January 19

kapalaklarni o'ldirishning 6 xil usuli

yoshligimda janjallardan qochishga harakat qilardim. shovqin yoqmasdi. urushlarni yoqtirmasdim. balanddan yiqilib o'lmaydigan yoshda ham yuqoridan sakrashga qo'rqqan odamman.

aqlimmi tanibmanki, birovni narsasi xarom deb o'rgatishgan. o'zingni narsangni olib qo'yishsa yoqmaydiku senga deyishardi. juda sodda bo'lgan ekanman aytishlaricha, bilmadim qachon bu boshlangan lekin haligacha ko'nglim bo'sh ekanini tan olaman. o'zimni sal qo'lga olmasam yig'lab yuborishim hech gapmas. bu yomonlar bilan to'lgan dunyoda yashab ketishim uchun sal ko'ngli qattiqroq bo'lishim haqida ko'p aytishardi.

ko'nglimga bir qiz yoqardi. kitobsevar, uyatchang yigit uchun bu albatta samoviy muhabbat bo'lib ko'ringan. negadir o'sha paytlarda u bilan bir sinfda o'qishdan ko'proq yaxshi narsa yo'q deb hisoblaganman. hozir o'ylab ko'rsam kelajagim haqida aniq reja tuzmagan ekanman o'sha paytlar. olim bo'lmoqchi edim. yoki kosmonaft.

nimadir bo'ldiyu, hayotni yutqizganim haqida o'ylashni boshladim. vaqt juda tez o'tdi. men kechagidek eslayman hayolimdagi nimadir bilan gaplashib yurgan paytlarimni. nimadir o'zgardi. o'zgartirishdi shekilli. balki bir qiz va atrofimdagi muhit. o'sha paytdan boshlab hech narsaga erishmaganimni ta'kidlay boshladim. sodda ekanimdan foydalanib birinchi bor meni aldashdi. huddi ayam aytgandek. dunyo haqida kim nima desa ham, uni birinchi bor o'zingiz ko'rsangiz butun umr shu tasavvur bilan yashaysiz. demak dunyo yolg'onchilar maydoni. o'zini baxti, umri, qalbi bilan aldovlar aytadigan odamlar dunyosi. sodda odamlar qayerdadir baxtli, dunyodamas, omadi kelsa kimnidir qalbida. ha, keyingisi qalbda yashash haqida bo'ladi

qalb, men sizga aytsam chiroyli joy. kim nima desa deyaversin, qalbda doim yosh bola yashaydi. do'konga yetib bormasdan nimalar bilan qaytishidan huzurlanish boshlaydigan bola. dadasi quchog'idan aroq hidinimas, mehrni sezadigan bola. 'meni dadam tug'gan' deb maqtanadigan bola yashaydi u yerda. dunyoni bilishga oshufta ko'ngil har doim. ayasiga bo'lgan mehrni yashirmaydigan farzand o'sha ko'ngilda qolib ketgan. u yerda yashash yaxshi. albatta keyinroq

hammasi tugaydi. o'tmish boshlangan joyda. u ko'ngil hafa. hammadan, avvalo o'zidan. barcha insonlardan. o'tmishdan, hozirdan. balki kelajakdan ham. hammasini murakkablashtirmasdan, shunchaki yashash kerak deyishadi. qayerda? natijasi o'lim bo'lgan dunyodami? yo'q. senga ko'nglidan joy bergan odamlar yonida.