하늘에 담지 못한 사랑. Haneure damji motan sarang. Samoga sig'magan sevgi. 5 qism Sunli 𝐁𝐀𝐍𝐆𝐓𝐀𝐍 𝐓𝐀𝐋𝐄𝐒
Iblirlar saroydan yashirincha chiqib ketgan Taehyung, Marin va Yonggi qorong'u tun bag'rida sokin qadam tashlab, o‘rmon tomon yo‘l olishdi. Havoda tunning sovuq shabadasi esar, shoxlar orasidan esa Oyning xira nuri ularning yo‘llarini yoritardi.
Taehyung Marin bilan Yonggini o‘zi boshlab ketar, vaqti-vaqti bilan orqaga qarab, ta’qibchilarning yo‘qligiga ishonch hosil qilardi. Yonggi esa orqada yurar, har bir shovqinga sergaklik bilan quloq solardi. Ularning nafaslari sovuq havoda ko‘rinib turar, ammo hech kim bir og‘iz ham so‘z aytmasdi.
Saroyning gumburlagan bazmi ortda qolgan, endi faqat o‘rmonning sokin, qorong'u va sirli tovushlari ularni o‘rab olgan edi. Taehyung har qadamda Marinni qo‘llaridan ushlab, uni himoya qilganday yonidan bir qadam ham chekinmasdi. Marin esa hali ham bo‘layotgan ushbu voqealarga ishonolmay, Taehyungga qarab yurardi. Uning yuragi qo‘rquv va umid bilan birga urardi.
Oradan sal vaqt o‘tib, ular o‘rmonning qalin daraxtzor qismiga yetib kelishdi. Bu yerda saroydan keladigan hech qanday tovush eshitilmasdi. Nihoyat Taehyung bir quyuq daraxt soyasida to‘xtab past ovozda shunday dedi:
— Biz shu yerda biroz dam olamiz.
Marin charchoqdan to‘xtab, yuragini qo‘li bilan bosdi. Yonggi atrofga ko‘z yugurtirib, xavfsizligini tekshirardi. Taehyung esa Marinni yoniga cho‘kib, unga ohista dedi:
Bu orada O‘lmaslar qiroli Jeonning o‘g‘li, shahzoda Jungkook, Marindan xabar olish uchun uning uyiga borayotgan edi. Bir payt u Marinni uyiga yaqin bo'lgan qishloqdan qora tutun chiqayotganini ko‘ridi. Uning yuragi nimadir sezgan kabi qishloq tomonga qarab ot soldi.
Jungkook qorong‘ulik va chang ichida qolgan qishloqqa kirar ekan, u chuqur nafas oldi. Yo‘llar vayron, uylardan ko‘tarilgan tutun hali ham tarqalmagandi. U ko‘zlari yoshga to‘lgan, chang bosgan yuzli bir yosh bolani ko‘rib, unga yaqinlashdi:
— Ey bola, bu yerda nima yuz berdi? — so‘radi Jungkook.
Bola unga qarab, yig‘lagan ko‘yi javob berdi:
— Iblislar qiroli Taehyungning bosh vaziri Syavdun askarlari bilan kelib qishlog‘imizga hujum qilishdi... Ko‘p odamlarni o‘ldirishdi... Ayollar va qizlarni esa olib ketishdi...
Jungkook bu gaplarni eshitishi bilan yuragi muzlab ketdi. Bir soniyadan ortiq o‘ylab turmay, darhol o‘rmon ichkarisidagi Marin yashaydigan uy tomonga yugurdi.
U qalin daraxtlar orasidan o‘tib, nihoyat Marin uyiga yetib keldi. Ammo uy avvalgidek tinch va sokin emasdi. Eshigi ochiq, ichkarisi esa ag‘dar-to‘ntar edi. Stollar ag‘darilgan, buyumlar sochilib yotardi.
Jungkook vahima ichida uyning har bir burchagini yugurib, baqirib Marinni chaqirardi:
— Marin! Marin, qayerdasan?!
U har bir xona, har bir burchakni qidirdi, ammo Marin izsiz g‘oyib bo‘lgandi. Nihoyat, uning ko‘zlari stol ustiga sanchilgan holda qolgan qolgan iblislarning kamon o‘qgan tushdi.
Jungkook o‘qni qo‘liga olib sinchiklab ko‘rdi va yuragidan nimadir uzulib tushgandek bo‘ldi.
Shahzoda Jungkook stol ustidagi kamon o‘qini mahkam ushlab, mushtini qattiq qisdi. Ko‘zlaridagi mehribonlik o‘rnini endi sovuq g‘azab, qasos alangasi egallagan edi.
