O'tkinchi lahza
Quyoshlning iliq nurlari panjaralar orasidan bog'dagi skameykaga tushib turardi. Soqolli, qora kiyingan, qoshlari chhimrilgan va nigohlari qo'lidagi qo'g'ozga qulflangan Jimin bir nimalarni chizib o'tirardi. Orqasidan kimningdir kelganini sezdi
- Yo'qol- dedi sovuqlik bilan
- Nega bu yetda yolg'iz o'tiribsiz- ingichka, mayin bir ovoz yangradi. U orqasiga qaradi va kichkina qizaloq orasida jilmayib turganini ko'rdi. Unga bolalar yoqmasdi. U kulib turgan bolalarni ko'rs shunday og'riq his qilardi-ki, ularni o'ldirib qo'ygisi kelardi
- Ket, yo'qol- dedi Jimin
- Nega yolg'izyiz? Yolg'iz bo'lish yaxshi emas, odam o'zini yomon his qilsa yolg'z o'tirarkan oyim shunday degandi- dedi qizcha muloyimgina va uning yoniga borib o'tirdi.
Jimin qizning kutulmagan harakatidan hayron qoldi. Chunki u doim odamalr unga nafrat bilan qarashiga o'rganib qolgan, lekin hech qachon achinish bilan emas...
Qizning harakatlari va mayin ovozi o'zini zaif his qilishga turtki bo'di va shunchki u bn o'tirishga ruxsat berdi.Qiz qiziqqonlik bilan kishining qo'lidagi chimalarga qaradi
- Nima chizayotgandingiz?- Qizga
- Shunchaki, chizmalar- Jimin
Qizloq skameyka ustida sochilib yotgan chizmalarga sinchikovlik bilan qaradi va bittasini olib
- bu chiroyki ekan
-dedi qurigan daraxt va ko'rimsiz barg chizilgan qozg'ozlarni olib. Jimin rasmlarga qarab ularni nima uchun chizganini esladi xuddi qora qug'unlar o'ljasini qurshab olgandek xotiralar xayolini qurshab oldi.
- Nima uchun ular rangsiz- so'radi Qizcha qog'ozlarga qarar ekan
- Boshqa ranglarim yo'q- dedi u
Qizaloq unga qarab turdida keyin
- Unda shu yerda kutib turing- u o'rnidan turib kaslaxona binosi tomon yugurdi va eshik oldida- hech qayerga ketib qolmang- ichaariga kirib ketti. Birozdan so'ng qo'lida bir uyum rang barang qalamlar bilan chiqdi.
- Bularni oling, rasmlaringizga rang qo'shsangiz yanada chiroyli chiqadi, menga rang barang suratlar yoqadi!- u qo'lida bir hovuch qalam va shirin tabassum ila. Jimin unga hayrat bilan boqdi. U hamshiralarning unga hayvon kabi munosabatda bo'lishiga o'rganib qolgan...Yuraksiz qotil...Psixopat...ammo..ammo Qizaloq unga insondek qaradi, unga his tuyg'ularga boy rassomdek muomala qilib, unga qalam berdi. Unga hech kim qilmagan narsani bit beg'ubor qizaloq, ko'zlarida porlayitgan uchqun bilan unga qarab turgan qizaloq qildi. Jimin qalamlarni olar ekan ko'nglida g'alati tuyg'uni his qildi. U ilgari hech qachon sezmagan...bu yoqimsiz tuyg'u..zaidlik hissi...u bunday tuyg'ularni yomon ko'rardi. Lekin umuman olganda bu unchalik yomon emas. U shu zahotiyoq barcha o'ylarini chetga surdi-yu qiz avvalroq ko'rsatgan qurigan daraxt suratini olib ranglae bera boshladi.
