June 11, 2025

Oriental universitetida bitiruv malakaviy ishi himoyalari davom etmoqda!

Bugun Oriental universitetining Pedagogika fakulteti “Pedagogika va psixologiya” hamda “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishlari talabalari uchun bitiruv malakaviy ishlari himoyasining ikkinchi kuni o‘tkazildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy-uslubiy ishlar pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolari, boshlang‘ich ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarga asoslangan holda taqdim etildi.