Unutilgan o‘zlik 3 qism Sunli 𝐁𝐀𝐍𝐆𝐓𝐀𝐍 𝐓𝐀𝐋𝐄𝐒
Oradan 10 yil o‘tdi. Harbiy baza devorlari o‘zgarmadi — hali ham sovuq va jim edi. Bu shafqatsiz vaqt ichida faqat egizak bolalar ulg‘aygan, edi. Ular endi 16 yoshda edilar.
Taehyung va Jungkook shu yillar ichida turli-tuman tajribalarga duch keldi. Ularning ustida inson miyasining bardoshliligi, his-tuyg‘ularni o‘chirish, og‘riqqa bo‘lgan munosabat, hatto ruhiy sinish chegaralarini aniqlashga qaratilgan tajribalar muntazam o‘tkazildi.
Har bir tajriba — bu og‘riq, qo‘rquv, kuchli ruhiy bosim edi. Bolalar endi og‘riqqa o‘rganib qolishgandi, lekin ularning yuragidagi insoniylik hali to‘liq so‘nmagandi.
Ayniqsa, Taehyung ularga ich-ichidan qarshilik ko‘rsatardi. Ba’zida, tajriba boshlanishidan oldin, u o‘zini himoya qilishga urinar, hatto yordamchilarga baqirib qarshilik ko‘rsatgan paytlari bo‘lgan. Uning ko‘zlarida doimo savol bo‘lardi: “Nega aynan biz? Nega bu azoblar bizning boshimizga tushgan?” degan savollarning tinmay qaytarar edi.
Professor Sonjin esa Taehyungni bunday qarshiliklarga befarq qarardi. Unga insoniylik emas, natija kerak edi. Shunday paytlarda Taehyungga maxsus psixologik ta’sir ko‘rsatadigan dori berilardi — bu dori uning fikrini xira qilardi, qarshilik istagini so‘ndirardi, tanani bo‘shashtirardi.
Yordamchilardan biri har doim shunday derdi:
— 56-chi eksperimentdan oldin dozani oshiring. U yana norozilik bildiradi.
Dori ta’sirida Taehyungning nigohi xiralashardi, harakati sustlashardi. U tanasi o‘ziga tegayotganini, ichkarida biror narsa sinayotganini sezsa ham, qarshi chiqishga kuchi yetmasdi. Bu holatlar keyinchalik unga og‘ir ruhiy iz qoldirdi.
Jungkook esa ko‘proq sukut bilan yashardi. U ham bardosh berardi, lekin ich-ichidan asta yemirilardi. U akasining holatini ko‘rganida yuragi siqilardi, lekin yordam bera olmasdi — devorlar ularni bir-biridan ham, erkinlikdan ham ayirgan edi.
Shunday qilib, o‘n yillik zulm, tajribalar va doimiy nazorat egizaklarning bolaligini, orzularini, hatto ba’zida o‘zini ham tortib olgan edi. Ammo yurakda bir nimadir hali so‘nmagandi.
Qorong‘i, tor xona. Derazasi yo‘q, faqat shiftda doimiy charaqlab turadigan sovuq lampochka. Taehyung temir karavotda qimirlamay o‘tirardi. Yelkalari bir oz titrayotgandek, ammo bu sovuqdan emas edi — bu yuragidagi g‘azabning titrashi edi.
Uning nigohi devorga qadalgandi, lekin ko‘zlari ko‘rmasdi — u o‘z xayollari ichra suzardi.
"Men uni o‘ldirmoqchiman..." deb pichirladi u titroq ovozda. "Professor Sonjin. Shu yillar davomida bizga qilganlari uchun... meni ham, ukamga xuddi hayvon kabi muomala qilgani uchun..."
Uning kaftlari qattiq musht qilib tugildi. Tirnoqlari terisiga sanchildi, ammo u bu og‘riqni sezmadi ham. Chunki bu og‘riq — yuragidagiga nisbatan hech narsa edi.
"Men har kuni, har tun bu devorlardan tashqarida kimdir kelib bizni qutqarar, bu vahshiylik tugaydi deb o‘yladim. Lekin hech kim kelmadi. Hech kim bizni izlamadi...ham."
U yelkasini devorga suyab, ko‘zlarini yumdi.
