October 20, 2025

DOKTORANTURAGA QABUL DAVOM ETMOQDA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Oriental universitetida 2026-yil uchun tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) bosqichlariga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul davom etmoqda!

Tayanch doktorantura (PhD) uchun jami 3 nafar:

  • 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi – 1 nafar (B1 sertifikat)
  • 13.00.07 – Ta’limda menejment – 2 nafar (B1 sertifikat)

Doktorantura (DSc) uchun jami 2 nafar:

  • 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi – 1 nafar (B1 sertifikat)
  • 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti – 1 nafar (B2 sertifikat)

Tayanch doktoranturaga topshirish uchun zarur hujjatlar:

  • ariza;
  • ma’lumotnoma;
  • pasport nusxasi;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • magistratura diplomi;
  • til bo‘yicha tegishli sertifikat (B1/B2 yoki undan yuqori);
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari – tegishli hujjat nusxasi.

Doktoranturaga topshirish uchun zarur hujjatlar:

  • ariza;
  • ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • oliy ma’lumot, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • til bo‘yicha tegishli sertifikat (B1/B2 yoki undan yuqori);
  • tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza hamda fan doktori (DSc) darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya rejasining to‘liq loyihasi va uning taqdimoti;
  • tanlangan mavzu yuzasidan e’lon qilingan ilmiy ishlar nusxalari;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati.

Barcha hujjatlar PDF shaklida tayyorlanib, Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim — https://daraja.ilmiy.uz orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.

📅 Hujjatlar 2025-yil 5-noyabr (shu kuni ham) sanasiga qadar qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahri, Noraztepa ko‘chasi, 52A-uy, Oriental universiteti.
Telefon: (78) 113-76-86