U kamon o‘qiga qarab, ovozini titratib shivirladi:
— Agar Marin... Agar unga biron bir narsa qilgudek bo‘lsang, Kim Taehyung...
Uning ovozi asta-sekin g‘azabga to‘lib:
— Men seni... seni va butun iblislaringni yer bilan yakson qilaman! Sening saroyingni ham, shon-shuhratingni ham kulga aylantiraman! Va seni kulini ko‘kka sovuraman!
Uning ko‘zlari olovdek chaqnadi. Yana bir bor kamon o‘qini siqib, so‘ng stol ustiga tashladi. U nafrat va azob ichida o‘girilib, qadamlarini yerga qattiq bosgancha uydan chiqib ketdi.
Qorong‘ulik ichiga singib ketar ekan, uning ortidan faqat sovuq shamol va ichidagi qasos alangasi ergashardi.
Shunday qilib Shahzoda Jungkook o‘lmaslar saroyiga qaytdi. U Saroyga yetib kelishi bilan xizmatkorlardan birini oldiga chaqirib, shunday buyruq berdi:
— Zudlik bilan barcha askarlarni to‘plang!
Xizmatkor ta’zim qilib shoshilguncha yugurib ketdi. Saroy hovlisida esa allaqachon harakat boshlanib, jangga shaylanayotgan askarlarning tovushi eshitila boshladi.
Bu shovqinni eshitgan o‘lmaslar qiroli Jeon, o‘z o‘rnidan turib, qattiq qadamlar bilan Jungkook yoniga bordi.
— Nima bo‘lyapti, Jungkook? — dedi u hayrat va xavotir aralash ovozda. — Nega askarlarni shoshilinch ravishda to‘playapsan?
Jungkook to‘xtovsiz nafas olib, g‘azabdan yuzlari qizarib, otashli nigoh bilan otasi javob berdi:
— Men iblislar qiroli Kim Taehyung va uning iblislari bilar birga yo‘q qilmoqchiman ota!
Qirol Jeon bu gaplarni eshitgach bir lahzaga sukutga cho‘mdi, ammo Jungkookning ko‘zlaridagi qat’iyatni ko‘rib ortiqcha so‘z aytishni istamadi.
Jungkook esa hech ikkilanmay otiga mindi. Askarlar safga tizilishdi. Yong‘in kabi g‘azab uni oldinga undardi. U barcha kuchi va yuragidagi qasos alangasi bilan saroy darvozasidan chiqdi va o‘z askarlari bilan birga iblislar saroyi tomon yo‘l oldi.
Tun sukunatida faqat otlarning poyqadam tovushi va jangga tayyorlangan qilichlarning jiringlashi eshitilardi. Bu safar Jungkookni hech narsa to‘xtamasdi — u Marinni qutqarish va adolatni o‘rnatish uchun hamma narsaga tayyor edi.
O'rmon sukunatida faqat shamol shivirlayotgandi. Taehyung, Marin va Yonggi ehtiyotkorlik bilan oldinga qarab yurishardi. Marinning yuragi qattiq urardi, u Jungkookni yana ko‘rishni xohlardi, lekin birdan...
Shu paytda Taehyungning ko‘zlari uzoqda otliq askarlar safini ilg‘adi. U diqqat bilan qaradi — oldinda, oq ot ustida shahzoda Jungkook kelayotgan edi.
Marin ham ularni ko‘rishi bilan nafasi ichiga tushdi. U bir zumda Taehyung tomon qaradi, lekin Taehyung unga yengilgina boshini qimirlatib ruxsat bergandek qildi.
Shu zahoti Marin va Jungkook bir-birlariga qarab yugura boshlashdi. O‘rtalaridagi masofa qisqarar, yuraklari kuchliroq urar edi.
Nihoyat, ular bir-birlariga yetishdi. Marin yig‘lab Jungkookning bag'riga otilib ketdi, Jungkook esa uni mahkam quchdi, xuddi hech qachon qo‘yib yubormaslikka ahd qilgandek.
Ular orasida so‘zsiz, dardli bir quvonch suzib yurar edi.
Ammo... Taehyung ularning quchog‘ida birlashganini ko‘rib, ich-ichidan yonib ketdi. Qalbi yana bir bor sinib tushgandek bo‘ldi.
U kulgili niqob ortida yashirib yurgan his-tuyg'ulari — sevgisi, orzulari — shu lahzada yana bir marta chil-parchin bo‘ldi.
