Xudoning hazili
Bir odam bor. Yoshi 70 atrofida. Hamma uni "Alanga" deb chaqiradi. Alanga laqabi shunchalik o'rnashib qolgandi, men tengilar u tog'ani haqiqiy ismini bilmaymiz. Alanga tog'a haqida gaplar ancha gaplar eshitganman. bir taraf uning g'irt yaramas odam bo'lganini aytsa, ikkinchi taraf "hayot majbur qilganda" deb uni tushinishga harakat qiladi. Aytishlaricha, Alanga tog'a yoshroq paytida ko'ch aroq ichkan, ko'p mast bo'lgan, ko'p qimor o'ynagan. Bir martta qimorda xotinini yutqizib qo'yganini ko'p aytishadi. Tasodifni qarang-ki, rostdan xotini bilan ajrashgan. 2- xotini bilan. Qimorda yutqizib qo'ygani qanchalik rost bilmayman, lekin shaxsan o'zim ariqda bir necha martta dumalab yotganini ko'rganman. Adashmasam 2 qiz va 1 ta o'g'li bor(edi). Qizlarini turmushga chiqargan, bir qizini turmushi o'xshamagan. Qarang-ki boradigan joyi ham yo'q. Dadasini yoniga kelgan, dadasi bilan yashashni boshlagan. 1 oycha yashab keyin boshqa joydan arenda dom olib chiqib ketgan. Eshitishimcha Alanga tog'a yana qimor o'ynab uyini tikvorganmish
Eng kichkina opamni to'yi bo'ladigan payt edi. To'yga aytgani bordik. Chaqirdik. O'g'li chiqdi. Dadasini "Alanga" deb chaqirganimiz uchun so'kish eshitvoldik, mast edi, balki shu uchundir. Jahli chiqqani sezildi. Sekingina survordik
Ertangi kuni o'sha o'g'li o'z joniga qasd qilibdi. Yarim kechasi poyezd yo'liga o'zini tashlabdi. Tanasi bo'linib ketganmish
Alanga tog'a gaplashsa yaxshi odamga o'xshaydi. Men doim ularning ko'zlarida qandaydir chuqur xo'rsinishni ko'raman. G'alati tuyg'u. Huddiki sinfdoshlaring sensiz Chustga aylanishga borgani, ayang ertalab seni uyg'otmasdan bozorga ketvorgandagi hissiyot. Lekin ancha chuqurroq joydan chiqadi Alanga tog'ada. Bitta qizi kechib ketvorgan boshqa davlatga, boshqasi yuzko'rmas bo'lib ketgan. Xotini ham tashlab ketgan. O'g'li o'zini o'ldirgan. Uylari 2 qavatli, katta hovlida bir kishi yashaydi
Men esladim, yoshligimda "Sega" orqali o'yinlar o'ynardim. Ermat amaki degan odam bo'lardi. Yolg'iz yashaydi. Bo'yi juda novcha. Men hozirchaga ko'rgan eng novcha odam bo'lsa kerak. Rusda ishlardi asosan. Qaysidir faslda, qaysidir birida Rusda bo'lardi. Dadam tengi odam, dadam Ermat amaki oldiga ko'p borardi, men ham doim ergashib olardim. Chunki uylarida Sega bor edi-da. Undan tashqari, uylari qiziq joy edi. Hech kim yo'q, xonalari ko'p. DVD bor, disklar ko'p. Dadam uyoqda nimani gaplashadi umuman habarim yo'q. Dadamni oldida o'tirishimdan eng katta sabab: kolbasalar. "Zakusk" uchun judayam ajoyib kolbasalar olib kelishardi. Nomlarini eslolmayman, lekin ta'mi boshqacha shirin. Bazida tuxum bilan ularni pishirardik. Men pishirmasdim albatta, lekin jarayonni kuzatib turish ham juda zavqli edi. Ermat amaki uyi judayam mazza joy. Urishadigan odam yo'q, televizor bor, DVD bor, Sega bor. Hattoki "baraban antenna" bor edi. Uyimizdagi televizor tunnel bilan uzog'i 5-6 ta kanal ko'rsatadi, lekin baraban antenna bilan ishlaydigan tv'da 20-30 ta kanallar bo'lardi. Asosan rus tilida. Ovqat paytida Ermat amaki va dadam ko'rishardi tvni. Men kolbasa yerdim. Ermat amaki men uchun haqiqiy qahramon edi. Meni urishmasdi, uyida qornim to'yardi, Sega o'ynardim, DVD ko'rardim. Umuman hech kim g'ing demasdi. Dadam bilan juda ko'p borardik. Ermat amaki haqidagi yana bir gap bor edi. Eshitishimcha ularni 4 ta xotini bo'lgan. "Dinda 4 tagacha ruxsat, endi boshqa uylanma" degan gaplar aytishardi kulishib. Lekin rostdan keyin uylanmagan. Ermat amakini uyiga borish ta'tilga borishdek gap edi. Hovliyam qiziq, bo'm-bo'sh. O'tlar o'sib yotardi. O'ynashga qiziq narsalar ko'p edi omborxonada. Qishda kelsam birga qor o'ynardik. Qiziq, bo'yi 2 metr keladigan odam menga qor otsa hozir qo'rqib ketaman. O'shanda mazza qilib o'ynaganim esimda. Biror martta 4 xotinini yoki farzandlarini ko'rmaganman. Ba'zilar 2 ta xotinini o'ldirib qo'ygan deyishardi. Buni jiddiy aytishardi. Ermat amaki uyiga keladigan yagona odamlar biz ekanimizga to'liq ishonaman. Qo'shnilar ham chiqishmasdi. Ermak amaki har yili Rusga ishlashga borardi. Qaysidir yilda qaytmadi. O'shandan beri ko'rmadim. Yaqinda eshitib qoldim, oilada ham yagona farzand bo'lgan ekan. Lekin uylari yosh bola uchun haqiqiy jannat edi!
