ot kesim
og'ir naushnik simi odamni qiynab yubordi. yozaman deysan qaysi gapingni lekin, aslida gaplaring arzimaydi yozishga, o'qishga va eshitishga ham. faqat hayol qilasan, zerikishdan hayotdan. tug'ilganingga pushaymon emasliging yuzingdan ko'rinib turmaydi. afsundan bo'lsamchi degan hayol bilan qo'lingni qimirlatasan, natija esa yo'q. sen hatto afsungarlikni eplolmaysan
derazadan ko'ringan bulutlar senga nimanidir eslatmayaptimi? qaysidir anime, qaysidir tush. bilasanmi, tushlar osmondan keladi degan gap bor. urush bo'layotgan yerda bolalar ko'proq tush ko'rishni istashadi
mehr haqida o'yladim. menimcha yordam berolmasdan unga qayg'urish mehr. yoshligimda eng kichik opam bilan ko'p urushardim. janjal ohiri kimdir yig'lab tugaydi doim. men o'shanda opamni mendan boshqa hech kim yaxshi ko'rmaydi deb o'ylardim. hozir katta bo'ldim. buni aniq bilaman
qanaqa bulutlar? osmon qorong'u. qaraysan ko'rmaysan. kunduzi ham osmonga qaramading-ku? nega kechasi ular ko'rinmasligidan arz qilasan ikkiyuzlamachi?
odam deb tan olinish imtihoni bo'lishi tarafdoriman. hamma o'tsin. o'tolmaganlardan insoniy huquqlar olib qo'yilsin. ichki a'zolari boshqa insonlarga berilsin. o'zlari esa o'ldirib yuborilsin.
bu dunyoda otalar va onalar juda kam. afsuski tan olish kerak bo'lgan haqiqat bu. ohirgi gapim shu