June 13, 2025
Tarix mutaxassisligi magistrantlari dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishmoqda!
Kuni kecha Oriental universitetining “70220301 — Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha)” mutaxassisligi magistrantlari uchun dissertatsiya ishlarini himoya qilish jarayonining navbatdagi kuni yuqori ilmiy saviyada va analitik muhitda tashkil etildi. Magistrantlarning dissertatsiya ishlarida tarixiy manbalarni tahlil qilish, arxiv hujjatlari bilan ishlash, tarixiy jarayonlarga zamonaviy yondashuv metodlari asosida ilmiy baho berish kabi yondashuvlar qo‘llangan. Ayniqsa, milliy davlatchilik taraqqiyoti, tarixiy shaxslar faoliyatining bugungi kun uchun ahamiyati, madaniy merosning saqlanishi va o‘rganilishi masalalari alohida e’tibor markazida bo‘lmoqda.