June 17, 2025
Menejment mutaxassisligi magistrantlari uchun dissertatsiya ishi himoyalari boshlandi!
Bugun Oriental universitetida “70410801 —Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” mutaxassisligi magistrantlari uchun dissertatsiya ishlarini himoya qilish jarayonlari boshlandi. Ushbu jarayonlar belgilangan reglament va ilmiy-metodik talablarga muvofiq tarzda tashkil etilib, magistrlar o‘z ilmiy izlanishlari doirasida erishgan nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalarini taqdim etishdi. Himoya jarayoni ilmiy-tahliliy yondashuvlar, savol-javoblar va ochiq munozaralar asosida o‘tdi.