March 2

kimni ko'proq yaxshi ko'rasan?

Husniddin - dinning chiroyi, ko‘rki, go‘zalligi yoki dinning go‘zal farzandi, ushlab turuvchisi

bobom men aqlimni tanigan paytlar tirik edi. lekin ko'p gaplasha olmaganman. bu alam qiladi. har ikkalasi bilan yaxshi tanish bo'lmaganman.

juda uzoq yurganda oyoqlar og'rib qoladi. sog'lom oyoqlar ham bosim bilan ishlashda qiynaladi/charchaydi. yosh bolani vazifasi oyoqni bosib qo'yish. shunday qilganman ham. pastga qarab yotsa oyoqni bosish oson bo'ladi. + bu jarayon davomida ruscha sanashni o'rganaman. omad kelsa qadimgi Rim haqida afsonalar eshitish mumkin. ba'zida siyosiy suhbatlar bo'ladi. buyam omad masalasi

bir sirni ochishni istayman. dada, ayadan issiqroq bo'ladi. ikkisini ham pinjiga kirib uhlab ko'rganman axir. dada yoqimliroq. to'g'ri dada tug'magan, menimcha aynan shu uchun yoqimli. aya seni dunyoga keltirganinini o'zi sen uchun mo'jiza.

meni dadam tuqqan deb aytardim doim. chunki dadamni ko'proq yaxshi ko'rardim. esimda, bunaqa savolga ayamni ko'proq deb javob berish kerak, otalarga bu shartmas degandi kimdir. esankirab qolgandim

hullas, qishloqda(bu ayam va dadam katta bo'lgan boshqa qishloq, otam yashagan joy) bir qori bor. atrof qishloqlarda mashhur, ismi Husniddin qori(ha, doim qori qo'shib gapirishgan). bir martta ko'rishgandik. aniq eslolmayman buni ham. otam ismimni shunga havas qilib qo'ygan.

dadamni ismi Abduqahhor - Barchani bo‘ysinduruvchi g‘olibning, ya’ni Allohning quli

rasm bor. dadamni yoshlik paytidagi rasmi. ikkalamizni juda o'xshash deyishadi. dadamni yoshligi, meni yoshligim. tasavvur qilyapman dadam yoshligida nimalar his qilganini. chunki juda o'xshashmiz. judayam. ismimiz boshqa holos. yoki bir xilmi?