O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Oriental universitetida 2026-yil uchun tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) bosqichlariga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul davom etmoqda!

Bugun Oriental universitetining Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti 60310100 – “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayonlari boshlandi. Har bir bitiruv ishi zamonaviy iqtisodiyot tarmoqlarining dolzarb muammolari, ularning yechimlari hamda sohaga oid innovatsion yondashuvlarni o‘z ichiga olganligi bilan ahamiyatga molik bo‘ldi.

Yoz — faqat hordiq emas, balki fikr va ruhni boyitish uchun ham bebaho fasldir. Shu maqsadda Oriental universiteti tomonidan “Kitobxon yoz — 2025” onlayn tanloviga start berilmoqda!

Bugun Oriental universitetida “70410801 —Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” mutaxassisligi magistrantlari uchun dissertatsiya ishlarini himoya qilish jarayonlari boshlandi. Ushbu jarayonlar belgilangan reglament va ilmiy-metodik talablarga muvofiq tarzda tashkil etilib, magistrlar o‘z ilmiy izlanishlari doirasida erishgan nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalarini taqdim etishdi. Himoya jarayoni ilmiy-tahliliy yondashuvlar, savol-javoblar va ochiq munozaralar asosida o‘tdi.

Kuni kecha Oriental universitetining “70230101 —Lingvistika (arab tili)” mutaxassisligi magistrantlari uchun dissertatsiya ishlarini himoya qilish jarayonining navbatdagi kuni ilmiy-munozaraviy muhitda tashkil etildi. Dissertatsiya himoyalari davomida magistrantlar o‘z ilmiy g‘oya va xulosalarini asoslab berish, tanqidiy mulohazalarga munosabat bildirish hamda lingvistik muammolar bo‘yicha mustaqil fikr bildirish qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Kuni kecha Oriental universitetining “70220301 — Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha)” mutaxassisligi magistrantlari uchun dissertatsiya ishlarini himoya qilish jarayonining navbatdagi kuni yuqori ilmiy saviyada va analitik muhitda tashkil etildi. Magistrantlarning dissertatsiya ishlarida tarixiy manbalarni tahlil qilish, arxiv hujjatlari bilan ishlash, tarixiy jarayonlarga zamonaviy yondashuv metodlari asosida ilmiy baho berish kabi yondashuvlar qo‘llangan. Ayniqsa, milliy davlatchilik taraqqiyoti, tarixiy shaxslar faoliyatining bugungi kun uchun ahamiyati, madaniy merosning saqlanishi va o‘rganilishi masalalari alohida e’tibor markazida bo‘lmoqda.

Oriental universitetining 60111900 – “Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi talabalari uchun ham bitiruv malakaviy ishlari himoyasining navbatdagi kuni o‘tkazildi. Talabalar o‘z ilmiy ishlarida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bosqichlarida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, bolalar jismoniy rivojlanishining psixopedagogik asoslari kabi dolzarb mavzularni ilgari surishdi.

Oriental universitetining Filologiya fakulteti 60230100 – “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” yo‘nalishi talabalari uchun ham bitiruv malakaviy ishlari himoyasining navbatdagi kuni o‘tkazildi. Bitiruvchilar tomonidan taqdim etilgan ilmiy-uslubiy ishlarda ingliz tilini o‘qitish metodikasi, til o‘rganish jarayonida innovatsion yondashuvlar, hamda zamonaviy tilshunoslikning nazariy va amaliy masalalari yoritilmoqda.

Bugun Oriental universitetining Pedagogika fakulteti “Pedagogika va psixologiya” hamda “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishlari talabalari uchun bitiruv malakaviy ishlari himoyasining ikkinchi kuni o‘tkazildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy-uslubiy ishlar pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolari, boshlang‘ich ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarga asoslangan holda taqdim etildi.

Bugun Oriental universitetining Filologiya fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” hamda “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” yo‘nalishlari talabalari uchun bitiruv ishlari himoyasining ikkinchi kuni o‘tkazildi. Bitiruvchilarimiz kelajakda mamlakatimiz ta’lim tizimi, tarjimonlik faoliyati va xalqaro aloqalar sohasiga faol hissa qo‘shadilar, degan umiddamiz.