyoq tovushlari uni uyg‘otdi.

— Turaqol, kichkina isyonchi, — dedi Professor Sonjin sovuqqonlik bilan.

Taehyung hech narsa demadi. Faqat ko‘zlari bilan atrofdagilarga qarab qo‘rquvni yutishga harakat qildi. U o‘zining navbati kelganini tushungandi.

Qo‘riqchilar uni tortib, maxsus tajriba stoli tomon olib borishdi. U erda qo‘l va oyoqlarni mahkamlab bog‘laydigan temir kamarlardan foydalanishdi. Taehyung qochishga bu la'nati kamarlarni yechishga urinib ko‘rdi, lekin ularni bo‘shanish imkonsiz edi.

Professor Sonjin qo‘lqop kiyib, yordamchilariga bosh irg‘adi.

— 31-eksperiment: og‘riq bardoshliligi va ruhiy sinov. Ob’yekt: Taehyung, 6 yosh. Ikkinchi subyekt bilan solishtirma bosqich. Boshlang!

Yordamchilar ignalar, simlar va elektr impul’s uzatadigan moslamalarni chiqarishdi. Birinchi to‘lqin yelkasidan uzatildi. Taehyungning tanasi titradi, lablari titrab, og‘izidan birinchi qichqiriq otilib chiqdi.

— Iltimos... bas qiling... — pichirladi u.

Lekin hech kim eshitmadi. Ikkinchi zarba ko‘kragiga, uchinchisi bosh qismiga uzatildi. Yuragi tez ura boshladi, boshi aylana boshladi. Har bir zarbada go‘yoki ichki organlari silkinib ketardi.

Yordamchilardan biri kuzatish jurnallariga yozib bordi:

— Tana harorati oshmoqda. Yurak urishi me’yordan yuqori. Qon bosimi pastlashmoqda. Ruhiy holat: zaiflashmoqda.

Soatlab davom etdi bu tajriba. Har safar kuchaytirilgan impulslar Taehyungning kichkina yuragini qiynardi. Oxiri u shunchaki qarshilik ko‘rsatmay qoldi. Tanasi bo‘shashdi, qichqirig‘i endi yo‘q edi.

Professor Sonjin sovuq ohangda dedi:

— Subyekt hushini yo‘qotdi. Tajriba vaqtincha to‘xtatilsin. Uning tirik qolish-qolmasligi — ikkinchi darajali masala.

Yordamchilar stulni bo‘shatishdi. Taehyungning hushsiz tanasi polga yiqildi. Yuzida ter, ko‘zlarida esa og‘riq izlari qolgan edi.

U hali nafaqat og‘riqqa, balki insoniylikni yo‘qotayotgan bir dunyoga qarshi kurashar, faqat yuragi hali ham urardi...

Taehyung hushsiz yotardi. Nafasi og‘ir, yuzi oqarib ketgandi. Unga qaratilgan barcha jihozlar sekin-sekin o‘chirildi, tepada nur sochayotgan lampalar yana o‘chdi. Xonada jimlik hukm surdi.

Professor Sonjin bir muddat bolaga qarab turdi. Ko‘zida biror rahm-shafqat zarrasi yo‘q edi. U yordamchilariga yuzlandi:

— Tajriba tugadi. Bu yerda ishimiz yo‘q.

So‘ng bir oz sukutdan so‘ng:

— Mana bu yetimakchani. Qo‘l-oyog‘ini yana kishanlang. Uni o‘z xonasiga olib boringlar. Faqat ehtiyot bo‘ling — hushiga kelib qolmasin.

Yordamchilardan biri tezlik bilan og‘ir temir kishanlarni olib, Taehyungning nozik bilaklari va tovonlarini mahkam bog‘ladi. Ikki qo‘riqchi hushsiz bola tanasini yerdan ko‘tardi. Uning boshi yon tomonga osilib tushgan, lablari titragan edi.

Yo‘lakda qadam tovushlari yangradi. Bolakay azobli tajribadan so‘ng yana o‘zining sovuq va qorong‘i xonasiga olib ketildi. Eshik ohangrabodek yopildi.

Ichkarida faqat jimlik va shafqatsizlik qoldi.

2 qism tugadi.

Muallif: Sunli
Kanal: 𝐁𝐀𝐍𝐆𝐓𝐀𝐍 𝐓𝐀𝐋𝐄𝐒