June 13, 2025

Oriental universitetida bitiruv malakaviy ishi himoyalari davom etmoqda!

Oriental universitetining 60111900 – “Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi talabalari uchun ham bitiruv malakaviy ishlari himoyasining navbatdagi kuni o‘tkazildi. Talabalar o‘z ilmiy ishlarida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bosqichlarida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, bolalar jismoniy rivojlanishining psixopedagogik asoslari kabi dolzarb mavzularni ilgari surishdi.