June 6

21 yosh

hursand bo'lish kerakmi yoki yo'qmi, bilolmadim

vaqt o'tib bormoqda har doimgidek. o'tgan yili butun hayotimni yutqizgandek his qilyapman o'zimni degandim. hozir esa bilaman, allaqachon yutqizib bo'lganman

uhlayapman, uyg'onyapman. odamlar yoqmay ketyapti. nahot umrim shunday o'taversa. qayerdadir yaxshiroq joy bormi? oila eng yaxshi joy. agar u senda bo'lsa. mabodo bo'lmasa, hech qayerdan yaxshi joy topa olmaysan ekan

hayotni qo'lida o'yinchidek his etyapman o'zimni. ojiz, hech narsaga qodir bo'lmagan o'yinchi. to'g'risi, zeriktim. harakat qilaverasan, qilaverasan. lekin hayotga baribir seni harakatlaring. umuman ahamiyatga egamas. qancha ko'p harakat qilsang, hayot shunchalik ko'p ustingdan kuladi. nima qilishingni farqi yo'q. yashashdan ma'no yo'q. bu aniq

butun yil davomida ko'pgina narsalar haqida o'yladim. birinchidan katta odamga aylanib boryotganimni his etdim. bu o'yga tolishga arziydi. ikkinchidan odamzot uchun eng muhim narsa bu oila. bundanda muhimroq qadriyat yo'q.

tushunmovchiliklar ham ko'p bo'ldi. odamlarni ko'pincha mulohaza qilishmasligini, qilishsayam noto'g'ri yo'ldan yurishini tushundim. doim insonni ichidagi uning harakatlarini va qarorlarini to'g'ri noto'g'ri deb turadigan mehanizm bo'ladi. o'sha narsaga ishonish kerak ekan.

otang jinni bo'lsayam bog'lab boq deydiganlarni men umuman hurmat qilmayman. istalgan konteksda. jinni bo'lsa tug'dirmasin. men alohida odamman. ularni bog'lab boqadigan jismmas. agar jism bo'lsam, buni hamma tasdiqlasa demak bu hayotda hammasi yolg'on. na xudo, na adolat na jannat va jahannam yo'q. ota ona bola tug'ganda uni odam bo'lishi haqida o'ylashi kerak. kamida halaqit berishmaydi yordam berolishmasa. shunchaki birga yotib bola tug'ish/tug'dirish unaqa jasoratli, olqishlaydigan ishmas men uchun. dunyoda ota onalar judayam kam

va shu hayollar bilan 21 ga kirdim..

men o'zi kimman? 21 yil yashadim. qo'limda nima bor meni? befoyda yashayapmanmi? aynan shu savollar yili bo'ldi. hamma narsa haqida o'ylayerish charchatdi. foydasiz, men uchun tushunarsiz bo'lgan hissiyotlar miyamni egallagan. avvalgi yillarda yozgan ekanman "aqlingni ishlat, senda borku aql" degan gapni, menimcha o'shanda adashganman. o'sha paytda aqlimni ishlatardim. keyin to'xtatdim buni.

yozadigan gapni o'ziyam yo'q. hayot undan ma'no qidirish, aybdorni izlash uchunmas, yashash uchun berilgan. yashash kerak. chunki to'xtatishga hali yetarlicha sabab yo'q.

ichimdagi nafrat zarracha kamaygani yo'q. menimcha bu tugamaydi. aynan shu yuk bilan yashashga mahkumman. qachondir bo'ladigan oilamga sovg'a sifatida hayotimni beraman. barcha yaxshilik ularga bo'lsin. eng ko'p istaydigan narsa shu hozircha. shuning uchun yashash kerak.

depressiya... menimcha men qutulmasam kerak bundan. qachon qalbimdagi alam va o'zimga achinish hissi ketadi, o'shanda yengil tortaman. yoki bu men uchun butun umrlik tamg'a

judayam tushunarsiz yil bo'ldi. judayam tez va g'alati kunlar o'tdi. avvaliga toshkent... orzular, rejalar... hech biri o'xshamadi. men harakat qildim. lekin o'xshamadi. balki shunday bo'lishi ham kerakdir. balki shu yaxshilikkadir. men bilmayman. men hayotga qarshi turib u bilan urishmayman. yaxshiroq bo'lishga harakat qilaman tamom

o'lim haqida ko'p o'ylayapman. bu yil ham. yaqinlarimni o'ylayman o'lim haqida o'ylasam. ularga nisbatan ham bu qo'rqinchli tuyuladi. o'zimni yoki yaxshi ko'rgan insonim o'limi o'rtasida farqni bilmayapman. menimcha shu yaxshi ko'rish bo'lsa kerak

hozir yarim tun. yozadigan gaplarim qolmadi. ichimdagi bori shu. balki gapirishni istamasman, balki rostdan gapiradigan gap yo'qdir. nima bo'lsayam keyingisi keyingi yil yoziladi. hozir esa tugadi. salom doim soqoli o'sib yuradigan husniddin

haliyammi?