So‘nmas sevgi 1 qism Sunli DIAMOND FANFICS
Samolyot asta-sekin balandlikka ko‘tarildi. Yon derazadan ko‘kka qarab turgan Yn chuqur nafas oldi. Uning yuragi hayajondan qattiq urardi. Orqasida qolayotgan ona yurti O‘zbekiston, onasi, bolaligini o‘tkazgan hovli, do‘stlari, maktab, sokin tonglar — barchasi asta-asta pastda qolib ketayotgandek edi. Ammo oldinda uni butunlay yangi hayot kutayotgan edi — Koreyada o‘qish, yangi madaniyat, begona til va yangi orzular sari birinchi qadam.
U o‘zicha pichirladi:
“Men endi nima qilaman? U yerdagi odamlar meni qanday qabul qilisharkin? Muslima qiz bo‘lib, o‘zimni qanday tutaman? Men u yerga moslashib keta olmanmi?”
U ich-ichidan xavotir uni siqayotgan bo‘lsa-da, ichkaridagi bir ovoz shunday deyar edi:
“Sen orzularing uchun kurashyapsan. Hech narsaga osonlikcha erishib bo‘lmaydi, sen hechqachon taslim bo‘lma.”
Ynning qalbi ikki olam o‘rtasida qolgandi — bir tomonda sog‘inch, ikkinchi tomonda umid. Samolyot tebranganda, u qo‘lidagi duoni yana bir marta o‘qidi. So‘ngra ko‘zlarini yumdi va ichida Allohga shunday dedi:
“Menga sabr, kuch va eng to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgin Allohim. Men yolg‘iz emasligimni bilaman sen har qadamimda meni qo‘llab quvatlab kelgansan Allohim iltimos menga yordam ber o‘z maqsadlarimga erishishimga yordam ber.” deya duo qildi.
Yn hali ham bir narsani bilmas edi. Koreyada faqat o‘qish emas, balki o‘ziligini topish, hayotga bo‘lgan qarashlarini kengaytirish va balki... kutilmagan sevgi, kutilmagan taqdir yo‘li bilan yuzlashishini ham bilmasdi.
Olti soatlik uzoq va charchoqli parvoz nihoyat yakuniga yetdi. Samolyot asta-sekin balandlikdan tushib, Seul Incheon xalqaro aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘ndi. Deraza ortida ko‘rinayotgan musaffo osmon, zamonaviy bino va harakatdagi xodimlar Ynni Koreya zaminiga yetib kelganini bildirardi.
Yn yuragini mahkam ushlab, ich-ichidan "Mana, boshlandi..." deb qo‘ydi. Bagajini olib, yo‘lovchilar oqimiga qo‘shilib, chiqish yo‘nalishi tomon yurdi. Uning har bir qadami og‘ir, ammo ishonchli bilan edi.
U kutish yo‘lakchasiga yetib kelganida, uzoqdan bir tanish ovoz uni chaqirgandek bo‘ldi.
— "Yn! Bu yerga qara!" – deya qichqirdi bir qiz qo‘llarini silkitgancha.
Bu — uning dugonasi, bolalikdan yaqin bo‘lgan Suna edi. Hijob o‘ragan, ko‘zlarida sog‘inch va quvonch birgalikda porlagan Yn darhol jilmayib yubordi. Ikkalasi bir-birini bag‘riga bosishdi.
— "Xush kelibsan, azizam! Nihoyat kelib olding!" – dedi Suna mehr bilan.
Yn esa hali ham atrofga hayrat bilan boqardi.
— "Bu yer boshqacha... hammasi yangi. Suna, men haqiqatan ham Janobiy Koreyadamanmi adashib Shimoliy Koreyaga kelib qolmadimmi?" – dedi u biroz ishonchsiz tovushda.
Suna esa kulib uning qo‘lini mahkam tutdi.
— "Ha Yn bu haqiqatdan ham Janobiy Koreya ." deya kulib qo‘ydi.
