“Dolzarb 90 kunlik” respublika loyihasi doirasida Oriental universitetidan yangi tashabbus!
Yoz — faqat hordiq emas, balki fikr va ruhni boyitish uchun ham bebaho fasldir. Shu maqsadda Oriental universiteti tomonidan “Kitobxon yoz — 2025” onlayn tanloviga start berilmoqda!
Bu loyiha yoshlarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, tanqidiy tafakkur va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.
1️⃣ Quyidagi asarlardan istalganini (yoki bir nechtasini) o‘qing:
• Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” • Jek London “Martin Iden” • O‘tkir Hoshimov “Tushda kechgan umrlar” • Chingiz Aytmatov “Asrga tatigulik kun” • Endi Sernovits “Sarafan marketing”
2️⃣ O‘qigan asaringiz asosida 1–3 daqiqalik video-taqriz tayyorlang:
• Bu taqrizda sizning hissiyotlaringiz, o‘y-fikringiz va asardan olgan saboqlaringiz ifodalanishi zarur. Taqriz imkon qadar samimiy, ijodiy va ta’sirchan bo‘lishi kerak.
Tanlovda sizni nimalar kutmoqda?
⏺ Eng yaxshi videolar rasmiy kanalimizda e’lon qilinadi. Tanlov yakunida esa eng faol va ijodiy ishtirokchilar munosib rag‘batlantiriladi!
⏺ Tanlov yoz fasli davomida amal qiladi. Tanlov uchun video materiallar @B_Botirov telegram manzilida qabul qilinadi.
Shoshiling! Har bir o‘qilgan sahifa — bu sizning ma’naviy olamingizni boyituvchi bebaho qadamlardir!