Judayam gʻalati, tushunarsiz fikrlar kelib qoladi
Xudo hammaga oʻzi koʻtara olmaydigan sinov bermaydi
Kimdir ota onasiz tugʻildi, yetimxonada. Musulmon odamdan tugʻilgan, lekin ular undan voz kechishgan/oʻlib ketishgan. Musulmon oila asrab oldi, lekin nomi shunaqa holos. Oʻzlari gʻirt dalbayop odamlar
Bola katta boʻlishida muhit juda muhim. Hamma sof fitratda tugʻilsa ham muhit taʼsirida buziladi. Oiladagi yomon muloqot, janjal va adolatsizlik sabab bola ahloqsiz boʻlib ulgʻayadi. Na yaxshi bilimi, na tayinli ishi bor. Yoshi 16, chekib koʻradi. Uyida dadadi gʻirt alkash, narkoman. Oʻrtoqlarini dadasi ham shunday. Oʻrtoqlari ham. 20-yosh. Hech kimga aytmasa ham hayotdan umidi yoʻq. Ich ichidan Xudo borligiga ishonadi, balki ishongisi kelar. Muammo esa oʻzi buni farqlay olmasli. Oddiy ishda ishlaydi, arzimagan pul topadi. Uylanadi, qarz. Bola tugʻiladi. Bola tugʻilguncha boʻlgan oilaviy janjallari endi koʻpaydi. Bunaqa oilada farzand quvonch emas, xarajat. Yetishmovchilik asosiy janjal sababi bularda. Yashaydi, ichishga oʻrganib qolgan. Kamaytiradi, lekin toʻliq tashlolmaydi. Yana pul kerak, qurib ketsin. Yoshi 45 da. Lekin majbur 5 tonna qopni kamazdan tushirishga. Bugungi plan 10 tonna. Kichkina oʻgʻlini maktabida xarajati bor
Oʻylab qoldim, men 50kglik qopni koʻtara olaman. Lekin shu qopdan 20 tasini? 40 ta? Koʻtara olmasam kerak. 45 yoshdan kichikroqman, suyaklarim yemirilishni boshlamagan hali. Yashash Xudoning neʼmatimi? Nega u bola hozir 45 yoshida bu ishlarni qilyapti? Umuman, agar Xudoning sinovi shu boʻlsa, shu holatda ham iymonini saqlab, dini farzlariga amal qilib qolishi sinov boʻlsa.. unda shu bola tengi boshqa 45 yoshli odamni tasavvur qilaylik. U huddi shu ishlarni qilyapti, lekin sogʻlom, puli bor. Unga osonroq. Chunki ota onasi yetarlicha parvarish qilishgan. Mana shu yerdagi adolat qayerda boshlanadi?
Agar kimnidir sahroga suvsiz tashlab, undan suv izlash va shu orada uni suvsiz qoldirganga hamdu sanolar qilish va kimgadir halol mehnatdan risq berib, oila davrasida hamd aytish. Bularni qanday solishtirish mumkin. Agar birinchisi azizroq boʻlsa, ikkinchiga jabr. Agar qiynalish aziz boʻlish boʻlganda uyam qiynalsin edi. Lekin u premium hayotda. Agar ikkalasiga teng boʻlsayam muammo. Qanaqasiga yumshoq o'rinda tasbeh aytish bilan, issiqda suvsiz tasbeh aytishni teng qilish mumkin
Hammasi adolatdan bo'lishi uchun ham jannat jahannam mavjud bo'lishi kerak. Agar ko'zni yumib, shunchaki yo'qlikka ravona bo'lsa bu haqiqatdan ham Xudoning eng katta hazili bo'lardi