Shu bilan Yn va Suna bagaj aravachasini asta itarib, chiqish eshiklari tomon yo‘l olishdi. Incheon aeroportining ichki zali gavjum edi, biroq bir paytning o‘zida zal to‘satdan larzaga keldi — go‘yo hamma bir narsani kutayotgandek qimirlamay qoldi.
Birdaniga o‘sha jimjitlikni hayqiriqlar, kameralar chaqnashi va jurnalistlarning shoshqaloqligi buzdi.
— "Bu yerda nimalar bo‘lyapti?" – dedi Yn hayrat bilan.
Shunda Suna asta yon tomonga qarab kulib qo‘ydi:
— "Aytmoqchi edim... hozir BTS a'zolari chet eldan qaytib kelishayotgan edi."
Ynning yuragi bir zumda tez ura boshladi. To‘g‘ri, u BTS'ning ashaddiy muhlislaridan edi, ayniqsa… Jiminning. U har bir konsertni, intervyuni, hatto behind-the-scenes lavhalarni ham to‘xtovsiz ko‘rib chiqardi. Ammo ularni real hayotda ko‘rish – bu butunlay boshqacha voqea edi.
Oldinda bir to‘da qora ko‘zoynak taqqan, niqob kiygan, baland bo‘yli yigitlar asta yurib kelishardi. Ularning atrofida xodimlar, xavfsizlik xizmatlari va yuzlab muhlislar bor edi. Qichqiriqlar zalni to‘ldirardi:
— "Jin oppa!" — "Jungkook, qarab qo‘y!" — "Jimin, seni sevaman!"
Yn bir zumga qotib qoldi. Suna esa sekin uning tirsagini turtib qo‘ydi:
— "Qara, o‘sha Jimin o‘ng tomonda ketayapti! Yonidan o‘tayapmiz deyarli!"
Darhaqiqat, xuddi shu payt Jimin biroz orqaroqda ammo ancha yaqin masofada, ularni yonidan o‘tayotgan edi. U ko‘zoynak va niqob ostida bo‘lsa-da, harakati, yurishlari va yuragiga tanish nurlari bilan ajralib turardi. Aynan o‘sha lahzada shu lahzada shunday to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Suna aravachani surayotganda biroz qiya yo‘l oldi, Yn esa yon tomonga chekinib, to‘satdan Jimin bilan yelkasi bilan to‘qnashib ketdi.
Chamadon yengil siljib ketdi. Yn hayratdan qotib qoldi. Jimin esa to‘xtab, ko‘zoynagi ortidan unga qaradi. Bir zumga uning ko‘zlar Ynni ko‘zlari bilan to‘qnashdi. Uning nigohi muloyim, ammo ajablangan edi.
— "I'm sorry," dedi Jimin past ovozda, ingliz tilida, lekin jilmaygan holda.
Yn hech narsa deyolmadi. Go‘yoki u tilini yutib qo‘ygandek jim turardi.
Suna esa zudlik bilan vaziyatni anglab, Ynni yelkadan tortib oldinga qarab yurishga undadi:
— "Yur tezroq, ular atrofni to‘sib qo‘yishadi, hali boshqa muxlislar bostirib ketishadi!" deya Ynni qo‘llaridan ushlab u yerdan olib ketdi. Yn ayeroport yo‘lidan yurarkan, yuragi endi mutlaqo boshqa ohangda urayotgan edi.
Ular aeroportdan chiqishgach mashina to‘xtatishib unga o‘tirishdi. Yn bo‘lsa hanuz biroz titrayotgan qo‘llarini bosishga harakat qilardi. Yuragidagi noteks urishlar esa hali ham iziga tushmagan edi. Uning hayolida hali hamon Jimin bilan bo‘lgan o‘sha ko‘z-to‘qnashuv... yuragining eng nozik nuqtasiga tegib, ichida bir olovni yoqqandek edi.
— "Ha, nima bo‘ldi Yn? Yelka-yelkaga to‘qnashib ketdingmi? Gaplashdinglarmi?" – dedi Suna jilmayib.
