June 13, 2025
Lingvistika mutaxassisligi magistrantlari dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishmoqda!
Kuni kecha Oriental universitetining “70230101 —Lingvistika (arab tili)” mutaxassisligi magistrantlari uchun dissertatsiya ishlarini himoya qilish jarayonining navbatdagi kuni ilmiy-munozaraviy muhitda tashkil etildi. Dissertatsiya himoyalari davomida magistrantlar o‘z ilmiy g‘oya va xulosalarini asoslab berish, tanqidiy mulohazalarga munosabat bildirish hamda lingvistik muammolar bo‘yicha mustaqil fikr bildirish qobiliyatlarini namoyon etdilar.