June 18, 2025

Iqtisodiyot va AT fakultetida bitiruv malakaviy ishi himoyalari boshlandi!

Bugun Oriental universitetining Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti 60310100 – “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayonlari boshlandi. Har bir bitiruv ishi zamonaviy iqtisodiyot tarmoqlarining dolzarb muammolari, ularning yechimlari hamda sohaga oid innovatsion yondashuvlarni o‘z ichiga olganligi bilan ahamiyatga molik bo‘ldi.