Yn sekin bosh irg‘ab:
— "U... kechirim so‘radi. Ingliz tilida. Va...menga qaradi. U ko‘zlarimga qaradi."
— "Ha tushunarli Yn menimcha Koreyadagi hayoting endi boshlanmoqda. Jimin bilan tasodifan to‘qnashgan bo‘lsang, yana nima bo‘lishini kim biladi?"
Yn esa oynali avtomobil derazasidan shahar manzarasini tomosha qilarkan, yuragida bir nido ko‘tarilayotgandi:
"Koreyaga o‘qish uchun keldim, lekin balki bu yerda men ko‘proq narsani toparman. O‘zimni, sevgini... va ehtimol — uni."
Jimin va boshqa BTS a‘zolari o‘zlarining shaxsiy mashinasida kompaniya binosiga qaytayotgan edi. Ularni yonidagi menejeri Son va orqa o‘rindiqda Jungkook jim o‘tirardi. Jimin avtomobil oynasidan tashqariga qararkan, o‘sha aeroportdagi qisqa, ammo kuchli lahzani esladi.
— "U ko‘zlar..." — deb o‘ziga o‘zi pichirladi u.
Jungkook unga qarab:
— "Nima deding?"
Jimin yelkasini qisdi:
— "Hech narsa. Bugun aeroportda... bir qiz bilan to‘qnashib ketdim. Ammo... u boshqa edi."
Menejer Son kulib yubordi:
— "Sen har kuni yuzlab muxlislar ko‘rasan, Jimin. Ularning barchasi senga o‘zgacha tuyuladi."
Lekin Jimin boshi bilan yo‘q deb qattiq chayqadi.
— "Yo‘q, bu boshqa edi. U... muhlisga o‘xshamasdi. Oddiy edi. Sokin. Ammo nigohi... qandaydir tanish tuyuldi. Go‘yoki u tushlarimga kiradigan o‘sha qiz edi."
U mashina derazasiga suyanib, yelkasini sal orqaga tashladi.
— "Men u kimligini bilmoqchiman."
Menejer Son boshini ko‘tarib unga qaradi:
— "Seni jurnalistlar ham, fanlar ham o‘rab turgan payt bo‘ldi bu. Uni topish qiyin bo‘ladi, Jimin."
Jimin jilmaydi, ammo nigohi jiddiy edi:
— "Menimcha, bu tasodif emas edi."
Ynni Koreyaga kelganining birinchi tongi ham otdi. Yn mehmonxonadagi kichkina derazani ochib, Seulga qaradi. Shahar hali uyg‘onayotgan, osmoni tutunli va bahor havosi biroz sovuq edi. Biroq qizning yuragi hali ham kechagi lahzadan qizib turgandi.
Suna stolga nonushta qo‘yarkan, hazil bilan dedi:
— "Kechagi Jimin voqeasidan keyin uxlay olmading shekilli?"
Yn jilmaydi.
— "Uxladim, lekin... xuddi tushimda u meni yana chaqirayotgandek bo‘ldi. Bu bir oz g‘alati?"
Suna kuldi:
— "Bu muhabbat emas, shunchaki fanlik xayoli!"
Lekin Yn ichidan bir narsa bu fikrga qarshi chiqayotgandi.
U yuragining tubida nimanidir sezgandi. Nimadir… o‘zgarayotganini.
Universitet hujjat topshirish jarayonlari, til markazidagi sinflar, va yangi hayotga moslashish vaqt talab qilardi. Biroq har kuni u ko‘chada, metroda, hatto kafeda o‘sha nigohni izlardi. U o‘sha to‘qnashuvni unutolmasdi.