"Umid... qanday kulgili so‘z. Men uni o‘ldirdim. Shu yerda, shu xonada, har bir tajribadan keyin asta-sekin umidimni o‘ldirib bordim. Endi menda faqat nafrat bor."
Ko‘zlarini ochdi — bu nigoh endi bolaga emas, yillar davomida ruhiy va jismoniy azobda yetilgan, ichkaridan toshga aylangan yigitga tegishli edi.
"Men endi insoniyatga ishonmayman. Ular bu bazadagi insonlardan kabi farqi yo'q. Ular hattoki bizni izlqshmadi ham. Ular bizni butkul unutdi."
U yuragini mushtlagandek bir harakat qildi:
"Men endi faqat bir narsani istayman. Qasos. Professor Sonjin mening orzularimni yo‘q qildi — men esa undan mendan nimani tortib olgan bo‘lsa men ham unga shunday qilmoqchiman. Ammo men undan birdaniga emas. Sekin, og‘riqli va unutib bo‘lmaydigan tarzda."
Xonada yana sukunat hukm surdi. Faqat yurakning qattiq va to‘xtovsiz urushi eshitilardi — unda endi umid emas, nafrat yashardi.
Ertalabki sovuq va sukunatni laboratoriyadagi og‘ir qadam tovushlari buzdi. Professor Sonjin ikki qo‘riqchi bilan birga Taehyung va Jungkookni o‘zining mash’um tajriba xonasiga yetaklab keldi. Xona ichida ko‘plab monitorlar, infuzion apparatlar, qon bosimi o‘lchagichlar, yurak ritmini ko‘rsatuvchi ekranlar va ignalar bilan to‘ldirilgan stol ustidagi kichik metall qutilar bor edi. Har bir narsa og‘irlik va jimjitlikda gapirayotgandek tuyulardi.
Ikki egizak — hozirda 16 yosh atrofida bo‘lgan, ammo bolaligidanoq azobni tanigan, ko‘zlarida qo‘rquv va holdan toyganlik aks etgan Jungkook va Taehyung — yana tajriba stollariga kuch bilan yotqizildi. Ularning qo‘l-oyoqlari temir kishanlar bilan mahkamlangan edi.
Professor Sonjin chuqur nafas oldi, so‘ngra shifokorlariga qarab:
— Bugun biz shu yillar davomida amalga oshirishni orzu qilgan tajribamizni — eng so‘nggi, eng muhimini amalga oshiramiz!
— Tezda suyuqlikni Jungkookka yubor!
Taehyung birdan o‘zini yo‘qotdi, ko‘zlarida vahima bilan:
— Yo‘q! Yo‘q! Jungkookga tegmang! U bunday og‘riqqa boshqa dosh berolmaydi! Professor Sonjin, iltimos qilaman... o‘sha tajribangizni menga qiling, faqat ukamga tegmang!
Ammo Professor Sonjin sovuq tabassum bilan bosh chayqadi:
— Yo‘q, Taehyung. Sen bu tajribaga mos kelmaysan. Faqatgina Jungkookning organizmi kerakli darajada moslashgan. Bu faqat unga tegishli!
Bu gaplarni eshitgan Jungkook , akasiga qarab:
— Aka... akajon... yordam bering... aka... aaaa... yo... rrr... dam be... ring... Aka...
Taehyungning ko‘zlarida yosh, yuragida portlashga tayyor g‘azab bor edi. U bo‘g‘iq tovushda:
— Qasam ichaman, Professor Sonjin! Ukamga qilgan barcha zulming uchun javob berasan. Bu mening seni qasam ichib aytaman. Bir kun biz bu yerdan qochamiz. Keyin men seni, bu la'natlangan laboratoriyang bilan birgalikda yo‘q qilaman!
Bu gaplardan Sonjinning yuzi qizarib, ko‘zlari g‘azabdan chaqnadi. U tishlarini g‘ijirlatib, yonidagi yordamchisiga qichqirdi:
— Tezda! Suyuqlikni Jungkookka emas... manabu tilga ega bo‘lgan itiga yubor!
Shifokor ko‘zlarini katta ochgancha buyruqni bajardi. Maxfiy suyuqlik to‘ldirilgan igna Taehyungning vena tomiriga sanchildi.
