20 yosh muborak!
davomli 3- yil. avvalo, haliyam tirikman. qiziq
ho'p, o'tib ketyapti yillarim. o'tkan umrim davomida nimadirlar his etyapman. bu yil bularni yozish ancha qiyin bo'ldi. yoziqlar uchun ma'no topish muammoga aylanyapti
aytgancha, haligacha tushuna olmayapman, bu yil 20 yoshga kiramanmi, yoki 21 yosh hisoblanamanmi endi?
odamlarda ko'p narsani payqagandim o'tgan yillarda. bu yili o'zimdagi ko'p narsalarni anglashga harakat qildim
huddi butun hayotimni yutqazgandek his qilyapman o'zimni. haqiqatdan hayotni yutqazdim. buni hayotdan nolish, noshukrlik deyish mumkindir, lekin undaymas. men hayotni yutqazdim deganda, ko'p narsalarga erishish mumkin ekanligini nazarda tutaman. hali kelajak borku, ulguraman degan hayollar butunlay yoqolib ketdi bu yoshda
yarim kechasi sababsiz uyg'onib ketaman. hayotim haqida o'ylayman. rejalarim haqida. juda juda qo'rqaman. birov bilmasin-u, qo'rquv kuchli ekanidan yuzimdan ter, ko'zimdan yosh chiqadi. yil davomida deyarli har kuni quyoshdan avval uyg'ondim. nimadir sabab bilanmas, shunchaki bu ohirgi kun bo'lsa, quyoshni o'zim kutib olay degan maqsadda
o'limdan qo'rqish juda kuchaydi. go'yoki, ertalab uyg'onmayman. svetaforda mashinalarga qo'rqib qarab o'taman, hozir o'lib qolsamchi deb. har soniya desam aldagan bo'larman, lekin boshqa hamma narsadan ancha ko'proq o'lim qo'rquvi bilan yashadim shekilli.
o'zimga savol berib ko'rdim albatta, o'lim baribir hammani boshida bor. qo'rqsang ham baribir o'lasan. 90 ga kirgan otaxon va 20 yoshli bola bilan o'lim o'rtasida bir yil masofa bor. bu qo'rquv, yillar davomida kuchayib borishi haqida ham o'yladim. tushunishimcha, qo'rquvni sababi hayotni yutqazdim deb o'ylashimda ekan. hech narsaga erisha olmasligimni bilib turib o'lishdan qo'rqish
juda pessimistik yil bo'ldi menimcha. vaholanki, avvalgi yillardan tinchroq bo'ldi
o'tgan tili mendan " qachon oxirgi martta haqiqatdan mazza qilib kulgansiz" deb savol berishdi. o'ylanib, eslolmaganim haqida aytgandim. demak bu 2- yil
bo#'qti yebsan husniddin degim keldi. o'zi o'ylab qarasam, shu yil qanaqadir uzilish bo'lgan shekilli. shukr, endi hammasi yana avvalgidek
o'tgan yildan buyon kundalik yozaman. yozgim kelgan narsani yozib qo'yaman. juda foydali ish ekan. ancha narsani o'qib esladim
azob? ey dabba o'zingni kim deb o'ylayapsan? o'zingcha azobli bo'lib bosh qahramon bo'lib ko'rinmoqchisan holos. bir tiyinga qimmatsan. hamma odamlar kabi.
hayotga ochiq oydin boqadigan bo'ldim shekilli. hayotimizda o'zimiz hohlamagan holatlarda bosh qahramon bo'lib bo'lganmiz. lekin tushunishni istamaymiz. bizni shaxsiy hayotimizda ham boshqa qahramon bor. o'zimizcha ular bilan kurashamiz. boshqalarda bilmadim, menda shunday
oila muhim. o'tgan yili bunday qanday kayfiyatda aytganim esimda. bu yildagi hislarni ham bilaman
gap shundaki, bizning aqllilar hech narsani bilmaydi. oila muhim. qanchalik muhim, buni bu yil tushunganlarim bilan ta'riflasam, koinotda menga eng ko'p kerak bo'ladigan bu oila. butun koinotda men sevadigan odamlar bo'lishi baxt. tushunyapsizmi, shuni o'zigina baxtni hammasi. shuni o'ylab hursand bo'lishi kerak odamlar aslida. bilmadim, ularga boshqa nima kerak
o'zim haqimda o'ylab, o'zimga baho berdim. men shunchaki hayotdan hafa bo'lib olgan bola ekanman. bu hafa bo'lish boshqalaridan farqli. men yaxshi hayotdan ham hafa bo'laman. nega bunday deb o'ylayman. hamma yaxshiliklar ortidan keladigan yomonlik meni qo'rqitadi. odamlar nega hursand yashashlarini tushunmadim baribir. yashash og'riq beradi. undagi zavqli onlar, kelajak azoblari oldida tin olish holos. shunday ekan, nega hursand va baxtli yashash kerak? meni hayotdan hafa bo'lishim shunda