U tuni bilan daftariga yozuv qoldirdi:
"Men bu shaharda yangiman. Menga begona til, begona odamlar. Lekin yuragimda bir tanish tuyg‘u bor. U yigit — Jimin. Uni boshqa hech kimni ko‘rmasligim mumkin, ammo u yuragimga kirib ulgurgan. Men bu yerda faqat o‘qish uchun emasman. Taqdir meni boshqa narsaga ham yetaklayotgandek tuyladi qiziq endi nima bo‘ladi men uni yana ko‘ramanmiu bilan gaplasha olamanmi qiziq."
Yn endi Janubiy Koreyaning eng nufuzli o‘quv yurtlaridan biri — Seoul National University talabasi edi. Til bilimi, bilim darajasi, orzusiga yetishish uchun qilgan harakati — barchasi behuda ketmadi. U har kuni ertalab kitoblar og‘ushida uyg‘onardi. Darsdan darsga yugurib, jon jahdi bilan yangi tilda mukammal so‘zlashishga harakat qildi.
Ammo har kuni kun botganida, yuragida o‘sha sokin voqea — aeroportdagi bir lahza jonlanardi. U o‘zini koyirdi:
— "U mashhur. U meni eslamasligi mumkin. Ammo men nega uni unuta olmayapman?"
Har safar darsdan chiqib, universitet hovlisida telefonida BTS qo‘shiqlarini tinglar, Jimin ovozini eshitganida yuragi g‘alati tarzda siqilardi. Ko‘cha bo‘ylab yurganda esa, o‘zidan o‘zi bilmay atrofga qarab qolardi. Balki u shu yerdadir, balki u yonimdan o‘tayotgandir, deb o‘ylardi.
Ynni dugonasi Suna ba’zida uni hushyor qilishga harakat qilar, lekin Yn jilmayib, faqat shunday derdi:
— "Men bir lahza ichida yuragimni yo‘qotdim, Suna. Endi uni qidirmaslikka o‘zimni majburlay olmayapman."
Universitetdagi barcha bosimga qaramay, Yn ichida o‘sha bir savol tinmay aylanardi:
"U meni eslaydimi? U ham meni izlayaptimi?"
Seul ko‘chalari bahorning to‘liq quchog‘ida edi. Barchasi o‘z joyida, lekin Jimin uchun vaqt xuddi sekin harakatlanayotgandek edi. Har kuni turli mashg‘ulotlar, repititsiyalar, fotosuratlar va videolar — hammasi uning kun tartibida bor edi. Ammo yuragining bir burchagida birgina obraz qolib ketgandi: aeroportda to‘qnashib ketgan o‘sha ko‘zlari sokin, hijobli qiz.
U har safar muxlislar bilan uchrashganida, A.R.M.Ylar orasidan ko‘zlari bilan uni qidirardi. Har bir yuzdan o‘sha tiniq nigohni izladi, har bir tabassum ortida o‘sha sirli hisni axtardi. Ammo afsuski uni topolmasdi.
Oradan Bir hafta o‘tdi. Va nihoyat BTSni yangi konsert mavsumini boshladi. Seulda ulkan stadionda muxlislar to‘plangandi. Yorqin chiroqlar, baland ovozli qichqiriqlar, sahnadagi jonli chiqishlar — barchasi mukammal edi.
Jimin mikrofoni bilan sahnaga chiqarkan, yuragining bir chekkasida yana u savol:
"U shu yerda bo‘lishi mumkinmi?"
U sahnada raqsga tushdi, kuyladi, yuragini qo‘shiq bilan ochdi. Ammo ko‘zlari — ularni bir lahzaga ham auditoriyadan olib qocholmadi. Qorong‘ilikda porlab turgan yuzlar orasidan u qizni izladi.
Jimin chiqish tugagach, sahna ortiga o‘tdi. Nafasi tez-tez chiqardi, ammo yuragi og‘irlashgan edi. U endi buni tan olayotgandi — bir zumlik tasodif uni abadiy ta’sir ostida qoldirgandi.
— "Uni yana boshqa ko‘rmasam kerak..." — deb pichirladi u.
Ammo yuragida hali ham umid bor edi.
BTS konsertining ikkinchi kuni edi.