Bir necha soniya ichida Taehyungning rangi oqarib ketdi. Uning butun vujudi qaltiradi. Ko‘zlaridan qon sizib chiqdi. Monitor esa yurak urishini ko‘rsatib turgan chiziqni asta-sekin to‘g‘rilay boshladi... So‘ng chiyillagan ovoz ostida butunlay tekis chiziqqa aylandi.
Taehyung — yuragi urishdan to‘xtagan edi.
Professor Sonjin uning sovuq jasadiga kulib qaradi, go‘yo o‘zining g‘alabasini nishonlagandek:
Ammo Jungkook akasining yuragi urmayotganini ko‘rib, ko‘zlaridan yosh bilan tishlarini g‘ijirlatdi. U stolda silkinib, kishanlardan qutulishga urinib, hayqirdi:
— SEN IFL@S IT!!! Ming la’nat senga! Ming la’nat senga o‘xshaganlarga!!! Aka... akajon... Taehyung... yo‘q... Akaaaa!!! — u qattiq yig‘lardi, yuragini yorib chiqqan alam, qayg‘u va g‘azab birlashgan edi.
Xonada faqat yurak monitorining to‘xtagan chiyillashi, yig‘i va jinoyatga guvoh bo‘lgan apparatlarning jimjimi tovushi eshitilardi...
Professor Sonjin Jungkookning bu gaplarni eshitib, birdan g‘azab bilan orqaga o‘girildi. Uning ko‘zlarida qahr, mag‘rurlik va zulmat charaqlab turardi. U og‘ir qadamlar bilan Jungkook tomonga yaqinlashdi. Bolaning yosh to‘la, alamli ko‘zlariga tik boqdi va:
— Qanday jur’at bilan menga bunday so‘zlarni aytasan, yalangoyoq yetim bachcha! — deb qichqirdi-da, butun kuchi bilan Jungkookning yuziga shapaloq tushirdi.
Shapaloq tovushi bo‘sh xonada baland yangradi. Jungkookning boshi qattiq bir tomonga og‘ib ketdi, labidan qon sizib chiqdi.
Professor Sonjin burilib, yonida turgan yordamchi shifokorlardan biriga qarab:
— Tezda mana bu itga ham... xuddi akasi kabi... o‘sha suyuqlikdan yuboring!
Shifokor bexos cho‘chib ketdi, ammo buyruqni bajarmasdan iloji yo‘q edi. U ignani tayyorlab, suyuqlikni dori idishidan tortib olib, Jungkookning qo‘lidagi tomirga yaqinlashdi.
— Yo‘q! Yo‘q, iltimos... qilma... Akaa… — deb tinmay Taehyungni jonsiz jasadiga qarab uni chaqirar edi, ammo hech kim uni eshitmasdi.
Ignaning uchlari teriga botganida, Jungkookning butun tanasi titradi. Dori tomiriga oqib kirganida, og‘riq to‘lqini butun vujudini qamrab oldi. Uning ko‘zlari kattalashdi, nafas olish qiyinlashdi.
— Aaaaaaahhh!!! Yo‘oooo‘qq!!! Yoooo‘ooqq!!! Aaaa… og‘riyapti!!! AAAAAAAA!!! — deb qattiq-qattiq baqirardi Jungkook, ovozi devorlardan aks-sado berib qaytardi.
Uning ovozidagi alam, qo‘rquv va og‘riq yurakni teshib o‘tardi. Monitoringdagi yurak urish tezlashib, ekranda notekis ritmlar paydo bo‘la boshladi.
Professor Sonjin esa orqaga chekindi. Uning yuzida biror achinish yoki pushaymondan darak yo‘q edi. U faqat bir narsani o‘ylardi — yillarida davomida qilgan ushbu tajriba muvaffaqiyatini.
Taehyungning yuragi biroz avval to‘xtagan edi. Uning tanasi harakatsiz yotardi, ko‘zlari yumuq, lablari oqarib ketgan. Atrofida jimjitlik hukm surardi. Faqat Jungkookning og‘riqdan qichqirgan ovozi xona ichini titratayotgan edi.
Ammo... Taehyungni ichida nimadir sodir bo‘lardi.
Taehyung tanasiga yuborilgan sirli suyuqlik sekin-asta ta’sir qila boshladi. Uning jonsiz holatda yotgan tanasida mayin titroq paydo bo‘ldi. Ammo yuragi hali ham urmasdi, lekin hayot nurlari asta-sekin qaytayotganday edi. Uning ongida esa, go‘yo boshqa bir dunyo tasviri jonlandi.