U o‘zini ichidan qattiq tutdi, ko‘zlarini yumdi va o‘ziga pichirladi:
"Men faqat uning baxtini xohlayman... hatto bu baxt mening yuragimni yondirsa ham..."
Shu tarzda Taehyung ortga bir qadam chekinib, ularning quvonchini jim kuzatdi. Yonggi esa uni yonidan indamay kuzatardi. U Taehyungning yuragi qanday tilka-tilka bo‘layotganini sezmaslik imkonsiz edi...
Jungkook Marinni mahkam quchganicha, uning ko‘zlariga mehr bilan qaradi.
— Marin, ahvoling yaxshimi?. — Ular senga hech nima qilishmadimi?
Marin unga tabassum qildi, ko‘zlari yoshdan namlangan edi.
— Yo‘q, — dedi u boshini silkitib. — Iblislar menga zarar yetkaza olishmadi. Meni ularning changalidan Tae va uning do‘sti Suga qutqarib qoldi.
Jungkook Marinning so‘zlarini eshitgach, boshini yengil qimirlatdi. Ko‘zlari minnatdorchilik va iliqlik bilan Taehyungga qaradi.
Jungkook bir qadam tashlab Taehyungga yaqinlashdi va qattiq, ammo do‘stona ohangda dedi:
— Tae, ahvoling yaxshimi? Ancha bo‘ldi seni ko‘rmaganimga. Ko‘ryapman, ancha o‘zgarib ketibsan.
Taehyung, vazminlik bilan bosh irg‘adi.
— Ha, shunday, — dedi u. — Siz ham o‘zgaribsiz, shahzoda Jungkook.
Ularning ko‘zlari bir lahza tutashdi. Bu nigoh ortida o‘tgan zamonlar, unutilgan do‘stlik va sinovlardan o‘tgan sadoqat yiltirab turardi. Ammo ularning har biri ichida o‘ziga xos iztirobni yashirar edi.
Yonggi esa biroz orqaroqda turib, bu sukutli, murakkab uchrashuvni jimgina kuzatardi.
Shu gaplardan so‘ng Jungkook orqaga burilib, baland ovozda askarlariga buyurdi:
— Hamma saroyga qaytsin!
Askarlar bir ovozda:
— Xo‘p bo‘ladi, zoti oliylari! — deb javob berib, saf tartibida orqaga — o‘lmaslar saroyiga qarab yurishni boshlashdi.
Taehyung va Yonggi ham ortlariga burilib, o‘z yo‘llariga ketishga shaylanishgan edi. Ammo shu payt orqadan Marinning mayin ovozi eshitildi:
— Tae, iltimos, biz bilan o‘lmaslar saroyiga boring!
Taehyung bir zum gangib qoldi. U nima qilishni bilmay, yonidagi Yonggiga qaradi. Yonggi ham hayratda, javobsiz edi.
Shunda Jungkook tabassum qilib, Taehyungga qarab dedi:
— Tae, yur biz bilan.
Taehyung yuragi bir lahza titrab, ichida nimadir o‘zgarayotganini his qildi. U sekin boshini qimirlatib, ko‘zlarini Marin va Jungkookdan olib qochdi. Nihoyat, u ham, Yonggi ham indamay Jungkookning taklifini qabul qilishdi.
Shunday qilib, hammasi birga o‘lmaslar saroyiga qarab yo‘l oldi. Yo‘l bo‘yi hech kim hech narsa demadi. Har kim o‘z o‘yiga cho‘mgan, yuragida sokin, ammo chuqur to‘lqinlar uyg‘ongan edi.
Ular uzoq yurib, nihoyat o‘lmaslar saroyining baland va ulug‘vor darvozasiga yetib kelishdi. Saroy eshiklari shovqin bilan ochildi va ularning kirishini kutib turgan o‘lmaslar qiroli Jeon ko‘zlariga tashlandi. U beqaror qiyofada o‘g‘li Jungkook va uning ortidan kelayotgan begona yuzlarga qarardi.
Qirol Jeon qattiq qadamlar bilan oldinga yurdi va Maringa bir oz sovuq nigoh tashlab, o‘g‘liga yuzlandi:
— Jungkook, bu qiz kim bo‘ldi? — dedi ovozi qattiq va talabchan ohangda yangrab.
Jungkook bir qadam oldinga chiqdi, ko‘zlarini yerga qaratmadi, u baland va ishonchli ovozda javob berdi:
— Bu qiz Marin, ota. Men uni sevaman. Va... kelajakda unga uylanmoqchiman.