Stadion atrofida odamlar yana to‘plangan, plakatlar, chiroqlar, qichqiriqlar — barchasi yana jonlangan. Bu safar muxlislar orasida ikki qiz ham bor edi — Yn va Suna. Suna qo‘lidagi chipta bilan xursandlik bilan jilmayarkan:
— "Endi tushundingmi, nima uchun seni o‘sha konkursga qatnashtirgandim?"
Yn bo‘lsa, hali ham ishonolmadi. U chipta yutib, BTS konsertiga kelganidan hayajonda edi. Ammo yuragida begona emas bir qo‘rquv va sog‘inch aralash edi. U shunchaki bir idolni emas, o‘sha aeroportda to‘qnashib ketgan, bir zumda yuragini qamrab olgan yigitni ko‘rmoqchi edi. Bu yigit Jimin edi.
Sahna yoritildi. Qo‘shiq boshlandi. Birin-ketin BTS a'zolari chiqib kelishdi. Va nihoyat... Jimin.
Yn yuragini siqib ushlab oldi. Ko‘zlariga yosh qalqdi. Sahna, musiqa, odamlar — hammasi xira tuyuldi. Faqat Jimin. Uning jilmayishi, harakati, ovozi... Hamma narsa go‘yo u uchun edi. Ichida to‘lqin-to‘lqin tuyg‘ular yugurdi:
— "U menga qarasa-chi? U meni tanisa-chi? Yoki unutganmi?.."
Ammo u hech narsa demadi. Jim kuzatdi. Yig‘ladi. Xursand bo‘ldi. Yana yuragida nimalardir yorildi.
Sahnada esa... Jimin kuylardi.
Qo‘shiq davomida u atrofdagi A.R.M.Ylarni ko‘zdan kechirdi. Sahnadan pastga, yoritilgan yuzlar tomon ko‘z yugurtirdi. Uning ko‘ngli xuddi kimnidir sezayotganday bo‘ldi. Ortiqcha jonlanib kuyladi, yuragi boshqacha urayotgandek edi.
U birinchi qatorlar, o‘rta qatordagi muxlislar orasidan uni izladi. Bir nigohni, bir holatni kutdi. To‘xtadi. Nafas oldi. Yana kuyladi.
Ammo... u qizni hali ko‘rmadi.
Lekin yuragi shivirlardi:
— "U shu yerda. Men uni his qilyapman."
Jimin navbatdagi qo‘shig‘ini kuylayotgan edi. Stadion butunlay qorong‘ulashgan, faqat telefon chiroqlari yulduzlar kabi yaltirardi. U qo‘shiqni yuragidan kuylayotgandi. Har bir satrda o‘zini qo‘yayotgandi.
Birdan... yuragi bir lahzaga urmay qoldi. Uning nigohi muxlislar orasidan bir qiyofaga tushdi. Yuzlab yuzlar orasida u ichida:
— Bu axir o‘sha qiz-ku. dedi.
Ha u qiz haqiqatdan ham Yn edi. U Suna bilan yonma-yon turardi, lekin Jimin uchun u yagona porlagan yulduz edi. Boshqacha edi. Jimin bir soniya ko‘zlarini olib qochdi, yuragini tinchlantirishga urindi. Ammo bo‘lmadi. Yana qaradi. U adashmagan edi. Bu aynan o‘sha qiz edi. Aeroportda to‘qnashib ketgan, yuragiga muhrlangan, bir oy davomida sira unuta olmagan qiz.
Jiminning ovozi biroz qaltiradi. Ammo u kuylashda davom etdi. Endi har bir satrni unga bag‘ishlagandek kuylardi. Qizni kuzatar, ko‘zlaridan ayrilolmasdi. Boshqa a’zolar harakat qilayotgan paytda u o‘sha yerda — A.R.M.Ylar orasida, olomon orasida — faqat Uni ko‘rib turardi.
