oqim
yangilangan metrodagi yo'naltirgichlarga qaramasdan yo'limni topishni o'rgandim. odamlar ko'p, tiqilinch. hamma bir-biriga turtib yuradigan odatiy dunyo
Taksoparkdagi akani issiqroq kiyinib chiqing ishga degan gapi uchun yarim kun hursand yurdim. yetarlicha baxtli bo'lmasam kerak o'zi yetarlichasi qancha bo'ladi? yosh bola o'lchovi bilan hisoblab beringlar menga. doim klaviaturaga qarasam hayolimdan kelayotgan ko'plab arzimas so'zlar, sog'inch tushunarsiz mavhum g'azabni ketma-ketligini ko'raman. hayotni yutqizganingni tan ol va yasha shunchaki deyish osonroq, hey sochlaring ro'molingdan chiqib qolyapti, issiqroq kiyin degandan ko'ra
uzoq o'tmish yetib keldi shekilli yana bilmadim shunga o'xshashroq nimadir. qanday yashash kerakligini o'rgatadi uzun poshnali oyoq kiyim kiyib oyisi bilann janjallashgan qizaloq. kerakli keraksiz so'zlarni sochib tashlaganing bilan qalbingni ifoda qilolmaysan deyishdi, bu esa hafa qiladi
men barchasini bir o'tirishda yozaman. aniqrog'i kimdir yozadi. bilmayman u kim. doim klassik musiqa bilan birga gaplashadigan hamrohim kimdir. maslahat berishni bilmaydi. o'zi haqida maqtanishni boshlagan kundan uni yoqtirmayman. o'zbek tilida qalbdagi sadolarni ifodalovchi so'zlar yo'qligidan noliydi. ana ular yozishganku deb aytsam meni ranjitadi.
o'tgan vaqt davomida odamlarga unchalik yomonmas deb qarashni boshladim. balki buyam hamma bo'lgan o'sha kasallikdir. sekin sekin simptomlar boshlanar shu so'zni qachondir yozishni rosa istagandim
hayot qonuni shunaqa shekilli. odamlar hafa ikki kishilik yo'lakda yurib umr o'tkazishga majbur
odamlar kabi svetaforga eʼtiborsiz harakatlanyapman, kitob oʻqimay oʻqishni tavsiya qilyapman, imtihonda gʻirrom qilyapman. endi oqimdaman oʻylaymanki yuqori partadagi endi hursand hammasidan