Bu gap saroy ichidagi havoni birdan og‘irlashtirdi. O‘lmaslar qiroli Jeonning qiyofasi bir zumda o‘zgarib, yuzida qahr va g‘azab alangasi chaqnadi. Uning qattiq ko‘zlari bir Jungkookga, bir Marin tomon tikildi. Saroy devorlari ham qirol Jeonning g‘azabidan larzaga kelgandek tuyuldi.
O‘lmaslar qiroli Jeon g‘azabini ichiga yutib, nigohini Jungkook va Marin ortida turgan ikki notanish yigitga qaratdi. Bir lahza ularning qiyofasini diqqat bilan ko‘zdan kechirdi. Ayniqsa, ulardan biri — Taehyung ko‘rgan zahoti uning hayolida allaqanday unutilgan bir xotira uyg‘ondi.
Qirol Jeon sekin ularning tomoniga yaqinlashdi. Qadamlari og‘ir va mulohazali edi. U to‘g‘ri Taehyung oldiga kelib, chuqur nafas olib, sokin lekin sinchkov ohangda dedi:
— Bolam, sen bilan ilgari qayerdadir uchrashmaganmizmi?
Taehyung ichidan qattiq chayqaldi. U qiroli Jeonni juda yaxshi tanirdi. 200 ming yil avval ular o‘rtasida hayot-mamot jangida to‘qnash kelishgandi. O‘sha paytda qiroli Jeon kuchga to‘la, qudratli jangchi edi. Endi esa u keksayib qolgan, ammo ko‘zlarida o‘sha o'tli ruhi hali-hanuz porlab turardi.
Taehyung qattiq bosh egib, sovuqqonlik bilan javob berdi:
— Yo‘q, zoti oliylari, biz ilgari uchrashmaganmiz, — dedi.
O‘lmaslar qiroli Jeon Taehyungning javobini eshitgach, bir lahza unga sinchkov qarab turdi. So‘ng og‘ir nafas olib:
— Yaxshi, — dedi va orqasiga o‘girilib, indamay u yerdan uzoqlashdi.
Saroy ichiga yana og‘ir sukunat cho‘kdi.
Shunday qilib hamma o‘z xonasiga va ishlariga qaytdi. Shahzoda Jungkook esa xizmatkorlarga Taehyung va Yonggi va Marin uchun xona tayyorlashni buyurdi. Hayot har kimga o'z ne'matni bergan edi. Kimdir Marin va Jungkookni sevgisini qo'llash kim buni qoralar edi. Xuddi shunday odamlardan biri O‘lmaslar qiroli Jeon edi. U
o‘zining xonasida bosh vaziri Long Yun bilan yuzma-yuz o'tirib Marin va Jungkook haqida gaplashib o‘tirardi. Xonani og‘ir sukunat egallagan, faqat olov alangasi sekin-sekin shitirlar, havoda qattiq o‘y-fikr va xavotir nafasi suzardi.
Qirol chuqur nafas olib, Long Yunga qarab gap boshladi:
— Long Yun, endi nima qilamiz? — dedi u g‘azabli ohangda. — O‘g‘lim qandaydir zoti past, kelib chiqishi noma'lum qizni sevib qolibdi. Axir biz o‘g‘limni allaqachon sening qizing Minsu bilan unashtirib qo‘ygan edik. Ularning taqdiri yoshligidanoq belgilangan edi!
Qirol Jeon barmoqlari bilan stol ustini ohista taqillatdi. Ko‘zlarida g‘azab va qayg‘u aralashgan edi. U so‘zlarini davom ettirdi:
— Endi esa u Marin degan qizni saroyga olib keldi. Buning ustiga, u bilan birga kelgan ikki yigit ham menga shubhali ko‘rinmoqda. Go‘yo... go‘yo men ularni qayerdadir ko‘rganman.
Qirol bir lahza jim qoldi, xotirasida yana iblislar qiroli Taehyung bilan jangning xira tasviri chaqnadi, ammo uni yuzini hali aniq eslay olmasdi.
— Zoti oliylari, agarda bu ish bizning rejamizga to‘siq bo‘lsa u qizni yo'limizdan butunlay olib tashlashimiz kerak.
— Ha shunday qilishimiz kerak Long Yun. Men o‘g‘limni, va taxtimni va butun imperiyani xavfga qo‘ya olmayman.
