22
yozishdan ko'ra o'chirish osonroq
bu yoshda ko'rgan narsalarim - odamlar o'zgarmaydi. vaqt, pul taqozosi bilan biz odamlarni ma'lum holatda ko'ramiz. boylik, uzoq vaqt o'tishi bilan odam asliga qaytarkan. men ko'rdim, qachondir halollik haqida o'rnak bo'lgan odam o'z foydasi yo'lida nimalar qila olishini. meningcha har bir insonni haqqi muhim. bir inson ikkita yomon gunohdan birini tanlamaslik kerak: bir yosh bola haqqi va biznes sherigini haqii. boy odamni haqqi qanchalik muhim bo'lsa, yosh bolachaning haqqi ham kami shunchalik muhimdir
bu yil judayam optimist bo'ldim shekilli. meniyam asil harakterim ko'rinishni boshlayapti. judayam og'ir bosiq, sokin va eng muhimi hissiyotlarni boshqara oluvchi insonga aylanyapman. bu juda muhim edi. shuncha narsalar bo'lib o'tgandan keyin ayniqsa
yozish qobilyatim yo'qolib boryapti. bu meni g'amgin qiladigan narsalarimdan biri. oldin yozganlarim o'zimga yoqmasa ham, biroz ma'qulroq edi. yoza olardim. hozir yoza olmayapman. uzoqlashganman. buni ahmoqlashib borayotganim bilan oqlamoqchi bo'lyapman-u, vijdonim qiynalyapti. ahmoqmanda deyish oson, ichimdan harakat qilsam yoza olishimni sezaman. demak muammo boshqa nuqtada balki
bekordan bekorga emas, hayotning yaxshi tomonlarini ko'rishni boshlayapman. yaxshi ma'noda Xudoga tavakkal qilish insonga tinchlik berarkan. o'zi boshqa yo'li ham yo'qda. doim tavakkal qilarkanmiz o'zimiz bilib bilmay. voqealar ketma-ketligini o'zimiz eslab qolgan tartibda ko'ramiz, aslida biror narsa foydalimi yo'qmi bilmaymiz. hayrlisini bilmaymiz
yosh sokin o'tdi, ancha sokin. odam qiziqda, shovqin bo'lsayam bir muammo, tinch bo'lsayam. o'zimga muammolar yaratib yashadim. rejalarimdan ko'plariga erisha olmadim, lekin erishganlarim ancha salmoqli
menga qiziq-da, miyamni ichidagi ulg'ayishni haqiqatdan bu yoshda his qildim. o'tgan yili ham bor edi bu hissiyot, lekin men aynan bu yoshda nimanidir his qildim katta bo'lish haqida. hatto bilmayman endi bu yoshimda nimalar bo'ladi. men umid qiladigan narsa ba'zi narsalar bo'lmasligi
albatta yozishim kerak bo'lgan narsa bu oila. oiladan yaxshiroq joy yo'q, balki esimdan chiqib qolar ba'zida. lekin bu hech narsani o'zgartirmaydi. Oiladan yaxshiroq joy yo'q. Oiladan yaxshiroq odamlar yo'q
shunchaki, oila judayam yomon bo'lishi mumkin. dada - bola uchun eng yaxshi inson bo'lish orqali bolaning butun dunyosini o'zgartirib yuborishi mumkin. yoki aksincha, ko'pincha aksincha bo'ladi kuzatishimcha. lekin bu yuqoridagi haqiqatni o'zgartirmaydi. oila eng yaxshi bo'lishi kerak. ona. ona uchun mehr tushunarsiz joydan keladi. men bilmayman, aya boladan kechib yuborsa ham baribir boladagi mehr so'nmaydi. men ishonmayman. g'alati, tushunarsiz bog'lanish bor ayalarga nisbatan
ota ona bo'lish oson, lekin dunyoda ota-onalar judayam judayam kamdir
bu yoshda o'zimga aytadigan gaplarim kamroq bo'ldi. eslaydigan voqealar kam. g'amgin, g'alati voqealar ko'p. lekin o'rgandimki, hamma narsani ham aytish/yozish kerakmas. shunchaki ichingga yutib yashash yaxshiroq. balki butun umr. faqat matnni yozish qiyin, o'chirish oson. hayot bunaqasi ketmaydi ekan