January 5, 2023

o'zimga

endi foydasi yo'q.

taslim bo'lish haqida o'ylaysan. baland musiqa ham kallangdagi shovqinlardan ustun bo'lolmaydi. endi yig'lamay qo'yding. nimadir to'sqinlik qiladi. jin ursin o'sha narsani!

butunlay tamom bo'lgansan. hayollaringni so'zlar orqali ifoda qilolmaysan. buning imkoni bo'lmasa kerak. bo'shliqda yashayapsan. uni to'ldirish uchun hech narsa yo'q senda. shunday bo'lishga mahkumsan.

xotiralar esingda. seni eng yomon jihating shu - barcha narsani eslab qolasan. barchasi unutgandek ko'rinib o'zingni oddiy odamlardek ko'rsatishga harakat qilasan. ahamiyatsiz bo'lgan narsalarda ma'no izlaysan. tushunmoq istaysan insonlarni. garchi bu narsalar qo'lingdan kelmasligini bilsang ham taslim bo'lmaslikka harakat qilasan

hayotni qadrlamaysan. hayotning muhimlik darajasi sen uchun yo'qlikka tomon ketyapti. qorong'u va oxiri ko'rinmas yo'lning eng so'ngida sen uchun mukofot borligiga ishonging keladi. buni foydasi bor yoki yo'qligini bilmaysan, lekin muhimmas! yashash uchun nimadir kerak...

jahannamni bilmaysan qanday ekanini. tahmin qilasan: do'zox bu shunchaki tana azob chekadigan joy emas. unday bo'lsa, bu dunyo u yerdan yomonroq bo'lardi. tana azobidan ko'ra, ruxning qiynalishi ancha og'riqlidir. ruxga malham qo'yib bo'lmaydi

va jannat haqida ham. u yer roxatlanuvchi makon bo'lsa menga kerakmas. menga javoblar muhimroq. men jannatdan ko'proq narsa kutaman. avvalo javoblar. menimcha cheksiz roxat bu javoblar bo'lishi mumkin. bu o'rinda doim nimanidir tushunolmay qolishimiz ajoyib narsadek tuyuladi. har doim nimanidir bilmaymiz.

nima yozmoqchi ekanligim hayolimdan chiqdi. Charchadim.