kattaroq narsalar haqida o'ylay boshladim. maktabni tugatganimga ancha bo'libdi. uyda yashamayotganimga ham ancha bo'lib qoldi. mayli, maqsad yo'q deb o'ylayapman o'zimcha, lekin baribir qayerga ketyapman. nima qilyapman o'zi bu yerlarda degan o'ylar tinchlik bermaydi. butun hayotni yutqazdim degan gap miyamda doim aylanadi. kelajak rejalar tuzganda bo'lishi mumkin bo'lgan baxtni emas, baxtsizlikni hisobga olaman
bu yil o'zim ustimda ko'p tajribalar qilib ko'rdim. birinchisi, semirish va ozish bo'yicha. uni nazorat qilish qiyin emas ekan. shunchaki kunlik kaloriyamdan ko'p yesam semirdim, kam yesam ozdim. kayfiyatni ushlab turish oson ekan. jismoniy mehnat ko'p bo'lsa kayfiyatim yaxshi, miyam yaxshi ishlaydi, kam bo'lsa aksincha. ovqat ratsionimni tuzdim. nimalar yomon ta'sir qilishini hisoblab ko'rdim. shakar yeyish ko'proq zarar ekan, mevalar, sabzavotlar bilann yaxshi kelishaman ekan. achchiq yeyolmayman. hamir ovqatlar bilan ham yaxshi kelishaman ekan. bilmadim bu hozirgi yoshim bilan bog'liqmi yoki butunlay shunday tuzilganmanmi hayronman
bu yil davomida depressiyada yurdim. bir depressiya muddati 3, 5-6 oy ham bo'ldi. menimcha menga suhbatdosh kerak. o'zbek bo'lib depressiyaga tushish ham qiyin. odamlarda aytib tushuntirolmaysam. undan tashqari o'zicha 'depressiv yoshla' paydo bo'lib boshladi. hayotdan nolib depressiyacha tushib o'zini reklama qiladigan yoshla. ula sabab haqiqiy depressiyadagi odamlar g'alati ahvolda qolishyapti. menga o'xshab
yana oila haqida yozaman. qachondir. qo'limda o'chmas qalam bo'lsa-yu, oila qadri haqida yozishga umrimni baxsh qilsam. sen, seni sevadigan insonlar bo'lishigina baxt. qolgan narsalar kerakmas umuman. hamma matohlar ortiqcha. sen sevgan insonlaringga nima kerakligini bilasan: seni baxting. seni baxtli bo'lishing, sevgan insonlaring uchun eng katta sovg'adir
insonlar faqatgina o'z manfaatlar uchungina yaqin munosabda bo'ladi. bu ikkiyuzlamachilik. ota ona ham o'zini manfaatlari uchungina bolaga mehr qo'yadi deb hisoblaganman. hozir ham shunday hisoblayman. lekin endi buni ikkiyuzlamachilik demayman. nega?
kimgadir olma berishni vada qilsangiz, u sizdan olma kutib, sizga yaxshi gapiradi. ota ona esa sizdan nima kutishni, siz o'sha narsani berib bo'lganingizdan keyin aytishadi
dunyo haqidagi fikrlarim o'zgarib bormoqda. hamma narsa oldinga harakat qiladi, lekin fikrlarim oldinga yurib rivojlanyaptimi yoki cho'kyaptimi buni bilmayman
o'tgan yili undan oldingi yilda ham balki undan avval ham shunchaki tinchlik istaganman. hech kim bilan gaplashmasam, bitta o'zim yolg'iz yashasam deb orzu qilganman. hozir esa, o'zimga muammolar izlayapman. hammasini noldan boshlash niyat bor. o'zi hech narsaga erishmaganman. lekin baribir bor narsalarimni ham tashlab boshidan boshlamoqchiman. hayotni qayta qurish desa ham bo'ladi menimcha buni. yana bilmadim
hayotimni ohirgi qismlarida oilam bilan sokin, odamlardan uzoq joyda kichkina uychada yashash niyati maqsadga aylanganiga ancha bo'lgan. shu maqsad sari rejalar yaxshilanib boryapti. ko'proq intilyapman o'sha kunlarga
qaysidir qizni ishtoniga qaragandan, hayotni qiyinligi, murakkabligi ko'proq qiziqtiradigan yoshga tezda yetib kelgandekman. butun hayotda zavq olish uchun ajratilgan yillarimni 'hayotni yutqazish' bilan o'tkizvorgandekman. qachadir vaqt, o'zimcha yoshligimni o'tkizvormasdan, o'ynab kulib foydalanib qolish haqida o'yladim. lekin, tushunimcha men eplolmasakanman. unda ko'ra yasho'rey ekan o'z hayotimda, o'zim bilgancha
bu yilda ko'p narsaga erishdim deyolmiman. o'zi men erishadigan narsalar doim shunchalik kichik bo'lgan-ki, bu yilda go'shtli gumma yesam ham, o'tgan yilgidan ko'proq narsaga erishgan bo'laman. chundizku hullas
endi maqsadlar nima? endi maqsadlar yo'q. uzoq va doimgi rejalar bor. u bu narsalar qilish bor hayolda. hay masalan, maqsad bor ekan: qo'limdan kelgan paytgacha hayotdan azoblanish
bu yilda esda qoladigan katta narsa bo'mapti. hay mayli. uyog'ini ko'raylikchi nima bo'larkin endi
nima bo'ldi? tinchmisan axir?