ha yana
yana yozmoqqa kirishdim. ancha avval esimdan chiqqandi ba'zi narsalar. o'shalar ham esimda yo'q. o'shalar haqida yozaman
men yozishni bilmayman. aytgandek, qoidalari ham bor buni. yozmoqqa kelaman, o'ylanmayman. taqlid qilmayman. tahlil qilmayman. yozaman shunchaki. keyingi gapimni o'ylab o'tirmayman. esimdan chiqib qoladi ha. lekin ko'pmas
anu kuni yuragim urishni boshladi. millon yillik g'am-g'ussalarimni unutgandek bo'ldim. ha, o'sha dunyo yaratilgan kunda bo'ldi. aldashgani bir tiyin meni. o'tdi, o'tadi. qiziqmas. bir pulga arzimas hayotdagi odamchalar
o'sha kun men farqiga bormaydiga kun edi. ya'ni quyosh doimgi tarafidan chiqib kelgan kun. o'ylab qolgan narsalarim yo'q edi. uyg'onib ishga ketdim. zerikarli hayot tarzi. keyin nimadir bo'ldi. telefon qildim. gaplashdik. qolgani sizlarga qiziq bo'lmasin
qushlar osmonda ucharmish. kaltakesak yerda uchadi. quyosh va oy bitta okeanda. meni qalbim ular bilan. chunki men shuni istayman. qolgan narsalar muhimlik emas. muhim bo'lmasin ham
odamalar to'plangan joyda nimadir topolon boshlanadi. zerikarli borliq hazillari. hayolim joyida boshqa nimadir bordek. ma'nisiz nimadir, o'zimga o'xshagan dunyosizlar hazillari balki
yozganlarimni faqat o'zim tushunaman. qachondir kimdir ham tushunar. o'shanda u bilan butun umr birga bo'laman. hayotim mazmuni sifatida qo'shaman uni. hayotim mazmunlari raqamlanmagan.
oddiy yoziqlar. tushunarsiz, zerikarli tunlar huddi kunlar kabi.
opamni eng kichik qizchasi gapirishni boshladi. yana bir opamni o'sha tengi o'g'li gapirmayapti. faqat bir ikkita so'z chiqyapti.
hayotim haliyam oldingidek. maqsadim tomon ketyapman - hech narsaga erishganim yo'q haliyam. o'zi nimaga erishish kerak edi? uzoq bo'lgani uchun esimdan ko'tarildi shekilli.
anu kuni tush ko'rudim yana. uzluksiz. ertalab ko'rdim. dadam o'libdi. yana. bu to'rtinchisi shekilli. o'nta tushimdan to'qqiztasida kimdir taniydigan odamim o'lgan bo'ladi. o'zim o'lmiman hech. hayotda o'lsam kerak. lekin qo'rqinchli edi. o'lib ko'rmaganman, lekin bu qo'rquvni his qilganman. his etmaslik kerak. bu yomon, quvonchsiz.
sevgimga yaqin qolganman hech qachon. tushunmaydigan narsalarim ko'pligini bilganim uchun balki. men hayotdagi bu qismni hadya etdim kimlargadir. savob uchunmas. istamayapman buni ham.
keyingi qism qachon kelarkin. bilmadim. hech narsaga arzimas dunyo mashmashalari.
keraksiz kunlarda orttirib olingan hissiyotlar qiynayapti. ulardan qutilish kerak. ortiqchalik qilayotgan hislar o'zicha ko'p