December 9, 2023

n =  0

so'ngi umidni o'ldirganingda insonga aylanasan. kelajakdan, o'tmishdan yaxshilik kutmay qo'yganingda ulg'ayasan. insonlar, sen nafratlanadigan, sen yomon ko'radigan, iloji bo'lsa o'ldirishga tayyor bo'lgan insonlaring.... sen sevadigan insonlar, sen qadrlaydigan va sog'inadigan insonlar aslida huddi sen kabi ekanliginni bilganingda yashashni boshlaysan

hamma ahmoq. men ham. ha, kelajak o'tib ketadi. keyin o'tmish keladi. ulgursang o'tmishda ham hozirgidek jinniliklar qila olasan. ulgurmasang kelajak seni o'ldiradi

vaqt - o'lishni istaydiganlar tomonidan o'ylab topilgan birlik. aslida kimningdir qalbida abadiy qolishing mumkinligini ular yashirmoqda. chunki o'zlari hech kimni qalbida emaslar

baxt - baxtsiz insonlar yupanch uchun o'ylab topgan tuyg'u. baxtsizlik aslida baxt ekanini anglasak, o'lyotgan yoki o'lib bo'lgan bo'lamiz

sevgi - qalbsizlarning chinqiriqlari aks sadosi

ma'nolar oqimi nimadandir mosuvo qolgandek, birin ketin qalbingga yaqin inson tovushlari ortidan yuguradi

quloqlarimdagi shovqin o'zgardi. endi u teran fikrga chinakamiga to'siq qo'ydi.