Yn esa hayratda edi. Jimin unga qarayotgandi. To‘g‘ri ko‘zlariga. Qiz yuragini tutib oldi. Bu tush emasdi. Bu real edi. Jimin uni tanigandi. Qaragandi. Ichidagi har bir savol javobini topgandi:
— “Demak... u meni unutmagan.”
Qo‘shiq tugagach, Jimin nigohini uzoq ushlab tura olmadi.
Shunday qilib BTS a’zolari keyingi qo'shiqqa tayyorlanish uchun kiyim almashtirish xonasiga qaytishdi. Har biri terga botgan, ammo yuzlarida xotirjamlik bor edi. Bu ulkan shou edi. Barchasi muvaffaqiyatli o‘tdi.
Jungkook suv ichib, kresloga cho‘zildi:
— “Wow... bu kecha haqiqiy portlash bo‘ldi. Armylar rosa baxtli edi.”
Ammo Jimin jim edi. U hali ham o‘ziga kelmagan, ko‘zlari bir nuqtaga qadalgan. Nihoyat, chuqur nafas olib, Jungkookga qaradi:
— “Kook... bugun uni ko‘rdim.”
Jungkook qiziqib qaradi:
— “Kimni?”
Jimin yengilgina kulimsiradi, ammo ko‘zlarida hayrat aralash iztirob bor edi:
— “O‘sha qizni... aeroportda to‘qnashib ketganimizni eslaysanmi? Uning ko‘zlari, nigohi... bugun muxlislar orasida o‘sha ko‘zlarni ko‘rdim.”
Jungkook biroz hayron bo‘lib, o‘rnidan turdi:
— “Jiddiy gapiryapsanmi? Ishonching komilmi bu o‘sha qiz ekaniga?”
Jimin yelkasini qisdi, yuragini ushlab:
— “Bilmayman... ammo ichimda bir narsa o‘sha u edi deb qichqiradi. Qo‘shiq aytayotganimda, nigohlarimiz to‘qnashdi. Bu tasodif emasdi, Kook. U yerda edi.”
Jungkook unga qarab boshini qimirlatdi:
— “Agar u qiz taqdiringda bo‘lsa, yana yo‘lingga chiqadi, Jimin. Balki bu boshlanishdir.”
Jimin hech nima demadi. Faqat yuragida o‘sha nigohni qayta-qayta eslayverdi. Qayta uchrashuv bo‘lishiga chin dildan umid qildi.
Jimin sukutda o‘tirarkan, qolgan a’zolar asta-sekin gapni sezishdi. Yonggi uning o‘zgargan holatini sezib:
— “Bolalar, Jimin bugun boshqa. Ko‘zlari ham, yuragi ham... hmmm.”
Taehyung (V) jilmayib Jimin oldiga o‘tdi:
— “Ayt-chi Jimin, bizdan nima yashiryapsan? Konsertdan ko‘ra muxlislar orasidagi kimdir senga ko‘proq ta’sir qoldirganga o‘xshaydi?”
Namjoon qo‘lida turib qolgan mikrofonni yon tomonga qo‘yib, jiddiy ohangda:
— “Jimin, rostini ayt, sen qaysidir ARMYni sevib qoldingmi? Qiziq bu qaysi ARMY qiz bo‘lishi mumkin balki u qiz xristiandir yo‘q yo‘q bunday bo‘lishi mumkin emas. Oxirgi marotaba Arabistonga borganimizda Jiminga musulmon qizlar yoqqan edi.
Namjoonni bu gapidan so'ng Jiminni ko‘zlari bilan yalq etib Namjoon tomonga qaradi. Namjoon esa uni bu qarashini sezgandan so'ng Jiminga qarab kulib:
— Bu qaraya Yonggi bu gaplarim rostga o‘xshaydi.
—Jimin nima sen musulmon qizni sevib qoldingmi deb savol berdi.
Shunda Namjoon yana hazilkash ohangda:
— Yigitlar qaranglar Jiminni yuzidan qizarishni boshladi!”