Shunday qilib Long Yun ertasi kuni erta tongda o‘zining eng ishonchli josuslaridan bir nechtasini chaqirdi. Ularga Qirol Jeonning sirli topshiriqlarini hech qanday savolsiz bajarar edilar. Long Yun ularga sovuq va buyruq ohangida dedi:
— Sizning vazifangiz Marin degan qizni va uning atrofidagi ikki yigitni — Tae va Sugani — yashirin kuzatish. Ularning har bir qadamlarini, har bir so‘zlarini menga yetkazib turinglar. Agar zarurat tug‘ilsa... yo‘q qilishga tayyor bo‘linglar.
Josuslar bosh egib:
— Buyruqlaringizni bajarishga tayyormiz, janob, — dedilar.
Shu kundan boshlab saroy ichida Marin, Taehyung va Yonggini yashirincha kuzatish boshlandi. Ular qayerga borsa, ularning ortidan ko‘zga ko‘rinmas soyalar ergashardilar. Har bir kulgi, har bir sirli ko‘z qarash, har bir shivir-shivir... Long Yunning odamlari bularning barchasini zimdan kuzatib, eslab qolardi.
Long Yun esa har kechasi Qirol Jeon oldiga borib, barcha ma'lumotlarni batafsil yetkazardi. Qirol Jeon esa har safar yuzini yanada chuqurroq g‘am va shubha soyasi qoplab borayotganini sezardi. Chunki u bilardi: oddiy sevgi hech qachon shunchalik kuchli xavf bilan aralashmaydi.
Shunday qilib Long Yun ertasi kuni erta tongda o‘zining eng ishonchli josuslaridan bir nechtasini chaqirdi. Ularga Qirol Jeonning sirli topshiriqlarini hech qanday savolsiz bajarar edilar. Long Yun ularga sovuq va buyruq ohangida dedi:
— Sizning vazifangiz Marin degan qizni va uning atrofidagi ikki yigitni — Tae va Sugani — yashirin kuzatish. Ularning har bir qadamlarini, har bir so‘zlarini menga yetkazib turinglar. Agar zarurat tug‘ilsa... yo‘q qilishga tayyor bo‘linglar.
Josuslar bosh egib:
— Buyruqlaringizni bajarishga tayyormiz, janob, — dedilar.
Shu kundan boshlab saroy ichida Marin, Taehyung va Yonggini yashirincha kuzatish boshlandi. Ular qayerga borsa, ularning ortidan ko‘zga ko‘rinmas soyalar ergashardilar. Har bir kulgi, har bir sirli ko‘z qarash, har bir shivir-shivir... Long Yunning odamlari bularning barchasini zimdan kuzatib, eslab qolardi.
Long Yun esa har kechasi Qirol Jeon oldiga borib, barcha ma'lumotlarni batafsil yetkazardi. Qirol Jeon esa har safar yuzini yanada chuqurroq g‘am va shubha soyasi qoplab borayotganini sezardi. Chunki u bilardi: oddiy sevgi hech qachon shunchalik kuchli xavf bilan aralashmaydi.
Tun tushdi yulduzli osmon Taehyung xonasidan asta-sekin chiqib, yulduzlarga to‘la osmon sari g‘amgin ko‘zlar bilan qarab turdi. Shamol uning uzun qora sochlarini yengil tebratar, yuragidagi og‘riqni esa hech nima yengillashtira olmasdi. Shu payt, uning yoniga Yonggi kelib, past ovozda so‘radi:
— Zoti oliylari... endi nima qilamiz?
Taehyung chuqur xo‘rsinib, nigohini osmondan uzmasdan javob berdi:
— Bilmayman, Yonggi... Men faqat Marinni sevaman. Bugun Marindan eshitdim... ikki kundan keyin Jungkook bilan to‘ylari bo‘larkan...
Yonggi bu gapni eshitib, beixtiyor hayratini yashira olmadi:
— Zoti oliylari, axir...
Ammo Taehyung uning gapini yarim yo‘lda to‘xtatdi, yuzida achchiq tabassum bilan:
— Bas, Yonggi. Yetar... Men shunchaki Marinning baxtli bo‘lishini istayman.
So‘ng bir lahza jim turib, ko‘zini yumdi va davom etdi:
— Ha, aytgancha, Yonggi... ertaga narsalarimizni yig‘ishtir. Biz bu yerni tark etamiz. Iblislar saroyiga qaytamiz.
Yonggi og‘ir xo‘rsinib, bosh irg‘ab rozi bo‘ldi. Ularning bunday g‘amgin va sadoqatli suhbatini esa soyadek suzib yurgan ayg‘oqchilar eshitib, jimjitlikda g‘oyib bo‘ldilar. Ular bu xabarni tez orada Long Yunga yetkazishlari kerak edi...