O'sha kuni quyosh endi ko'tarilyotgan, hamma yoqda xira yog'du. Daraxtga bog'angan sovuq va Chang arqonni o'zining bo'ynida his qilganda yuragi urib ketti. Hali hech kim uyg'onmagan, hamma yoq tinch, tiq etgan ovoz yo'q faqat zanglagan temir darvozaning shamolda g'rchillashi eshtiladi. Jiminning jarohat va yaralarga to'lgan qo'li arqonni bo'yniga mustahkam qilib bog'ladi. U bu dunyoning barcha tashvishlaridan ozod bo'lishni istardi..va buni qildi ham. Stolning yerga qarsillab itarilishi ota-onasini uyg'otib yubordi. Hovliga otilgan otasi Jiminning o'lim bilan yonma yon turganini ko'rib ko'zi qinidan chiqib ketguday qizarib, g'azabga to'ldi. Alla qachon qizarib zo'rg'a nafas olayotgan Jimin yoniga borib arqonni yechdida o'zi uning bo'g'zidan changgalladi. Otasining changali shunchalar qattiq ediki Jimin gapirolmay qoldi
- Sen itvachcha o'zingni o'ldirib qutulaman deb o'ylaganmiding! Adashasan! Haqiqiy do'zzax endi boshlanadi!- dedu uni yerga uloqtirib tepa ketti. Jimin og'zidan iliq suyuqlik oqib chiqqanini va o'gay onasini ularga shunchaki mammunlik bilan qarab turganini ko'rdi, xolos keyin hushini yo'qotdi. Bu voqea 15 yil oldin bo'lgan bo'sada, uning ko'z o'nggida o'sha qurigan daraxt xuddi o'zidek tiniq chizilgan edi. Ishini tugatgach
- Isming Nima?- so'radi
- Aera- javob berdi qizaloq
Jahangir surat tagiga " Aeraga" deb yozdi-yu qizga uzatdi
Aeraning ko'zlari san'at asarini ko'rib chaqnab ketti va Jiminni quchin oldi
- Juda chiroyli! Rahmat sizga haqiqiy rassom ekansiz!- dedi quvonch ila kulib
Qizning qo'ng'iroqdek ovozi Jiminga shunday ta'sir qildi-ki. U qizchaga uzoq tikildi. Uning tabassumi biroz yuragini og'ritdi. U odamlarning undan qo'rqishi ko'rishga odatlamgan, lkn qizning yumshoq va mehrli tabassumi boshqacha edi.. bir lahzaga uninh yuzida ilq va kichkina chuqurcha paydo bo'ldi, bir mayin va kichkinagina kulgu.
- Arzimaydi kichkintoy- boshini silab qo'ydi Jimin
- Keling do'st bo'lamiz - Dedi Aera
- Yog'e, sen kichkintoy mendan qanchalik kichkinaligingni bilasanmi?- dedi kulin Jimin
Yo'q, men kichkima emasman alla qachon 10ga kirdim- Aera
- Unda men 32daman- dedi Jimin soqolini silab
- Bari bir do'st yosh tanlamaydi, yaxshi!? Do'st bo'laylik, do'st bo'laylik, do'st bo'laylik...- takrorlayverdi Aera
- Mayli, mayli do'stmiz! Kelishdik- dedi uh tortib Jimin
- Ha! Zo'r! Endi do'stim bor!- Aeraning ko'zlarida chaqnash paydo bo'ldi.
Kasalxona binosidan "Aera seni navbating, keyin ketasizlar, bo'laqol" degan hamshiraning ovozi eshitildi va Aera
- Xayr ertagacha, Janob katta!- dedi masxara qilgandek kulib Aera
- Hey, men sendan kattaman, kichkina- deya oldi xolos. Aera eshik orqasida ko'zdan g'oyib bo'ldi.
Jimin esa bir muddat u ketgan tarafga qarab qoldi keyin rangli qalamlarga qarab mayingina kulib qo'ydi. Ertasi kuni Jimin yana o'sha skameyka qozg'ozlar bilan aralashib o'tirardi, lekin bu safar chizmalr rangli edi. Uning ko'zlari ilhaqlikka to'lgan eshik tomon boqardi. Birozdan so'ng yana o'sha kulgu yangradi va uning yoniga Aera yugurib keldi
- Salom Janob katta- dedi Aera kulib
- Hey, haligacha Janob katta deysana, kichkina!- dedi ko'zini o'ynatib lekin ich-ichidan bu unga yoqardi-yu, tashqi tarafdan qo'pol va jiddiy odamga o'xshashga harakat etardi.