Namjoonni bu gapidan keyin yigitlar baravari kulib yuborishdi. J-Hope esa qo‘llarini yig‘ib, hazil aralash dedi:
— “ Biz senni u qizga qarab yurganingni ko‘rdik. Hatto qo‘shiq aytayotganingda ham ko‘zlaring doim bitta nuqtada edi. Armyni emas, bir odamni izlayotgandek eding.”
Jimin yengilgina kuldi, ammo yuzidagi qizillik yashirib bo‘lmasdi:
— “Men... haqiqatda uni ko‘rdim. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, yuragim unga intildi. Men bilmayman bu sevgi bo‘ladimi yoki yo‘q, lekin... u boshqacha edi.”
Taehyung uning yelkasiga urdi:
— “Mayli, agar u qiz seni baxtli qiladigan bo‘lsa, biz ham seni qo‘llaymiz. Musulmonmi, koreysmi — muhabbat til tanlamaydi, to‘g‘rimi?”
Yigitlar kulishdi, lekin yuraklarida Jiminning holatini tushunishdi. Chunki sevgi, albatta, eng kutilmagan paytda kelardi.
Yigitlar birgalikda kulib turishganda Menejer kelib:
— Yigitlar qani tezda oxirgi konsertga chiqamiz shoshilinglar qani.
Menejerni bu gapidan so'ng Namjoon yigitlarga qarab:
— Yaxshi yigitlar ketdik qani so'nggi qo‘shig‘imiz chiroyli yakunlaylik dedi.
Shundan so'ng yigitlar kiyinish xonasidan sahna tomonga qarab chiqib ketishdi.
Va nihoyat stadion ichidagi yoritgichlar o‘chdi, musiqa sadolari ostida ular yana chiqib kelishdi. Va oxirgi qo‘shiqlarini aytishni boshlashdi. Jiminni ko‘zlari hamon Yn turgan tomonda qarab qo'shiq aytardi. Shunday qilib ularni oxirgi qo'shiqlarini yakunlashdi
Hammo A.R.M.Ylar hali ham orzu bilan ulardan yana bir qo‘shiq kutishardi. Jimin va BTS a’zolari sahnada jilmayib, muxlislar bilan xayrlashib sahnani tark etishdi.
Konsert nihoyasiga yetgach, minglab odamlar sahnaga qarsaklar bilan xayrlashardi. Yn esa jim turardi. U quvonchdan emas, yuragida borgan sari kuchayib borayotgan g‘alati tuyg‘udan titrardi.
Suna Ynga nimadir bo‘lganini sezib:
— “Senga nima bo‘ldi? Ko‘rinishing g‘alati,” — dedi pichirlab.
Yn ko‘zlarini sahnadan uzmay dedi:
— “Bu imkonsiz... ammo u meni ko‘rdi. Men bunga ishonaman.”
Suna ajablanib qaradi:
— “Kim ko‘rdi?”
Yn bir yutindi, lekin yuragini to‘xtatib bo‘lmasdi.
— “Jimin... sahnada men tomonga qaradi. Nigohlarimiz yana to‘qnashdi. Men yana uni ko‘rdim, Suna. Men uni... unutolmadim.”
Suna jim bo‘lib qoldi. Chunki u do‘stining bir oydan beri qanday kechalarni bedor o‘tkazganini, darsda, kofe ichayotganda, yo‘l yurayotganda qanday qilib bir nigohni esdan chiqara olmayotganini bilardi. Endi esa o‘sha nigoh yana u tomonga qaytgandi.
Yn chuqur nafas oldi, yuragi gupillab urardi.
— “Balki bu taqdirdir... ammo men uni faqat sahnada emas, hayotda ham yana ko‘rishni istayman.”
Ular jim qadamlar bilan ayeroportdan chiqqan ilk kundagidek bir-biriga suyangancha odamlar orasiga aralashib ketishdi. Ammo ikki qalb — biri sahnada, biri tomoshabinlar orasida — allaqachon bir-birini tanib ulgurgandi.