U qop-qorong‘i laboratoriyani unutdi. O‘zini keng, quyoshli bog‘da ko‘rdi. U yerda ota-onasi unga mehr bilan boqayotgan, u esa xuddi bolalik chog‘laridagi kabi baxtli holda yugurardi. Barglar ustidan sakrab o‘tayotganida, yuragiga iliqlik yugurdi. U go‘yo ozod edi.
Ammo... to‘satdan bir narsa bu sokinlikni buzildi. Uzoqda... ha, uzoqda — ukasi Jungkookning qichqirgan, alamli, og‘riqli ovozi uning orzudek bog‘idagi tinchlikni yirtib tashladi.
— Aka... aaaa... yordam bering…!
Taehyung birdan to‘xtab qoldi. U orqaga o‘girildi. Quyoshli bog‘ kutilmaganda qorong‘ulashdi. U shovqin eshitdi... sirenalar... monitoring tovushlari... va bir lahzada ko‘zlarini ochib yubordi.
— Jung... kook... — deb pichirladi lablari. Shunda birdan tanasida g‘ayritabiiy o‘zgarishlar boshlanib ketdi.
Uning tanasining har bir qismi titray boshladi. Terisining ostida mushaklari qattiqlashib, yelkasi kengayib bordi. Tirnoqlari shitirlab o‘sib chiqdi — uzun, tig‘dek o‘tkir, qora va kuchli. Qo‘llari va oyoqlari cho‘zilib, tirsak va tizzalaridagi shakl o‘zgarar, oyoqlari xuddi bo‘riga o‘xshash tuzilishga kirar edi.
Eng hayratlisi — uning tanasini mo‘yna bosib borayotgan edi. Qoramtir-kulrang yumshoq tuklar yelkasidan pastga tomon ildam yoyildi. Tishlari esa uzunlashdi, jag‘lari kuchli yirtqichlarnikidek bo‘lib bordi.
Taehyung — u endi oddiy inson emas edi. U — g‘azab va og‘riqdan tug‘ilgan g‘ayritabiiy mavjudotga, qasoskor bo‘riga aylanayotgan edi.
Xonadagi barcha — Professor Sonjin, yordamchi shifokorlar, va hatto og‘riq ichida bo‘lsa ham Jungkook — hammasi hayrat va dahshat bilan unga qarab qolishdi.
Professor Sonjin asta orqaga tisarilar, lablari titrardi.
— Bu... bu mumkin emas… bu... bu tajriba... bunday bo‘lishi kerak emasdi!
Taehyungning ichidagi nafrat uyg‘ongan, va u endi o‘zini emas, faqat qasos olishni istardi.
Taehyung asta-sekin o‘zini insoniylik shaklini yo‘qotayotgan edi. Nafrat, og‘riq, va ukasining qichqirig‘i uning ongini butunlay egallab olgan edi. Ammo bu safar u ojiz emasdi. Bu safar u qudratli, nazorat qilib bo‘lmaydigan kuchga ega edi.
Shu paytda, Jungkookning oldida turgan shifokor unga tomir orqali o‘sha halokatli suyuqlikni yubormoqchi bo‘lib, ignani unga yaqinlashtirdi. Ammo Taehyungning nigohi shu zahoti unga qadalgandi.
— Qo‘llaringni tort undan!!! — deya bor ovozi bilan baqirdi u, ovozidagi g‘azab va kuch laboratoriyani larzaga soldi.
Keyingi lahzada, Taehyung qo‘l va oyoqlaridagi og‘ir metall zanjirlarni kuch bilan yirtib tashladi. Zanjirlar po‘lat tovush bilan yerga quladi.
U yashin tezligida shifokorga tashlandi. Uning g‘azabidan shifokor qochishga ham ulgurmadi — Taehyung uni devorga otib yubordi. Shifokor hushini yo‘qotgancha yerga yiqildi.
So‘ng Taehyung darhol Jungkookning oldiga bordi. Qo‘llaridagi kishanlarni kuch bilan yirtib, ukasini ozod qildi. Jungkook yurakni ezadigan holatda qaltirab, ko‘zlarida yosh bilan unga qarardi.