- ha, siz ham Kichkina deysiz-ku?- dedi pout bilan Aera
- Jimin shunchaki kulib qo'ydi
- Do'st bo'lish yaxshi bilasizmi, oyim har doim ko'proq do'st ottorish yaxshiligini aytadi- Aera
- Hmm oying senga mehribon shekilli- xo'rsinib qo'ydi Jimin
- Ha, sizning oyingiz ham shunday bo'lishi kerak, menimcha ular alla qachon buvijon bo'lsalar kerak- dedi Aera muloyimgina
Huh- irjaydi xo'rsinish ila- Qarishga ulgurmagan- dedi yerga qarab
- Nega, nima uchun ular sehrlimi, qarimaydilarmi?
Aeraning beg'ubor ko'zlariga boqarkan
- Yo'q serhli emas shunchaki- dedi sovuqqina
Biroz sukunatdan keyin
- sizni qotil, psixopat deyishadi. Qotil nima degani lekin psixopat- psixologga o'xshar ekam men boradigan opa ham psigolog- dedi qiz uning sovuq javobiga javoban kuchukcha ko'zlari bilan qarab
- Qotil...shunchaki bemor va psixopat ham before...ikkisi ham kasal...Men ham....- dedi uning ovozida og'riq sezilib turardi
- Nega siz ham?- so'radi Aera
- Chunki o'sha Ota va ona degan kishilar meni kasal bo'lishga majburlashgan, ular shunchaki hech kim.. men uchun...- dedi gazab bilan
- Nima oilangiz yo'qmi- so'radi Aera
- Yo'q. Oila yo'q. Ota-ona yo'q. Birdarlar yo'q. Mening umuman hech kimim yo'q!- u g'azab bilan gapirardi, u oilasi..umuman o'gay ilasi haqida gapirishdan nafratlanardi. Bu safar uning ovozi birinchi marotaba o'zgardi. Bir soniyaga uning ovozi bolalarnikiga o'xshardi. Oddiy va mehribon oilasi bo'lishini istayotgan boalga..
- Voy..kechirasiz men...men bilmagandim- yig'lamsirab Aera ammo nigohi rangli qalamlarga tushganda uni bir tuyg'u qamrab oldi va tezda Jiminga qarab - Unda men sizga yordam beraman.- Men sizning singlingiz bo'laman xo'pmi, faqat xafa bo'lmang- dedi uni mehr olovi bilan yonib turgan quchog'iga burkab
Jimin oshqozoni burushyotganini his qildi. Noxush tuyg'uga o'xshash narsa. Ayniqsa, uning qotil ekanini bilin turib , kimdir unga yordam berishga urunib ko'rmagan edi. U qanday munosabatda bo'lishni, qanday javob qaytarishni bilmasdi. Shunchaki
- Sening mehring men uchun juda ko'p..xuddi sen...singiljon hammasi uchun rahmat- u hayotida birinchi marta haqiqatdan mehrni his qilishni xohlardi.
Oradan kunlar o'tti ular yaqin bo'la boshlashdi Jimin har kuni surat chizar ranglar bilan to'la albatta va Aera har doim uni ko'rgani kelar, u ham bolalarcha uycha, oil, daraxt chizar. Suhbat orasi Aera siz DaVincisiz deb maqtab qo'yardi. Bir kuni Aera uning chizmalarini qarab o'tirganda qalamtasvir usulida chizilgan qurigan bargni ko'rdi.
- Nega faqat qurigan rasm chizgansiz lekin chiroyli ekan- dedi bargga qarab- Buni nima uchun chizgansiz- Aera kuchukcha ko'zlari bilan iltijolo qaradi.
Jimin uni ko'rdi-yu sekin osomonga keyin pastga qaradi
- Bu uzoq hikoya eshitasanmi- so'radi Jimin
- Ha, albatta, hikoyalarni sevaman- dedi quvonch ila Aera