Taehyung uni bag‘riga bosdi, sochlaridan silab, mehr bilan pichirladi:
— Hammasi yaxshi bo‘ladi, Jungkook. Akang sen bilan. U seni doimo himoya qilaman.
Jungkook akasining quchog‘ida yig‘lardi. Bu iliq quchog‘, bu so‘zlar — uning uchun butun dunyoga teng edi.
Ammo... orqa tarafda qattiq “piq” degan tovush eshitildi.
Professor Sonjin, dahshatdan qaltirab, laboratoriya devoriga o‘rnatilgan favqulodda xavf tugmasini bosgan edi. Uning lablari orasidan nafrat va vahima aralash pichir eshitildi:
— Men seni to‘xtataman, Taehyung. Qanday bo‘lsa ham... seni to‘xtataman...
Bir necha soniya ichida laboratoriyaning eshiklari ochildi. Og‘ir qadam tovushlari eshitildi.
Ichkariga qora zirhli, og‘ir qurollangan harbiylar kirib kelishardi. Ularning har biri qo‘lida lazerli miltiq, ko‘zlarida niqob, yurishlarida esa buyruq bilan harakat qiluvchi mexanizm kabi sovuqlik bor edi.
Taehyung ularni ko‘rdi. U ukasini orqasiga olib, o‘z tanasi bilan himoya qildi. Endi u boshqa bir bor ukasini yo‘qotishga tayyor emasdi.
Laboratoriyani qattiq sukunat egallagan edi. Faqat yurak urishlarining ovozi, nafas olishlar va qurollar harakati eshitilardi. Harbiylar pozitsiyani egallab, miltiqlarini Taehyungga qaratishdi.
Ammo Taehyung endi boshqa inson emasdi. U odam tanasidagi yirtqich edi.
— Ukamga yaqinlasha olmaysizlar... — deya g‘azab bilan g‘o‘ldiradi u.
Uning tanasi butunlay o‘zgargan edi — mushaklari kengaygan, tirnoqlari yiltirab turgan, ko‘zlarida esa bo‘rilar kabi g‘ayriinsoniy yovuzlik chaqnardi.
Lekin Taehyung chaqqonlik bilan harakatlanib, birin-ketin ularni yerga qulatdi. Uning har bir harakati aniqlik bilan bajarilardi. Uning zarbalari devorni titratardi. Dushmanlar yo‘q qilinardi. Qon, qichqiriq va baqiriqlar orasida, u har doim ukasini ortida tutdi, himoya qildi, o‘zini to‘siq qildi.
Nihoyat, so‘nggi harbiy ham yerga yiqildi. Laboratoriya qoni to‘kilib, xarobalikka aylangan edi.
Ammo bu g‘alaba arzon tushmagan edi.
Taehyung tanasi yaralangan, yelkasi sharqirab qon sizib chiqar edi. Nafas olishi og‘ir, yuragi esa g‘am bilan to‘lib ketgan.
Jungkook hali ham hushsiz holda polga yotardi. Uning nafasi sekin, ammo barqaror edi.
Taehyung asta uning yoniga cho‘kdi, unga termildi. So‘ng asta bag‘riga ko‘tardi, boshi ukasining yelkasiga engashdi.
— Men seni bu yerdan olib ketaman... biz bu do‘zaxdan qutulamiz, ukajon...
Shu holatda, Taehyung laboratoriyadan chiqib ketdi. Devorlar qulab tushayotgandek edi, xonalar jimjit, sirli g‘am bilan yomonlikni ichida yashirayotgandek edi.
U uzoq yurdi. Xonalarni, yo‘laklarni, qulfli eshiklarni sindirib yo‘l ochdi. Nihoyat, ochiq havoga chiqqanida, ko‘kka qaradi — tong nurlari ufqda paydo bo‘layotgan edi. Bu umidning ilk nurlari edi.
U Jungkookni bag‘riga bosgancha, o‘rmonga qarab yo‘l oldi.
Yovvoyi daraxtlar, sokin qushlar ovozi va salqin shabada ularni quchoqladi. O‘rmon ularni o‘z bag‘riga oldi — himoya, tinchlik, va ehtimol, ozodlik timsoli sifatida.
— Biz endi erkinmiz. Hammasi endi boshlanadi ular bizga qilgan ishlari uchun javob berishadi...